Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti “Jahon tarixi” kafedrasi
II BOB.Qadimgi davr tarixi ijtimoiy-siyosiy voqealar bo'yicha moddiy manbalar
Download 157.35 Kb.
|
Nurullayeva Shahlo To\'m kurs ishi slaydi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2.Ozbek xalqining shakllanishiga oid manbalar
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
II BOB.Qadimgi davr tarixi ijtimoiy-siyosiy voqealar bo'yicha moddiy manbalar
2.1.Eski o'zbek tilidagi manbalar "Tavorixi guzida, nusratnoma". Asar kim tomonidan yozilgani maʼlum emas. Tadqiqotchilar orasida bu xususda turlicha fikrlar bor. Masalan, sharqshunos-arxeolog P. I.Lerxning soʻzlariga qaraganda, asar mashhur mutasavvuf shoir Jaloliddin Rumiyning oʻgʻli Sulton Valad tarafidan yozilgan¹,Lekin bu gap haqiqatdan tamom yiroqdir.Sulton Valad mazkur asar yozilmasdan qariyb 300-yil muqaddam (1226—1312 yy.) yashab oʻtgan, A. A. Semenov, R. G.Mukminova va V. P. Yudin “Tavorixi guzida, nusratnoma Shayboniyxon tomonidan yoki uning yaqin ishtiroki bilan yozilgan, deb taxmin qiladilar“, Asarni chuqur va atroflicha oʻrgangan yana bir olim — A. M. Akromovning fikricha, asar mashhur ASHayboniynomaz dostonining muallifi shoir Muhammad Solih (q.)ning qalamiga mansubdir². Afsuski, bu fikrlarga qoʻshilib boʻlmaydi. Asar muqaddimasida uzini “OJIZ”, “garib”, “xokisor” deb atagan nomaʼlum bir muallif Munka koon nomiga yozilgan “Tavorixi jaxonkushoy”, Gʻozonxonning qizi otiga bitilgan Tavorixi guzidaj va Ulugʻbek mirzo nomidan yozilgan. 2.2.O'zbek xalqining shakllanishiga oid manbalar O'zbek xalqining shakllanishi masalasi yaxshi oʻrganilmagan, yechimini topmagan ilmiy muammolardan biri. Masalani bir manba bilan, bir tadqiqotchi, u garchi fan mirishkori boʻlganda ham, yechib berolmaydi. Buning uchun uzoq oʻtmishdan qolgan va turli tillarda: qadimgi eron,yunon, rim, xitoy, arab, fors va turkiy tillarda yozilgan qoʻlyozma va toshga, yogʻochga, sopolga va boshqa buyumlarga bitilgan yozuvlarni oʻqiy oladigan mutaxassis — manbashunos, arxeolog, etnograf va antropolog olim, adabiyotshunos (folklorshunos), tilshunos va geograf olimlar birgalashib, bir ilmiy jamoa bulib ishlashlari zarur boʻladi. Afsuski, bizga shunday hamkorlik yetishmay turibdi. Lekin, bu ishni oʻzbek olimlari yechib berishlari kerak. Paysalga solmasdan yaqin uch-toʻrt yil ichida: Vaholanki, muhtaram Prezidentimiz I. A. Karimov juda toʻgʻri aytganlaridek, "Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, naslu nasabini, oʻzi tugʻilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi“¹.Demak, bu-xalq talabi, Vatan talabi.Oʻzbeklarning xalq boʻlib shakllanishiga oid biron alohida manba yoʻq. Bu masalaga oid maʼlumotlar tarixiy, geografik, lingvistik va xalq ogʻzaki adabiyotiga oid asarlarning barchasida mavjud. Lekin ularni sinchkovlik bilan bittalab terib olish kerak boʻladi. XULOSA Xulosa shuki, manbalar tarixiy jarayon va voqeliklarning o‘zida real aks ettirgan bo‘lib, tarixiylikning in’ikosi bo‘lmog‘i kerak. Mana shunda ularning tarixiy ahamiyati, tarixiy ekanligi yuqori bo‘lib, tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishiga yaqindan yordam beradi. Ma’lumki, tarixni xalq yaratadi. Minglab yillar davomida yaratilgan ushbu tarixni o‘qitish va o‘rganishda yordamchi fanlarning ahamiyati beqiyosdir. CHunonchi, arxeologiya, etnografiya, antropologiya, numizmatika, lingvistika, tarixshunoslik, atamashunoslik, sotsiologiya, tarixiy demografiya, tarixiy geografiya, geopolitika, falsafa, o‘lkashunoslik, kartografiya, iqtisod, madaniyatshunoslik, dinshunoslik kabi yo‘nalishlar yordamchi fanlar jumlasidandir. Lekin, O‘zbekiston tarixini yaratishda bir kator yordamchi fanlar ma’lumotlari olimlar e’tiboridan chetda qolmoqda. Misol uchun, mavjud o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarning aksariyatida yoritilayotgan mavzuningtarixshunosligi berilmaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1..Аxмедов Б. Узбекистон тарихи манбалари. – Тошкент: Укитувчи, 2001. 2. Azamat Ziyo. O'zbek davlatchiligi tarixi: (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar) //Mas`ul muharrir: B.Ahmedov. –T.: ―Sharq‖, 2000, -368 bet. Mustaqil O'zbekiston tarixining dastlabki sahifalari: (Davriy to'plam) № 3 // Mas`ul muharrir: D.Alimova; - T.: ―Sharq‖, 2000, - 224 bet. Download 157.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling