Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali
-MA’RUZA GRAFIKA (YOZUV) VA GRAFEMALAR. ORFOGRAFIYA
Download 1.06 Mb.
|
1.Ona tili va adab.Ma`ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grafika
- 1. Harflarga asoslangan grafemalar
- 1) monografemalar
- 3. Raqamlarga asoslangan grafemalar
- 2) rim raqamlari
- 4. Ramziy belgilarga (simvollarga) asoslangan grafemalar
- Yozuv haqida umumiy ma’lumot
- 7-rasm.
- . pictus
- 2. Ideografik yozuv Ideografik ( yun . idea
- 3. Iyeroglifik yozuv Iyeroglifik (
- 13-rasm.
8-MA’RUZA GRAFIKA (YOZUV) VA GRAFEMALAR. ORFOGRAFIYA. O`ZBEK YOZUVI TARIXIDAN. ALFAVIT REJA: 1. Grafika haqida umumiy ma’lumot. 2. Grafemalar va ularning turlari. 3. Yozuv haqida umumiy ma’lumot 4. Yozuvning turlari . 5. O`zbek yozuvi tarixidan. Grafika (grekcha grapho – yozmoq degani) tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, unda fonetik-fonologik, leksik va morfologik birliklarni ifodalash uchun qo`llanadigan optik-grafik (ingl. optic – qaraydigan, ko`radigan degani40) belgilar haqida so`z yuritiladi. Bu belgilar grafema deb ataladi. Masalan, fonetik birlik bo`lgan fonemani ifodalash uchun harflardan (a fonemasi uchun a grafemasi olingan va h.), leksik birlik bo`lgan leksemalarni farqlash uchun tutuq belgisidan (sher – hayvon, she’r – adabiy atama, janr turi), morfoloik birlik bo`lgan morfemani ifodalash uchun raqamdan (son turkumiga mansub “olti” so`zini ifodalash uchun “6” raqami olingan) foydalaniladi. Grafemalar quyidagi guruhlarga bo`linadi: 1. Harflarga asoslangan grafemalar tilda mavjud bo`lgan fonetik-fonologik birliklarni ifodalovchi grafemalardir. Masalan, nodir so`zidagi beshta fonemani ifodalash uchun beshta grafema [n], [o], [d], [i], [r] ishlatiladi. Bunday grafemalar tarkibiga ko`ra bir necha guruhlarga ajraladi. Lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek grafikasidagi grafemalar tarkiban ikki guruhga bo`linadi: 1) monografemalar bir harfdan iborat bo`ladi: a, b, d… 2) digraflar ikki harf qo`shilmasidan iborat: ng, ch, sh. 2. Tinish belgilariga asoslangan grafemalar nutqning mazmuniy tomonini yozuvda ifodalash uchun qo`llanadigan belgilardir. Bu belgilar quyidagi vazifalarni bajarishga mo`ljallangan: 1) muloqot jarayonini yozuvda to`g`ri aks ettiradi: Bahor! (his-hayajon); Bahor? (so`roq). 2) gaplarni tarkib jihatidan farqlashga xizmat qiladi: Karimjon (ega) bugun ham kelmadimi? Karimjon (undalma), bugun ham kelmadimi? 3) uslubiy qulaylikka xizmat qiladi: “Toshkentdan Nukusga qatnaydigan poyezd keldi” deyish o`rniga “Toshkent - Nukus” poyezdi keldi” deb yozilsa, tire tufayli usluban qulay, ixcham bo`ladi. 4) yozma nutqdagi murakkab fikriy munosabatlarni ifodalashga xizmat qiladi: Agronom? Nima?! - Nosirov shunaqangi qattiq baqirdiki, nazarimda olis-olislardagi tog'lar ham larzaga kelib silkingandek bo'ldi.(X.To`xtaboyev) So`roq va undov belgilarining birga qo`llanishi shu so`z orqali ham so`roq, ham taajjublanish, ham hayajon ifodalanganini aks ettirgan. Shuni aytish joizki, “Grafika” bo`limida tinish belgilari faqat grafemalar sifatida tasnif qilinadi, ularning qo`llanish o`rinlari “Punktuatsiya” bo`limida o`rganiladi. 3. Raqamlarga asoslangan grafemalar miqdor va tartib tushunchalarini yozuvda aks ettirish uchun qo`llanadigan grafemalardir. Hozirgi o`zbek yozuvida ishlatiladigan raqamlar ikki guruhga bo`linadi: 1) arab raqamlari avval Hindistonda yaratilib, keyinchalik buyuk vatandoshimiz Muhammad Xorazmiy xizmatlari tufayli Arabiston, Ispaniya va butun Yevropaga tarqalgan raqamlardir: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 20, 100, 1000, 100000, 1000000, 1000000000 kabi. 2) rim raqamlari eramizdan besh asr oldin etrusk qabilalari tomonidan yaratilgan va qadimgi rimliklar qo`llagan raqamlardir: I (bir), V (besh), X (o'n), L (ellik), C (yuz), D (besh yuz), M (ming). Raqamlarga asoslangan grafemalar asosan matematika faniga tegishli bo`lsa ham, tilga oid leksema va morfemalarni ifodalash uchun xizmat qilganligi tufayli “Grafika” bo`limida ham o`rganiladi. 4. Ramziy belgilarga (simvollarga) asoslangan grafemalar ilm-fan (shu jumladan, tilshunoslikda ham) sohasida qo`llanadigan maxsus belgilar tizimi: 1) matematik faniga oid ramziy belgilar - √ (ildiz), - (ayiruv), + (qo`shuv), x (ko`paytiruv), : (bo`luv), x (iks), (katta), < (kichik) va boshqalar; b) astronomiyaga oid ramziy belgilar - ʘ (Quyosh), ♂ (Mars), ♀ (Venera), ђ (Saturn) va boshqalar; d) tilshunoslikka oid ramziy belgilar - < > (o`tish belgisi), // (ajratish belgisi), : - fonemaning cho`ziqlik belgisi; e) moliyaga oid ramziy belgilar – $ (dollar), € (yevro), £(funt sterling). Kompyuterning yozuv vositasi sifatida qo`llanishi natijasida juda ko`p miqdordagi ramziy belgilar yozuv tizimiga kirib keldi. Bu compyuter bilan ishlaydigan har bir insonga tanishdir, shuning uchun ularning barchasini keltirishga hojat yo`q deb hisoblaymiz. Yozuv haqida umumiy ma’lumot Yozuv insoniyat tomonidan qilingan buyuk kashfiyotlardan biridir. U insonga oz fikrini uzoq masofaga va uzoq davrga yetkazishda yordam beradigan qulay vositadir. Demak, yozuv insonning ma’lum axborotni zamon va makon ichida bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga yetkazish zaruriyatidan kelib chiqqan. Albatta, yozuv birdaniga paydo bo`lgan emas. Dastlabki “maktub”lar hozirgi yozuvdan juda katta farq qilgan. Buyuk bobokalonimiz, g`azal mulkining sultoni Alisher Navoiy o`zining “Saddi Iskandariy” dostonida ana shunday “maktub”lardan biri haqida hikoya qiladi. Eron shohi Doro Iskandarga o`z elchisi orqali uchta narsa: chavgon tayog`i, koptok va bir idishda kunjut donalarini jo`natadi. Bunda chavgon tayog`i va koptokning ma’nosi: “Sen, Iskandar , hali men bilan jang qilishga yoshlik qilasan, yaxshisi, chavgon (hozirgi chim ustidagi xokkeyga o`xshagan o`yin) o`ynab yuraver”. Idishdagi kunjutning ma’nosi: “Mening qo`shinim shu idishdagi kunjut donalaridek son-sanoqsiz, sen unga bas kelolmaysan”. Iskandar esa bularni boshqacha talqin qiladi: “Koptok - yer shari va u mening qo`limda”. Iskandar, shunday deya, bir necha tovuq keltirishni buyuradi va ular kunjut donalarini bitta qo`ymay yeb tugatishadi. Ma’nosi: “Mening qo`shinim senikini bitta qoldirmay qirib tashlaydi”. Bu yerda har bir narsa ramziy ma’noga ega: koptok va chavgon – o`yin yoki koptok – yer shari; kunjut donalari – askarlar va h. Ba’zan narsalar ramziy ma’no ifodalamasdan, shartli belgi vazifasini bajargan. 7-rasmda peruliklarning kipu nomli xati, 8-rasmda esa irokez qabilasining vampum nomli yozuvlari ana shunga misol bo`la oladi:
Yozuvning turlari Yozuvni taraqqiyot bosqichlari bo`yicha to`rtta turga ajratsa bo`ladi. Bular quyidagilardir: 1. Piktografik yozuv Piktografik (lot. pictus – chizilgan va yunon. grapho – yozaman)41 yozuv rasmlarga asoslangan yozuv turidir va uning birliklariga piktogramma deyiladi. Bu yozuv namunalari quyidagi rasmlarda berilgan: 9- rasm. Piktogramma. Eskimos-ovchining “kundaligi”. Mazmuni: “Odam ovga chiqqan, hayvon terisini qo`lga kiritgan, keyin yana bittasini topgan, morj ovlagan, boshqa ovchi bilan qayiqda suzgan, tunni o`tkazgan”. 10- rasm. Piktogramma. Hindularning prezidentga “arznomasi”. Mazmuni: “Turna, Uchta suvsar, Ayiq, Dengiz odami va Dengiz mushugi qabilalari yagona qalb jo`shqinligi ila Turna qabilasi boshlig`iga ko`llar hududiga ko`chib o`tishga ruxsat berish haqida prezidentdan iltimos qilishni topshiradi”. Ikkinchi piktogrammani o`qish qiyinroq, chunki unda “yagona qalb jo`shqinligi ila”, “prezidentdan iltimos qilishni” kabi mavhum tushunchalar ham berilgan. Piktografik yozuv quyidagi xususiyatlarga ega: 1) piktogrammalarda hayotiy vaziyatlarni (ov, safar) aks ettiruvchi rasmlar ifodalanadi; 2) rasmlarning badiiy tomoni ahamiyatsiz; 3) mavhum tushunchalarni ifodalay olmaydi; 2. Ideografik yozuv Ideografik (yun. idea – tushuncha; grapho - yozaman )42 yozuvni “tushunchaviy yozuv” desa bo`ladi, uning birligi ideogramma deb ataladi. Bunda rasmlar orqali bevosita narsa, hayvon yoki boshqalarning o`zi emas, balki shu rasmlar ta’sirida inson ongida aks etgan tushuncha muhimdir. Masalan, piktografik yozuvda ifodalangan yurak va unga sanchilgan o`q ideografik yozuvda muhabbat ma’nosini ifadalaydi. Demak, bu yozuv orqali mavhum tushunchalarni ham ifodalash imkoniyati paydo bo`ladi. Bu yozuvning quyidagi belgilari mavjud: 1) qo`llangan rasmlar so`z ma’nosini ifodalaydi; 2) voqelik haqida ancha kengroq ma’lumot berish mumkin; 3) rasmlar barqarorlashgan, ya’ni bir tushunchani ifodalash uchun bir xil rasm ishlatilgan; 4) rasmlar o`z va ko`chma ma’nolarida maydonga chiqadi. 3. Iyeroglifik yozuv Iyeroglifik (yun. hieroglyphoi – muqaddas yozuvlar)43 yozuv ideografik yozuvrning mukammalashgan shakli sifatida yuzaga kelgan. Bu yozuvda ideografik yozuvda qo`llangan rasmlar shartli belgilarga – iyerogliflarga aylantirilgan. Demak, bu yozuvning birligi iyeroglif deb ataladi. 11-rasm. Iyerogliflar. Qadimgi Misr yozuvi. Bu yozuvning quyidagi belgilari mavjud: 1) bu yozuvda tez yozish mumkin, chunki endi rasmlardagi ortiqcha qismlarni aks ettirish shart emas; 2) mazmunan ancha murakkab matnlarni yaratish mumkin, chunki mavhum tushunchalarni ifodalasa ham bo`ladi; 3) hajm jihatdan yirik matnlar yaratish mumkin, chunki ixchamlik bunga imkon beradi. 12-rasm. Iyerogliflar. Ptolemey va Kleopatraning nomlari aks ettirilgan kartushlar.(qalqon ko`rinishidagi taqinchoq) 13-rasm. Iyeroglifik yozuvdan kelib chiqqan qadimgi Misr sodda yozuvi (iyeratik yozuv). 14-rasm. Xitoyliklarning leksik-figurali yozuvi. eski yangi Quyosh Oy Tog` Daraxt It Ko`rinyaptiki, rasmlar vaqt o`tishi bilan asta-sekin shartla belgilarga aylana borgan (13- va 14-rasmlar). Bunda, yuqorida aytilganidek, rasmlardagi ortiqcha detallar tushirilgan. Qadimgi Messopotamiyada assiriyaliklar va vavilonliklar qo`llagan mixxat ana shu yo`l bilan yaratilgan. Mixxat deyilishiga sabab shundaki, bu yozuvning belgilari mixga o`xshab yozilgan. Quyidagi rasmga e’tibor bering: 14-rasm. Assiriyaliklar va vavilonliklarning mixxati. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling