Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo va uni o
Rux elementi fizik va kimyoviy xossalari.olinishi
Download 437.5 Kb.
|
12-guruh elementlar kimyosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fizik- kimyoviy xossalari
2.2 Rux elementi fizik va kimyoviy xossalari.olinishi
Ruxning atom massasi 65,39 (Z-30)ga teng. Uning tabiatda tarqalgan barqaror izotoplari: 64Zn(48,87%); 66Zn(27,81%); 70Zn(4,11%); 68Zn(15,68%) bo’lib, radiofaol izotoplari ichida eng muhimi 65Zn dir. Rux tabiatda birikmalar holida uchraydi, uning eng ko’p uchraydigan birikmasi rux sulfid ZnS (rux aldamasi) va rux karbonat ZnCO3 (galmey) lardir. Ruxning ko’p minerallari polimetall rudalar jumlasiga kiradi. Rux rudasi flotasion usulda boyitiladi, natijada rux konsentrati hosil bo’ladi. Rux asosan qaytarish va elektroliz usuli bilan olinadi. Rux atsetati Qaytarish usulida ruda quydirilib, rux oksidlanadi, 10000S da koks bilan qaytariladi: 2ZnS + 3O2 → 2ZnO + 2SO2 ZnCO3 → ZnO + CO2 ZnO + C → Zn + CO; ZnO + CO → Zn + CO2; Qaytarilgan rux bug’i sovitkichda suyuqlikka aylantirilib qoliplarga quyiladi, bunda qo’rg’oshin, mishyak kabi qo’shimchalar bo’ladi. YUqoridagi yo’l bilan olingan rux oksid sulfat kislotada eritiladi, natijada rux sulfat tuzi hosil bo’ladi, uni elektroliz qilib, rux ajratib olinadi. Ruxning tashqi koʻrinishi Fizik- kimyoviy xossalari Rux och kul rang geksagonal shaklda kristallanadigan metall, nam havoda oksidlanib, sirti oksid parda bilan qoplanadi, hosil bo’lgan parda ruxni yana oksidlanishdan saqlaydi. Rux kislotalar, kuchli ishqorlar, yuqori haroratda suv bilan reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda galogenlar, oltingugurt, fosfor va boshqa metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. 2Zn + O2 = 2ZnO; Zn +Cl2 = ZnCl2 Zn + S = ZnS; 3Zn + 2P = Zn3P2 3Zn + 2NH3 = Zn3N2 + 3H2 ; Zn + H2O = ZnO + H2 Zn + H2S = ZnS + H2 Rux amfoter xususiyatga ega: Zn +2HCl +4H2O = [Zn(H2O)4]Cl2 + H2 Zn + 2NaOH + 2H2O = Na2[Zn(OH)4] + H2 Zn + 4NH4OH = [Zn(NH3)4] + H2 + 2H2O Uning jez Si, 40% Zn), tompak (90% Si,10% Zn), neyzelber (65% Si, 20% va 15% Ni) qotishmalari keng qoʻllanadi Rux suyultirilgan nitrat kislotada erib, HNO3 ni NH3 ga, konsentrlangan kislotada esa azotni oksidlariga qadar qaytaradi: 0 +5 +2 -3 4Zn + 10HNO3 = 4Zn(NO3)2 + NH4NO3 + 3H2O suyul 0 +5 +2 +2 3Zn + 8HNO3 = 4Zn(NO3)2 + 4H2O + 2NO kons 4Zn + KNO3 + 7KOH +6H2O= 4K2[Zn(OH)4] +NH3 Rux oʻz birikmalarida 2 valentli. Rux oksid ZnO va rux gidroksid Zn(OH)2 amfoter xossaga ega. Rux gidroksid ishqorlar bilan reaksiyaga kirishganida sinkatlar, Mas, K2[Zn(OH)2], kislotalarda erib rux tuzlarini hosil qiladi. Rux pirometallurgiya va gidrometallurgiya usullari bilan olinadi. Rux gidrid ZnH2 rux yodidga litiy alanat Li[AlH4] ta’sir ettirish natijasida hosil bo’ladi. 2ZnI2 + Li[AlH4] → 2ZnH2 + LiI + AlI3 U o’z xossalari bilan alyuminiy gidridga o’xshaydi. Rux oksid ZnO ruxning havoda yonishidan hosil bo’lgan oq kukun holida bo’lib, qizdirilganda sarg’ayadi, suvda erimaydi, kislotalarda erib, tegishli tuzlarni hosil qiladi. ZnO ok moy bo’yog’i tayyorlashda, rezina sanoatida, tibbiyotda ishlatiladi. Rux oksid kobalt tuzlari bilan qattiq qizdirilsa, o’zgaruvchan tarkibli yashil modda hosil bo’ladi. ZnCO3, Zn(NO3)2, Zn(NO2)2 larning parchalashidan ham hosil bo’ladi. Sirlar tayyorlashda, oq boʻyoq, kauchuk, sellyuloza, plastmassa, rezina toʻldirgichlari, tibbiyotda malham va sepma dori sifatida ishlatiladi. Zaharli, uni hidlaganda isitma chiqaradi, bosh ogʻriydi, koʻngil ayniydi va yoʻtal tutadi Rux gidroksid Zn(OH)2 rux tuzlari eritmasiga ishqor ta’sir ettirilganda hosil bo’ladigan amfoter gidroksiddir, u kislotalar va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi, shuningdek ammiak bilan kompleks birikma hosil qiladi: Zn(OH)2 + 2H+ = Zn2+ + 2H2O Zn(OH)2 + NaOH = Na[Zn(OH)2] Zn(OH)2 + 2NaOH = Na2[Zn(OH)4] yoki Zn(OH)2 + 2Ba(OH)2 = Ba2[Zn(OH)6] Zn(OH)2 + 4NH3 = [Zn(NH3)4(OH)2] Temir tunukalarni korroziyadan saqlash uchun sirti rux bilan qoplanadi. Rux turli qotishmalar tarkibida kiradi, galvaniq elementlarda va laboratoriyalarda turli reaksiyalar uchun ishlatiladi. Ruxning 2 ta silikati maʼlum: metasilikat ZnSiO3 — oq rangli geksagonal yoki romb panjarali kristall modda. Suyuklanish trasi 1429°C, zichligi 3,52 g/sm3 Ortosilikat Zn2SiO4 (villemit) — oq rangli geksagonal panjarali kristall modda. Suyukdanish trasi 1510°C, zichligi 4,2 g/sm3. Rux silikatlari rux oksidi bilan kvars qumini birga yuqori trada (1350—1400°C) kuydirish yoʻli bilan olinadi. Shaffof, boʻgʻiq rangli, maxsus shisha va sirlar i.ch.da qoʻllanadi Rux sulfid ZnS – rux tuzlarining neytral eritmalariga vodorod sulfid ta’sir ettirilishidan hosil bo’ladi. Suvda va sirka kislotada erimaydi. Rux sulfid tabiatda uchraydi va rux olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Rux xlorid ZnCl2 – suvsiz holatda olish juda qiyin bo’lgan oq gigroskospik modda. U uch molekula suv bilan birga kristallanadi. Ruxni yoki rux oksidni xlorid kislotada eritib ZnCl2* 3H2O olinadi. Rux xloridning suvdagi eritmasi kislota xossasiga ega, uning konsentrlangan eritmasi tolani eritadi. Rux sianid Zn(CN)2. Rux tuzi eritmasiga sianid kislotaning birorta eruvchan tuzi eritmasini qo’shish natijasida oq cho’kma rux sianid hosil bo’ladi. KCN dan mo’lroq qo’shilsa, bu cho’kma erib, kompleks tuz hosil bo’ladi: Zn(CN)2 + 2KCN → K2[Zn(CN)4] Rux oksid, ZnO — ruxning kislorod bilan birikmasi. Oq rangli kristall modda. Zichligi 5,7 g/sm³; 1800 °C da sublimatsiyalanadi. Suvda oz eriydi; kislotalarda erib tegishli tuzlarni beradi. Amfoter — ishqorlarda erib sinkatlar hosil qiladi[6]. Rux oksid tabiatda sinkit (qizil rux rudasi) minerali koʻrinishida uchraydi. Sirlar tayyorlashda, oq boʻyoq, kauchuk, selluloza, plastmassa, rezina toʻldirgichlari, tibbiyotda malham sifatida ishlatiladi. Rux oksid zaharli, uni hidlagan odam isitma chiqaradi, boshi ogʻriydi, koʻngli ayniydi va yoʻtal tutadi. Yuqori haroratda (1200 °C) rux oksid ishqoriy yer metallari bilan reaksiyaga kirishib MeZnO2 tarkibli tsinkatlar hosil qiladi. Rux nitrat Zn(NO3)2 kislotada eritish yo’li bilan hosil qilinadi. Zn(NO3)2 *6H2O ko’rinishida kristallanadi. Rux sulfat ZnSO4 rux oksidni sultirilgan sulfat kislotada eritishidan hosil qilinadi. ZnSO4 *6H2O ko’rinishida kristallanadi. Metallarni elektrolitik usulda Rux bilan qoplashda, tibiiyotda, to’qimachilik sanoatida ishlatiladi. Rux xlorid, ZnCl2 — ruxning xlor bilan birikmasi, rangsiz kristall modda. Suyuqlanish harorati 318°C, qaynash harorati 732°, zichligi 2,91 g/sm³. Suvda yaxshi eriydi. Rux konsentratiga osh tuzini qoʻshib qizdirish, haydash va uni chang holida tutib yigʻish, shuningdek, rux oksidi yoki metall boʻlaklariga xlorid kislota taʼsir ettirish, soʻngra bugʻlatish usullari bilan olinadi. Rux xlorid Rux xlorid yogʻochni chirishdan saqlashda, metallarni payvandlashda (oksid pardalardan tozalashda), pergament ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Rux sulfid, ZnS — ruxning oltingugurt bilan birikmasi. Ikkita modifikatsiyasi bor: biri kub shaklida kristallanadigan α = ZnS — sfalerit, ikkinchisi geksagonal shaklda kristallanadigan β = ZnS — vyurtsiddir. Suyuqlanish harorati 1850° (150 atm bosim ostida), zichligi 3,98—4,092 g/sm³, 1185°C da sublimatsiyalanadi. Suvda erimaydi, kislotalarda yaxshi eriydi. Sfalerit rux olishda muhim xomashyo hisoblanadi. Lyuminoforlar komponenti, bariy sulfat bilan aralashmasi oq boʻyoq — litopon olishda, kadmiy sulfid bilan aralashmasi kineskoplar tayyorlashda ishlatiladi. qaytarish Olinish usullari. 1.Rux karbonati asosida shaxtalarda amalga oshiriladi: ZnCO3 = ZnO + CO 2. Rux sulfidini yoqish orqali: 2ZnS+3O2=2ZnO+2SO2 Hosil bo’lgan rux oksidiga uglerod qo’shiladi. C + ZnO = CO + Zn koks bilan C + Zn2SiO4 = 2CO + 2Zn + SiO2 3.Elektroliz usuli yordamida: ZnO + H2SO4 = ZnSO4 + H2O 2ZnSO4 + 2H2O = 2Zn + O2 + 2H2SO4 Ishlatilishi. - Ruxlangan temir olishda. Galvanik elementlar tayyorlashda ishlatiladi. Laboratoriyada vodorod olish uchun kerak bo’ladi. Rangli metallurgiyada oltin va kumush ajratib olish uchun rux juda ko’p sarf bo’ladi. Ruxning birikmalari. ZnO amfoter xossaga ega oksid. Rux oksidi ham kislotalarda, ham asoslarda eriydi. ZnO+H2SO4=ZnSO4+H2O ZnO+2KOH=K2ZnO2+H2O ZnO+H2O+2KOH=K2Zn(OH)4 ZnS ma’lum sharoitda fosforesensiya xossasini namoyon etadi. Bu xossa unga og’ir metallarning sulfidlari aralashib qolganligidan kelib chiqadi. ZnCl2 suvsiz holatda olish juda qiyin bo’lgan modda. U uch molekula suv bilan birgalikda kristallanadi. Suvda yaxshi eriydi: 2KCl-ZnCl2 beqaror kompleks deb qarash mumkin. Rux xlorid yogochni chirishdan saqlash maqsadida, metallar sirtini tozalashda va kimyoviy reaksiyalarda suv tortuvchi modda sifatida ishlatiladi Zn(NO3)2 ruxni nitrat kislotada eritish yo’lI bilan olinadi. U olti molekula suv bilan kristallanadi. Ruxni suyultirilgan sulfat kislotada eritib rux sulfati olinadi. Uning tarkibidaa 7 molekula suv bo’ladi. Bu tuz eritmasi metallarni elektrolitik usulda rux bilan qoplashda, medisina, to’qimachilik sanoatida va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Download 437.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling