Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti
- yil tanqidchiligida Choʻlponning tanqidiy qarashlari
Download 73.4 Kb.
|
jadid tanqidchiligi ZSSH (1)
1.2 20- yil tanqidchiligida Choʻlponning tanqidiy qarashlari
Cho‘Ipon shoir, nosir, dramaturg, tarjimon, publitsist bo‘lish bilan birga munaqqid, o ‘ziga xos qiyofali san’atshunos edi.Uning adabiy-tanqidiy maqolalari xalq ma’-naviyatini shakllantirishda, adabiy-estetik didni o'stirishda, badiiy adabiyotimiz taraqqiyotida katta ahamiyatga ega. Yangi o ‘zbek adabiyotshunosligi va adabiy tanqidi tarixini Cho‘lpon adabiy-tanqidiy faoliyatisiz tasawur etish qiyin. Cho‘lpon maqolalarining ro‘yxatini tuzib, bibliografiyasini e ’ion qilgan N.Yoldoshev ko‘rsatishicha, shoir 1914— 1937-yillar mobaynida chop etgan adabiytanqidiy maqolalar soni 70 ga yaqindir. Shu ma’lumotning o ‘ziyoq Cho'lponni munaqqid sifatida o'rganish muhim ekanini ko‘rsatadi. To‘g‘ri, gap bu o'rinda son-sanoqdagina emas, maqolalarning ilmiynazariy qimmati haqida, albatta. Cho'lpon maqolalari esa, eng awalo, ana shu jihati bilan qadrlidir. «Adabiyot yashasa, millat yashar». 1913-yilda Cho'lpon I.G‘aspiraliga maktub yozgan va «Taijumon»da bosilgan. «Sadoi Turkiston « gazetasining 1914-yil 4-iyun sonida Cho‘lponning dastlabki ianqidiy asarlaridan biri — «Adabiyot nadur?» degan maqolasi e ’ion qilinadi. Uni yozgnida Cho‘lpon 16 yoshda edi. Maqola shaklan ixcham bo‘lsa-da, mazmuni g‘oyat teran. 16 yashar o ‘smirning adabiyot haqida shunday tiyraklik bilan fikr yuritishi chindan-da, uning yuksak iste’dodidan dalolat beradi. Cholpon bu yoshda yozgan she’rlari ichida teranlikda, chuqurlikda ushbu maqola bilan bahslasha, yoki tenglasha oladiganini uchratish qiyin (biri badiiy, ikkinchisi publitsistik mohiyatli bo‘lsa-da). Shunga ko‘ra, ehtimol, she'riyatdan ham ko‘ra adabiy tanqidga qiziqish va u haqdu astoydil o ‘y-fikrga berilish Cholponda eriaroq kechgan boMsa, ajab emas, degan taxmin ham bo'lishi mumkin. Burilish pallalarida har bir xalqning buyuk farzandlari, buyuk adiblar ana shu savolga javob izlagan va hatto, xuddi shu sarlavha bilan maqolalar c ’lon qilgan. Bunga ko'plab misollar keltirish mumkin. Zero, cho‘lpon ham o;zbek xalqining ana shunday buyuk farzandlaridan biri edi. o‘z davrida Cho‘lponning bir qancha zamondoshlari ham «Adabiyot, san’at nima?» degan savollarga javob izladi. Ozar, qozoq, tatar adabiyotlarida (o‘z vaqtida yaxlit Turkiston adabiyoti” - deb yuritilgan adabiy jarayonida ham) bu masalalar atrofida tez-tez fikr yuritilgani ma’lum.Yuqoridagi maqolasida Cho‘Ipon, avvalo, adabiyotriing ijtimoiymohiyati to‘g‘risida aniq va tiniq fikr yuritadi. Uning fikricha, adabiyoi millatni taraqqiy ettirish vositasi, uning ma’naviyatini ta’minlaydigan omildir. Shu asosda u «Adabiyot yashasa-millat yashaydi» degan juda katta va q a t’iy xulosaga keldi. Yoki uni o ‘zbek xalqining tarixi mobaynida adabiyot haqida aytilgan cng muhim va aniq dasturiy fikr deb baholash mumkin. 3 «Ha, to'xtamasdan harakat qilib turg‘on vujudimizga, tanimizga suv, havo naqadar zarur bo‘lsa, maishat yo‘lida har xil qora kirlar bilan kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdur. Adabiyot yashasa-millat yashar. Adabiyoti o‘lmag‘ on va adabiyotning taraqqiyotiga cholishmagan va adiblar yetishtirmagan millat oxiri bir kun hissiyotdan, o'ydan, fikrdan mahrum qclib, sekin-sekin inqiroz bo‘lur»1. Cho‘lpon Sharq klassiklari, arab, turk, hind yozuvchilarining asarlari bilan puxta tanish edi, u mustaqil o‘qib-o‘iganish oqibatida, o‘zi yashagan davrdagi ma’rifatparvarlik va estetik g‘oyalari ta’sirida g‘oyat yuksak madaniy saviyaga erishdi. C h o lp o n adabiyotning obrazli tabiatini teran tushunib yetdi, adabiyot inson ruhiyatiga bog‘liq hodisa deb qaradi. «Adabiyot chin ma’nosi ila o ‘lgan, solgan, qaralgan, o ‘chgan, majruh yarador ko'ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singigan qora balchiqlarni tozalaydurg‘on, o‘tkir yurak kirlarini' ChoUpon. yuvadurg‘on, toza ma’rifat suvi, xiralashgan oynalarni yorug‘ varavshan qiladurg‘on, chang va tuproqlar to‘lgan ko‘zlarimizni artub tozalaydurg‘on buloq suvi bo‘lganlikdan bizga g‘oyat kerakdur»1. Cho‘lponning o‘ziga xos obrazli ifodalagan bu fikrlari nainki o ‘z davri, yoxud bugungi kunimiz, balki kelajak uchun ham hech qachon qimmatini yo‘qotmaydi. «Sadoi Turkiston* gazetasi (1915, 6-fevra!)da chop etilgan «Muhtaram yozg‘uvchilarimizga» degan maqolasida Cho‘lpon shunday yozadi: «Muhtaram alam ahilan milliy maishatni yoinon deb bezmay, zohira bo‘lsa ham to‘ylarda, gapxonalarda, bachabozlar majlisida! bazmlarda va shunga o‘xshash millatning eng tanqid qiladurg‘on o ‘rinlarida birga aralashib yurmaklari kerakdurki, toki komil o ‘sha odatlarni kitob sahifalarida chiroyliroq qilib yozgunday bo‘lsunlar. Milliy maishatdan bezgan bilan bezilib, ko‘milib ketaberadilar. Onda aralashib yurulsa, ondagi so'zlarni, odatlarni o‘lanmoqqa bo'ladurki, kitob betiariga ko‘churub yozmoqqa materiallarning eng asllari xalq orasindan olinur. Ovropaning katta-katta muharrirlari o ‘shal o ‘zlarining yaxshiyomon odatlarining orasinda yuribdilar. So‘ngra qo'llariga qalam olib, yaxshisini yaxshu yomonini yomon ko‘rsatib yozubdurlar». Cho'lpon o'zbek yozuvchilariga qaratilgan murojaatida, hayotni chuqur o'i^anishga da’vat etadi. Xalq urf-odatlari, rasm-rusumlari qoloqligini tanqid qilish bilangina cheklanmaslikka undaydi. Xalq turmushining turli qirralarini badiiy ifodalashda tanqidning zo‘rayib yoki biryoqlama bo‘lib ketishiga qarshi chiqadi. Yozuvchi ilkricha, xalqdagi mavjud ulkan fazilatlar va hayotdagi ibratli tomonlar to'g‘ri va aniq tasvir etilishi zarur. Maqola xalqchillik ruhi bilan sug‘orilgan. Tanqidchining fikricha, o ‘zbek qalam ahli va ziyolilari xalq hayotini chuqur o'rganishlari kerak; xalqning jaholatdan qutulishiga, yaxshi hayot kechirishiga yaqindan yordam berishi zarur. Bu mas’uliyatli ishni yozuvchi va ziyolilaming asosiy burchi deb biladi: «Bizga kolp teatru, ro'mon kitoblari yozmoq kerakdurkim, bu qarz bir hovuch ziyoli yoshlarimiz ila ahli qalam ustalariga tushadir». Cho‘tponning «chin adabiyot» uchun kurashdagi faol xizmatlarini keyinroq chop etilgan maqolalaridagi «Chig‘atoy gurungi» to ‘garagining faol a’zosi bo‘lganligi va uni himoya etib yozgan fikrlari ham tasdiqlab turibdi. Maqolalardan birida adabiyotning «tugallanishi», ya’ni takomillashishiga katta e ’tibor berib, bunga «adabiyotga kira olmagan narsalami shafqatsiz sur’atda maydondan haydash» va badiiy asar tilini soddalashtirish orqali erishilar deb hisoblaydi. Cholpon «Chig‘atoy gurungi» vakillari xuddi shu yo‘lda faoliyat ko‘rsatgan- Iarini aytadi: «...U jamiyatga mansub kishilar tilni soddalashtirmak maqsadini asos qilib ushiaganlari holda o‘zbek adabiyotining tugallanishiga ham katta ahamiyat berdilar. Tugallanadurg‘on adabiyot chin adabiyot bo'lmogU kerak. Shuning uchun ular adabiy asarlarga haqiqiy qiymatini berib, adabiyotga kira o!mag‘an narsalami shafqatsiz suvratda maydondan hayday boshladilar... «Chig‘atoy gurungi» asosinimahkam qurg‘onug‘i va chinakam to‘g‘ri chizg‘onlig‘i uchun o‘ziyo‘q ketsa ham, o‘zbekning yangi adabiyotida yangi, porloq, sharafli sahifalar ochdi va ochmoqda davom etadir»'.»Maorif va o‘qitg‘uvchU jumali etilgan «Ulug‘ hindi» maqolasi Cholponning adabiy tanqidchi sifatidagi chuqur bilimini, mustaqil mushohadalarini, xalqaro miqyosdagi adabiytajribalardan shu vaqtdagi o‘zbek adabiyoti uchun fikr xos va muhim ekanini tushunib yetganini ko'rsatadi. Bu maqola, mohiyat e’tibori bilan zanionaviy jahon adabiyotidagi ilg‘or tamoyillami anglash va o‘zbek adabiyotiga olib kirish masalasida o‘z vaqtida o ‘sha butun Ittifoq miqyosi, hatto. rus tanqidchiligida ham deyarli yo'q edi. Keyinroq uning R.Tagorga bag‘ishlangan yana bir maqolasi e’ion qilindi. Cho‘lpon Tagor ijodiga munosabat asnosida o'zbek adabiyotining rivoji qay yo‘ldan borishi kcrakligi haqida qimmatli mulohazalarini bayon qiladi. «Yo‘liizlik»dan qutilish chorasini izlaydi. Zotan uni mumtoz adabiyot yo‘nalishi ham, mainlakatdagi davr adabiyotining yo‘nalishi ham qoniqtirmayotgan edi. Cho'lpon R.Tagordek buyuk san’atkorlar tajribasidan kehb chiqib, yangi o ‘zbek adabiyotini yaratish masalasini yechishga narakat qiladi. Umuman, 20-yillarda yozilgan boshqa qator maqolalarida ham bu masalaga qayta-qayta munosabat bildiradi. Buning uchun, birinchi navbatda, Sharq bilan G‘arb san’atlarini o‘zaro uyg‘unlashtirmoq va mazmun bilan shaklning muvozanatini uddalamoq kerak deb hisoblaydi. Zero, R.Tagor ijodidagi betakror milliy ranglar, Sharq va G ‘arb an’analarining sintezi Cho‘lpon e'tiborini tortgan edi. Cho‘lpon she'riyati va romanlarida Sharqqa xos shartlilik. ko‘tarinkilik, donishwww. mandlik, G ‘arbga xos psixologik realizm, xarakterlar mantig‘idagi ochiqiik va o‘ktamlik, ularni chuqur dalillash bor edi. Cho‘lponning 20-yillardagi aksar muhim maqolalarida, shuningdek, «Ulug‘ hindi» maqolasida ko‘tarilgan asosiy muammo-yangi o'zbek adabiyotining ravnaqi masalasi edi. Cho‘lponning sa’y-harakatJari batamom zoye ketishi mumkin enias edi. Uning bu boradagi izlanishlari, ilgari surgan ilmiy-estetik qarashlari uning o‘z maslakdoshlari - Fitrat, Qodiriy, Elbek, Botu, Oybek, Mirtemir kabi ijodkorlaming poetik dunyoqarashiga, shubhasiz, o ‘z ta ’sirini o‘tkazdi, millatparvar adabiyot ixJosmandlarining shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Cholponning «Ishtirokiyun» gazetasida (1920) bosilgan «Sho‘ro hukumati va sanoye’ nafisa» maqolasi ham nazariy teranligi, qamrovning kengligi, saimog‘i, davrning muhim muammosini ko‘tarib chiqishi jihatidan ajralib turadi. Bu maqola haqida turli qarashlar mavjud. Jumladan, Ozod Sharafiddinov 60-yillardagi tadqiqotlaridan birida «Sho‘rolar hukumati va sanoye’ nafisa» maqolasi Cholponning «sovetlar positsiyasiga o‘tgan»ini bildiradi degan fikrlarni aytgan edi. Kcyinchahk u fikmi biroz o'zgartirib, Cholpon maqolani «gazetaning topshirig‘i bilan muayyan tazyiq va tadbirlar asosida yozgan bolishi mumkin»ligini qayd etadi va yozadi: «San’at sho'rolar zamonida xalqniki bo‘lib qolganini aytarkan, mening nazarimda, bu maqolada Cholpon jinday «quvlik» qilayotganday tuyuladi. Maqolaning ko‘pgina joyi kinoyaviy ohangga ega, go‘yo muallif o ‘sha paytlarda markaziy matbuotda ko'plab bosila boshlagan «sovet ruhidagi « tashviqiy maqolalarga parodiya yozgandek...»1. Shu tariqa maqoladan keltirilgan parchalami sharhlay turib, olim maqolani kinoyaviy ohangda yozilgan parodiya tarzida izohlaydi. So‘ngra, «mening bu fikrim bahsli bo'lishi mumkin», deya ta’kidlashni ham unutmaydi. Tushunish mumkin, O.Sharafiddinovning birinchi fikri sho‘ro davrida ham Cholpon millatchi shoir deb batamom qoralanib turgan paytda, uni qanday qilib b o isa ham «o‘z» shoirimizga aylantirish maqsadida aytilgan edi. Ikkinchi fikr — sho‘roviylik, sho‘roni madh etish, endi ijobiy emas, aksincha, saibiy ahamiyat kasb etgan ma’noni bildiruvchi bir zamonda aytilmoqda. Aslida Cholponning yuqoridagi maqolalariga diqqat bilan nazar tashlasangiz, unda kinoya ham yo‘q, sho‘ro tuzumi haqida ayrim ijobiy fikrlar aytilgani bilan, uni uluglash ham yo‘q. Cholpon ham barcha qatori davr farzandi edi. Shu ma’noda maqolada u davr farzandi sifatida zamon va adabiyotning o‘zaro munosabatlari haqida mulohaza yuritmoqda. Lekin hozir gap bu haqda emas. ChoMponning maqoladan asosiy maqsadi ham bu emas edi. Uning asosiy maqsadi, o ‘zbek adabiyoti ana shunday murakkab sharoitlarda qanday yo‘ldan borishi kerak, qaysi yo‘lni tutishi kerak degan savolga javob izlamoqdan iborat edi. Lunacharskiyning bevosita ta’sirida yozilgan Cholponning yuqoridagi maqolasida biz xuddi ana shu izlanishlami ko‘ramiz. Sho‘ro va adabiyotning ijtimoiyligi haqidagi ayrim ijobiy fikrlar Cho'lponni aslo sho‘ro maddohiga aylantirib qo`ymaydi. Uning 1920-yildan keyin yozilgan,istiqlol ruhi bilan sug‘orilgan asarlari buning dalilidir. Maqoia zamirida, eng asosiysi, sho'ro hukumati sanoye’ nafisani boshqargani bilan o'zbek adabiyoti o‘zini, o‘zligini yo‘qotmasligi kerak, o ‘z qiyofasini saqlab qolishi kerak, dcgan ruh yotibdi. Maqoia zamiridagi ana shu ruhi bilan qimmatlidir. 4 Cholpon munaqqid sifatida qalam tebratar ekan, sira tor tanqidbozlik yoxud ilmpazlik yo‘lidan bormadi, mayda guruhlar manfaatini ko‘zlamadi, aksincha, hamisha adabiyot va san’atning yirik masalalari haqida fikr yuritdi, maqsadlarini millat madaniy taraqqiyoti uchun kurashga safarbar etdi. ChoMponning hamma maqolalari bir xil saviyada yozilmagan, albatta. Ular ichida bugun uchun ahamiyatini yo‘qotganlari ham bor. Ba’zilari hatto tanqidga ham muhtoj. Lekin Cho‘lponning aksar maqolalari uchun xos bo‘lgan xususiyat shundan iboratki, ularda: 1) o ‘zbek xalqining adabiyoti, madaniyati, san’ati jahondagi ilg‘or xalqlaming arajasiga ko‘tarish uchun kurash yotadi; 2) maqolalar mohiyatini millatparvarlik va badiiy teranlik masalalari tashkil etadi; 3) maqolalarda muallifning shoir qalbi tepib turadi.Cho‘lpon qator maqolalarida o ‘zbek kitobxonini jahon adabiyoti bilan t tanishtirishni ko‘zladi. Hind adibi Tagor, turk shoiri Tavfiq Fikrat haqidagi maqolalar bunga misol bo‘la oladi. Tavfiq yangi yo‘nalishdagi turk she’riyatining asoschisi bo‘lib, ajoyib romantic she’rlarida ma’rifatparvarlik g‘oyalarini, insonparvarlik qarashiarini ilgari surgan edi. Cho‘lpon Sharq mamlakatlarida shuhrat qozongan ana shu Tavfiq Fikrat lirikasining xususiyatlarini ochib beradi. Maqoladan Cho'lponning turk adabiyotini, turk she’riyatini juda chuqur bilgani va unga teran bir nazar bilan qaragani sezilib turadi. Cboipon — teatr tanqidchisi. Cho‘lpon sahna san’ati haqida,sahnalashtirilgan qator asarlar haqida maqolalar, taqrizlar yozib, bu sohada ham o‘zining chuqur bilimi, yuksak didi va teran mahoratini namoyon eta oldi.To‘g‘ri, Cholponning hamma maqola, taqrizlari yuksak saviyada yozilgan deyish qiyin, ular ichida juda tez va yoi-yo‘lakay yozilganlari ham bor. Teatrda adabiy maslahatchi b olib ishlagani bois asarlar muhokamasida og‘zaki aytgan fikrlari, matbuotda maqola tarzida, mulohaza tarzida bosilib ketganlari ham yo‘q emas. Lekin, bundan qat’i nazar, nainki ayrim jiddiy maqola va taqriz, balki hatto ba’zan bir qarashda e ’tiborsizdek, umumiy flkrlardangina iborat boMib ko‘ringan maqola va taqrizlarda uchrovchi ayrim teran va chuqur mulohazalaming o‘ziyoq Cho'lponga 20—30-yillarda endigina shakllanayotgan realistic adabiy tanqidchilikning o ‘ziga xos ijod turi-alohida fan sifatida oyoqqa turishida muhim o‘rin tutgan munaqqid sifatida qarashga to la asos beradi. Cho'lpon tanqidchilikning taqriz, maqola va portrct singari janrlarining yuzaga kelishi, qaror topishida alohida xizmat ko‘rsatdi. Davrning professional tanqidchilaridan qolishmaydigan darajadagi maqola, taqrizlar yozdi. Cho'lpon adabiy tanqidda janriy rang-baranglikka intildi, qarashlarini turli shakllarda namoyon cldi. Bu jihatdan, uning taqriz janridagi jalji-jajji chiqishlari e’tibomi tortadi. Aksariyat taqrizlarini u o‘zbek teatrida sahnalashtirilgan dramatik asarlarga bag‘ishladi. Cho'lpon 20-yillaming boshlarida Fitratning «Chin sevish» va «Abo Muslim* dramalariga taqriz yozdi. Bularda ikki muammo: 1) dramatik asaming badiiy-estetik qimmatini ochish; 2) dramatic asaming sahna asariga aylanish jarayoni tufayli g‘oyaviy-estetik ta’sirning mohiyatini ochish ko‘zga yaqqol tashlanadi. Chunonchi, tanqidchi Fitratning «Chin sevish* dramasi haqida yozar ekan, muallif ijodini baholashda faxru fazl usulidan foydalanib, quyidagi fikrlarni bildirdi: «Yaqinda o‘zbek sahnasi ulug‘ va ulug‘ligi qadar yuksak va go‘zal bir tomosha ko‘rdi. Tanqid va taqriz qilishni men bajara olmayman. Biroq bu to‘g‘rida yozmoqlik menga tushganligidan ko’p huquq bo’lmagan qarashni yozib ketaman»1. U dramaturg sha’niga mubolag‘ali madhiya bitmaydi, lekin asar tomoshabinlar didini o‘stirishi, bu teatrning katta yutug‘i ekanini ta’kidlaydi: «tomoshachi xalqimiz buyuk armonli zarif adabiy asarlarga ham tushunib keladir. Bu o ‘zbek sahnasining zo‘r bingishi, shunday g‘ururlanuv kerak». Cho‘lpon dramadagi obrazlami tahlil qilar ekan, ulaming sahnada ijrosi masalasiga alohida e ’tibor qiladi. Nuriddin rolini Uyg‘ur yaxshi o ‘ynaganini ta ’kidlaydi, lekin so‘nggi parda ruhsiz chiqqanidan achinadi. « o‘zbek sahnasi yoshdir. Uning uchun munday zo’r narsalar balki og‘ir bo lar edi*, — deb yozadi. O‘zbek sahnasida hali yaxshi asarlar qo'yilishiga ishonadi. Fitratning «Hind ixtilolchilari» yozib tugatilganidan xabardorligini ma’lum qilarkan, uni sahnada ko'rishni orzu etadi. «Sahnamiz, jonlana , yuksala...» - deb hayajonini, ishonchini yakunlaydi. Munaqqid Fitratning «Abo Muslims haqida yanada dadilroq fikr yuritadi. «Tomoshabinga aralashguvchi qahramonlaming ko‘pchiligi, ham tarixning eng chuvalgan davridan olinib yoziIg‘oni uchun tomoshaning so‘nggiga uning natijasini to‘la ko‘rsataturg‘on bir ko‘rinush ortdirilgon. Bu ko‘rinush xiyla muvaffaqiyatlik tuzilgan», deb yozadi. Ayni vaqtda asarda Fitratga xos «so‘z ustalig‘i xiyla kuchlik»ligi, bu jih a td an tomosha «katta bir adabiy ahamiyatga molik* ekanini ta ’kidlaydi. Cho‘lpon G‘.Zafariyning «Halima» musiqali dramasini keng tahlil qiladi. 1922- yilda «Namozbozlar hayoti», «Xiyonatkorlar jazosi», «Erxotin», «Arshin mol olon* haqida bir yola to‘rtta maqola yozadi. Shuningdek, o ‘zbek sahnasida qo‘yilgan «Gunoh», «Uzun quloq bobo», «Kovai ohangaron» kabi asarlami ham diqqatdan qochirmadi — ular haqida taqrizlar yozib, yutuq va kamchiliklarini atroflicha baholadi. Bular bari ChoMponning 20-yillarda adabiy va teatr tanqidchiligining faol jonkuyarlaridan biri bo'lgani, zamondosh dramaturglar ijodiga hurmat hamda adolat bilan yondashganini ko'rsatadi. Haqiqiy tanqidchi hech qachon o‘z e’tiqodidan, qarashlaridan qaytmasligi. manfaatbozlikka, noxolislikka berilmasligi, hamisha haqqoniy, halol fikr yuritishi kerak. Cholponning 20-30-yillarda yozilgan aksar maqolalarida shu xususiyatlar xos ekanini ko‘ramiz. Xulosa qilib aytish mumkinki, shoir va adib Cho‘lpon o ‘zbek tanqidchiligida adabiy jarayonning sergak kuzatuvchisi, teran va haqqoniy fikrlaydigan, o 'tk ir muammolarni ko‘tarib chiqadigan munaqqidlardan biri sifatida o‘z o‘miga ega. Uning bu yo'nalishdagi merosi ham asriar osha millat ravnaqiga xizmat qiiaveradi. Muhimi, Cho‘lpon iMustaqillik tufayli Vataniga, xalqiga qaytarildi, bundan buyon doimo xalqi, Vatani bilan birgadir. «Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashm o‘zlikm anglashning o'sishidan, xalqning ma’naviy malanga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz»,1 - degan Prezidentimiz I.A.Karimov fikri Cho‘lponning ijodiy taqdiriga ham daxidordir. Tayanch tushunchalar: «Sadoi Turkiston», Turkiston adabiyoti, Chig‘atoy gurungi, taqriz, adabiy-tanqidiy maqola, maqola-portret, Tavfiq.R Tagor, Abo Muslim, Fitrat, adabiyot yashasa – millat yashaydi, Sharq va G‘arb adabiyoti, yangi adabiyot, teatr tanqidchisi. Download 73.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling