Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


Download 1.06 Mb.
bet6/18
Sana04.11.2020
Hajmi1.06 Mb.
#140436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1.Ona tili va adab.Ma`ruzalar

2-rasm. Bo`g`iz(hiqildoq):

A – bo`g`izning old tomoni: 1 – qalqonsimon tog`ay; 2 – uzuksimon tog`ay; 3 – til osti suyagi; 4 – qalqonsimon tog`ayni til osti suyagiga ulab turuvchi pay; 5 – uzuksimon tog`ayni qalqonsimon tog`ay orasidagi pay; 6 – kekirdak(traxeya).

B - bo`g`izning orqa tomoni: qalqonsimon tog`ay; 2 – uzuksimon tog`ay; 3 - qalqonsimon tog`ayning yuqori shoxlari; 4 - qalqonsimon tog`aynini quyi shoxlari; 5 – cho`michsimon tog`aylar; 6 – bo`g`iz qopqog`I; 7 – traxeyaning pardasimon (orqa) qismi.

3-rasm. Bo`g`izning ko`ndalang kesilgandagi ko`rinishi:

1- qalqonsimon tog`ay; 2- cho`michsimon tog`aylar; 3 - un paychalarining qirralari; 4 – ovoz paychalari orasidagi tirqish.

O`pka inson organizmini kislorod bilan ta’minlovchi a’zo ekanligi hammaga ma’lum. Nutq a’zosi sifatida esa o`pka nutq tovushlarining hosil bo`lishi uchun zarur bo`lgan havo oqimini yetkazib beradi, ya’ni inson nafas olganida o`pka va undagi bronxlar havoga to`ladi va bu havo oqimi tashqariga qaytib chiqish jarayonida tovush hosil qiluvchilik vazifasini ham bajaradi.

Havo oqimi nafas yo`li orqali bo`g`izga tomon harakatlanadi. Bo`g`izdagi cho`michsimon, uzuksimon, shoxsimon, xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog`aylar un paychalarini ushlab turuvchi a’zolardir. Un paychalari esa ovoz manbai hisoblanadi, chunki ular dutor yoki soz torlariga o`xshab havo urilishi natijasida ovoz chiqaradi (simyog`ochga tortilgan simlarning shamol kelib urilishi natijasida chiyillab ovoz chiqarishini ko`z oldingizga keltiring). Og`iz bo`shlig`i tovushni kuchaytirib berishga yordam beradigan a’zodir. Til juda ko`p tovushlarni hosil qilishda ishtirok etadigan a’zodir. Tilning turlicha harakati va holati natijasida unli va undosh tovushlar hosil bo`ladi. Kichik til ham ayrim tovushlarning (q, g` , x) hosil bo`lishida qatnashadi. Lablarning keng ochilishi, cho`chchayishi, jipslashishi yoki pastki labning ustki tishlarga tegishi natijasida turli tovushlar hosil bo`ladi. Ayrim tovushlar havo oqimining tishlar orasidan sirg`alib chiqishi natijasida hosil bo`ladi. M, n, ng tovushlari hosil bo`lishida havo oqimining bir qismi burun bo`shlig`i orqali o`tib, tashqariga chiqadi. Markaziy asab tizimi nutq a’zolari harakatini yuzaga keltiradi, bu harakatni bevosita boshqarib turadi. Ana shu tariqa har bir nutq a’zosining tovushlarni hosil qilishda o`z vazifasi bor.




Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling