Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


Oybek adabiy-tanqidiy qarashlari. Cho‘lpon va Qodiriy ijodi Oybek talqinida Oybek adabiy-tanqidiy qarashlarining o‘rganilishi


Download 73.4 Kb.
bet6/7
Sana01.03.2023
Hajmi73.4 Kb.
#1242722
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
jadid tanqidchiligi ZSSH (1)

2.2. Oybek adabiy-tanqidiy qarashlari. Cho‘lpon va Qodiriy ijodi Oybek talqinida Oybek adabiy-tanqidiy qarashlarining o‘rganilishi.
«Oybek iste’dodining olmos qirraiaridan bin — uning adabiyotshunoslik va tanqidchilik faoliyatida yarqirab ko‘rinadi»', deb yozadi munaqqid Ozod Sharafiddinov. Oybek o ‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi rivojiga katta hissa qo‘shdi. Shunga qaramay, uning bu yo‘nalishdagi ilmiy faoliyatini o ‘rganish ancha kech boshlandi. Mashhur oybekshunos olimlar H.Yoqubov va M .Q o ‘ s h j o n o v ko‘proq Oybekning badiiy asarlarini tahlil qiluvchi monografik tadqiqotlar yaratdilar. Afsuski, adib ijodining adabiyotshunoslik va tanqidchilikdan iborat o ‘rganishga arzigulik qirrasi atroflicha, chuqur o ‘rganilmay keldi.
Oybekka bag‘ishlangan katta-katta monografik tadqiqotlarda bu masalaga yetarli e ’tibor berilmadi. Ozod Sharaflddinovning «Iste’dod jilolaii» (1967) kitobidagi «So‘z san’atiga fidoyi sadoqat» deb nomlangan bo‘lim Oybek adabiy-tanqidiy qarashlarini o ‘rganishga bag‘ishlangan ilk harakat bo‘ldi. Unda Oybekning Navoiy lirikasiga bag‘ishlangan maqolasi, «Alisher Navoiy» tadqiqoti, «A.Qodiriyning ijodiy yo‘li» risolasi haqida fikr yuritildi. Lekin kichik bir maqola doirasida Oybekning boy ilmiy-tanqidiy merosini tahlil etish mushkul, albatta.
Akademik B.Nazarovning nomzodlik dissertatsiyasi Oybek adabiytanqidiy qarashlarini o ‘rganishga bag‘ishlangan. «Bu sehrli dunyo» (1980) nomli kitobida ham adibning shu yo‘nalishdagi faoliyati yoritildi. Uning «Hayotiylik - bezavol mezon» (1985) kitobidagi «Quyoshdek yashagan ichdagi sevgi» bobi Oybek ijodiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning 7-asosiy qismida Oybek adabiy-tanqidiy qarashlari, ko‘proq 30-yillardagi faoliyati haqida fikr yuritiladi. Ammo ularda sho‘ro davri mafkurasi nuqtayi nazaridan bildirilgan fikrlar ham yo‘q emas. «Oybek ijodiy metodi va badiiy mahorati” deb nomlangan to‘plamda adib ijodining turli qirralari haqidagi maqolalar jamlangan. Unda «Oybekning ilk adabiy-tanqidiy maqolalari” deb atalgan J.Jumaboycvaga mansub ishda Oybekning «Tanqid sohasida savodsizlik va ur-yiqitchilikka q arshi o‘t ochaylik» nomli tadqiqoli batafsil tahlil etiladi. «Sotsialistik lirika uchun» maqolasi o‘sha davr bilan bog‘liq holda yoritiladi.
N.Karimovning «Mashhur kishilar hayoti” turkumidagi «Oybek» essesida buyuk adibning tanqidiy ishlari haqida qisqa fikr bildirib o'tilgan. Mustaqillikning dastlabki yillaridagi ba’zi maqolalarda Oybek ijodining ayrim nuqtalarini biryoqlama baholash tamoyillari ham ko'rinadiki, buni yoqlab bo'lmaydi. To‘g‘ri, Oybekning o‘z adabiytanqidiy maqolalari hamda tanqidiy asarlarida davrning siyosiymafkuraviy ruhini ifodalovchi ayrim qarashlar yo‘q emas. Lekin muallif tabiati emas, zamon bilan izohlanuvchi bu holat adibning ulug‘vor qudrati va shaxsiga soya tashlay olmaydi.Shu ma’noda Oybek adiiy ijodi ham, adabiy-tanqidiy qarashlari ham mustaqillik mafkurasi nuqtayi nazaridan tadqiq etllishi eng to‘g‘riyoidir.
Binobarin, Oybek ilmiy-tanqidiy asarlari silsilasidagi ksar maqolalar, tadqiqotlar «bugun ham adabiy jarayonning jonli ishtirokchisi sifatida yashamoqdalar va yoshlar uchun adabiyotga sadoqatning ajib namunasi bo'lmoqdalar»1. etuk adabiy tanqidchi. Oybek ijodini jo ‘shib, to ‘lib turgan teran dengizga qiyos qiladilar. Bu dengiz doimo to‘liqib, to'lqinlanib, mavjlanib turadi, ular ichida tanqidiy tafakkur to ‘lqinlarining o‘ziga xos o ‘rni bor. 0 ‘zbek tanqidchiligida janriar va uiarning tabiati, mahorat masalalarini o ‘rganishda Oybek ijodining bu qirrasi hali ko‘p xizmat qiladi. Oybek tabiatidagi ilmiy-tanqidiy merosidagi kishini lol qoldiradigan narsa, qiziqish doirasining benihoyat kengligidir.
U faqat o ‘zbek adabiyoti emas, qardosh xalqlar adabiyoti haqida teran maqolalar yozdi. Yozganda ham muammolami chuqur bilim bilan qalamga oldi, har bir masalaning tub mohiyatini yoritdi. Pushkin chenkoga, Muqimiy va Chexovga, antik dunyo adabiyotiga, mumtoz adabiyotga bag‘ishlangan maqolalarida Oybek masalaga qomusiy bilimdoniik bilan yondashdi. U adabiy-tanqidiy qarashlari shakllanishining ilk bosqichidagi «Adabiyot qoidalari», «ChoMpon. Shoirni qanday tekshirish kerak», «Munaqqidning munaqqidiga» singari maqola va taqrizlarida ayrim cheklanishlarga yo‘l qo‘ysa-da, o ‘rganilayotgan masalaning tub mohiyatini yoritish, munaqqidlik faoliyatining bosh a’moli bo‘lib qoldi. Fitratning «Adabiyot qoidalari» risolasiga bag‘ishlangan taqrizida hoziijavoblik bilan ushbu o‘quv qo‘llanmasi zarur ekanligini ta’kidladi va kitob «hoziigi adabiy hayotimizning sust davrida» muhimdir, deb baholadi. Materiallarga yondashuvda sistema mavjud ekanini, qoidalami tushuntirishda hozirgi zamon shoirlari asarlari bilan cheklanmay, salaflarimiz asarlaridan ham misollar tanlanganini ma’qulladi.
Asarning yana bir xususiyati — «adib Fitratning jozibaii, go'zal uslubi» ekanini ta’kidlashdir. Kitobning kamchiliklari ham ko'rsatildi. Fitratning san’atni la’riflashdagi jiddiy nuqsoni «san’at va adabiyotga bu kungi ko‘z bilan (markschilarcha) qaramagan»iikda, marksistcha ijtimoiy tahlil yo‘qligida « deb tanqid qiladi. Eng muhimi, bu fikr taqriz yozilgan davrdagi zamonasozlik ruhini ifodalasa-da, hozirgi mustaqiilik maficurasi Fitratning to‘g‘ri yo'ldan borganligini ko‘rsatadi.Bu Fitratning o‘sha vaqtdayoq mafkura domiga tushmay, umumbashariy mezonlarni asos qilib olganiga yorqin dalildir.Lirikaga bag‘ishlangan maqolasida Oybek yuksak g‘oyaviylikni zamon bilan hamnafaslikda ko‘rib, birmuncha heklanishga y o l qo‘yadi, lekin uning jonli xalq hayoti bilan mustahkam boglanishi zarurligini to ‘g‘ri belgilaydi. Lirika nainki shaxs, xalqning ham fikrtuyg‘ ulari, kechinmalarini emotsional ravishda ifodalashi kerak deb bildi.
Hamid Olimjon, Uyg‘un, H.PoMat she’rlarini tahlil qilganda, tabiiyki, u «sotsialistik lirika»ning muhim xususiyatlarini yangi davr bilan bogMiq holda ochishga intiladiki, bu o‘sha davr taqozosi edi. « S o ‘nggi y illa r o ‘zbek poe z iy a si» maq o lasid a m u a llif shoirlamipoetik mahoratni mukammalroq egallashga chaqirdi. 20-yillar oxirida adabiy tanqid shoir, yozuvchilar ijodiga ehtiyotkorlik bilan yondashishga urinsa-da, zamon munaqqidlarni urto‘ qmoqchilikdan, qo'mondonbozlikdan saqlab qololmadi. «20-yillar oxiri, 30-yillaming boshlarida oyoqqa turib kelayotgan o ‘zbek tanqid chiligida tarafkashlik, subyektivizm avj olgan. «ur to‘qmoqlik» kuchaygan bir payt hisoblanadi»1. Lekin ilg‘or tanqidchilik bunday qiyin sharoitda ham realistik adabiy tanqid tajribalarini o ‘ztashtirishga intildi. Zotan bu sohada tartib o ‘matmay, umuman, adabiyotni rivojlantirish mushkuiligi ma’lum edi.
Oybekning «Tanqid sohasida savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi o 't ochaylik* (1933) maqolasi davming xuddi shu dolzarb talablariga javob sifatida maydonga keldi. Unda tanqiddagi vulgar sotsiologizmning qo‘pol ko‘rinishlari keskin fosh etildi. Naiijada Hamid Olimjon ijodi asossiz hujumlardan asrab qolindi. Maqota adabiyotning, tanqidning to‘g‘ri yo‘ldan borishiga ko‘p jihatdan yordam berdi. Ammo maqola shoirning ko‘proq sotsialistik tuzum bilan bog‘liq she’rlariga diqqatini qaratadiki, buni davr siyosatining ehtiyoji sifatida izohlash mumkin. Oybek badiiy tilga bag‘ishlangan maqolasida o‘zbek adabiy tilining sofligi, aniqligi, chuqur xalqchilligi, ifodaviyligi va yorqinligi uchun kurashdi.
Davr she’riyatidagi til no'noqliklari tanqidchilikda ilk bor shu aqolada ochib tashlandi deyish mumkin. Maqolada Oybekning talabchanligi, xolisligi, o‘g‘riso‘z va odilligi yaqqol namoyon boigan.Oybek maqolalarining ko‘pi 30-yillarda yozilgan, biroq ulami o‘qisangiz kecha yoki bugun yozilgandek taassurot qoldiradi. Ular kuchli shoir ruhi bilan sug‘orilgan.
Bu maqolalardagi umrboqiylikning siri ikki narsada ko'rinadi: 1. Oybek hech vaqt oson va yuzaki yo‘lni tanlamadi, quruq tavsif qilish yoki bayonchilik yo‘lidan yurmadi, uning har bir maqolasi asosida tinimsiz izlanuvchan, shiddatli, xolis tafakkur yotadi. 2. Dcyarli har bir maqolada olim nazari bilan badiiy ijodkor yuragi tutashadi, balqib turadi. Ularda tadqiqotchining sinchkov tafakkurigina emas, san’atkorning qaynoq qalbini ham his qilamiz. Ularda ehtiros kuchJi, yuksak didli kuzatuvchining o'tkir nigohi bor, qaysi ijodkor haqida yozmasin, unga muhabbat va hurmat bilan yondashadi. Cholpon va zamondoshlari ijodi Oybek talqinida. Oybekning 20- yillardagi Cholpon she’riyatiga bag‘ishlangan maqolasini ju r’at va jasorat bilan yozilgan ishlardan bin deyish mumkin.
Cho‘lponni to‘g‘ri tushunishda Oybekning shoir yuragi muhim roi o'ynadi. U Cho‘lpon she’riyatini chuqur tahlil etib, xalq uchun zarurligini, ahamiyatini to‘g‘ri ta'kidladi. Cholpon heYiyati va dramalari o ‘z davridayoqadabiy tanqidda jiddiy munozaralarga sabab bo‘ldi. 1 Do'stqorayev B. Bir munozara tarixidanG‘ G‘ Shara yulduzi. 1989. Uyg‘onish» (1922) to‘plami nashr etilishi bilan Z.Bashir Cho‘lponni «xalq shoiri emas, xalqqa yaqin bo‘lgan ziyolilar shoiridir» degan fikrni aytdi, Ayn (Olim Sharafiddinov) « 0 ‘zbek shoirlari. Cho'lpon» maqolasida shoir ijodini asossiz ravishda qoralab chiqadi: «Cho‘lpon mil latchi, vatanparast, badbin ziyolilar shoiridir», dcya undan-da, oshib tushuvchi salbiy baho berdi. Oradan ikki oy o‘tgach, bu maqolalarga javoban oybekning «Cho'lpon. Shoirni qanday tekshirish kerak?» maqolasi paydo bo'ldi. Maqola Aynning «ijod erkinligini cheklashini, adabiyotni «g‘oyaviylik» botqog‘iga botirib, boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yishini va bora-bora adabiyotning san’atligiga putur yetkazishini» anglagan holda yozilgan qarshi javob edi. Oybekning bu maqolasi umuman o'zbek tanqidi metodologiyasi shakllanishi va to‘g‘ri yo'lini belgilashda o‘z ahamiyatiga ega bolgan maqolalardan biridir. Oybek adabiyot haqida hukmron afkuraqoliplaridan kelib chiqib emas, san’at qonuniyatlari asosida mulohaza yuritishga chaqiradi. ChoMpon ur-kaltak bo'lib turgan zamonda uni himoya qilib chiqishning o ‘zi bir jasorat boisa, hukmron siyosat harakatdagi adabiyotni o‘z izmiga solishni maqsad qilib turgan bir zamonda san’atkor ijodini uning mafkurasiga qarab emas, adabiyotning ichki qonuniyatlaridan kelib chiqib, ya’ni badiiyligiga qarab baho berishi, yana bir kata jasorat edi.
Oybek ruslarning Pushkinni qanchalik sevishini misol qilib keltiradi-da, shu asosda «biz ham Cho'lpondan qo‘l torta olmaymiz», deydi. Negaki, C h o ‘lponning adabiyotdagi xizmatlari katta: «Cho‘lpon yangi adabiyotda yangi narsa yoratdi. Muvashshah adabiyoti o ‘rniga bu kunning badiiy zavqiga yarasha yoqimli (badiiy) go'zal she’rlar o‘rtaga chiqardi. Bu kungi yosh nasl uning sodda tilini, totli uslubini, texnikasini ko‘p sevadi. Undan ko‘p go‘zalliklar oladi», deb yozgan Oybekni o‘sha davrda bu maqolasi uchun noto‘g‘ri ayblaganlar ham bo‘ldi. Ular ichida A.Ikromov ham bor edi. «Munaqqidning munaqqidi» maqolasini yozgan Usmonxon Oybekni biryoqlama tanqid qilib, Cho'lpon !jodida mazmun bilan shakl aloqalarini noto‘g‘ri tushunganlikda aybladi.
Cholponning badiiy shaklidan foydalanamiz degani uchun Oybekni adabiyotga «burjuacha qaraydi»ganlar sirasiga qo‘shdi. Taassufki, shuncha zamonasozligiga qaramay, Usmonxonning o ‘zi ham boshqa iste'dodli ziyolilar kabi o‘sha mafkurani har qancha himoya qilmasin, qatag‘onning qurboni bo‘ldi. Keyingi maqolasida Oybek Usmonxonga javobida badiiy asar rnazmuni bilan shaklini bir-biridan ajratgani «zo‘r xato» ekanini e’tirof etishi, mohiyatan unga siyosat zug‘umi o ‘z ta’sirini o ‘tkazayotganidan bir nishona edi. Lekin bundan q a t’i nazar u «badiiy asar ichiga ko milgan his va fikrlami san’at tilidan sotsiologiya tiliga» ko'chirib tahlil qilish haqidagi e'tiqodiga sodiq qolajagini e ’tirof etdiki, bu uning navbatdagi yana bir ju r’ati cdi. Bu o ’rindagi Oybekning sottsiologiyaga munosabatida, bir jihatdan, unga bu masalada Plcxanov ta’siri sezilib turadi, ikkinchi bir tomondan, bu flkmi, vulgar sotsiologiya asos bo‘lgan ma’noda emas, adabiyotning ijtimoiyot bilan mustahkam aloqasi ma’nosida idrok etish to‘g‘riroq bo ladi. Bu bahs-munozaralardan muayyan xulosalar chiqarish lozim, albatta. «Jumladan, Oybekning maqolalarida shunday o ‘rinlar bor ediki, ular dabiyotshunoslikdagi aqidaparastlik va vulgar sotsiologizmga qarshi kurashda, ijodkorlami behuda kaltaklardan, o ‘rinsiz zug umlardan asrab qolishda durustgina zamin bo‘lishi mumkin edi», deb yozadi Ozod Sharafiddinov.
Ammo mafkura Ayn bilan Usmonxonni himoya qilar edi, shu tariqa o ‘zbekning buyuk shoiri Cho'lpon nohaq qatag‘onga uchradi, Oybek esa tanqid qilindi. Albatta, Ayn, Usmonxon, A.Sa’diy kabilar o‘rtasidagi bahs-munozaralar Oybek ijodi, tanqidchilik mahorati shakflanishiga ma’lum ta ’sirini o ‘tkazmay qolmadi. Bu maqola bilan Oybek adabiyotimiz tarixida bahs intellekti va san’atini chuqur egallagan siymolardan biri sifatida kelajak avlodlarga namuna bo‘lib qoldi: u bahslarda madaniyatli, bosiq, adab lafzini mustahk am tutadigan, mulohazalarida harif hurmatini o ‘rniga qolyadigan ziyolimunaqqid sifatida ko‘rinadi. Oybekning tanqidchilik faoliyatida vorisiylik o‘zga yaqqol ko‘rinadi: u Fitrat,
Cho'lpon, A.Qodiriy, V. Mahmud ijodlarida namoyon bo luvehi estetika, san atkorona talqin va tahlil yo'llarini zukkoiik bilan o‘zlashtirdi. Urush davrida Oybek G‘.G ‘ulom bilan hamkorlikda «Jaloliddin» dramasining ahnalashtirilishi munosabati bilan taqriz yozdi. Linda Vatan farzandlarining erk, mustaqillik, nomus va sharaf uchun olib borgan kurashi yorqin, ma’nodor dramatizm bilan to ‘la hayajonli kartinalarda gavdalanishi ta’kidlanib, mualliflar, bu tarixiy dramaning badiiy qimmatini, zamonaviy va tarbiyaviy ahamiyatini belgilab berdilar. Jaloliddin «o‘z siymosining ma’naviy go‘zalligi bilan tomoshabinni sehrlaydi , u «bahodirljkni o‘tkir aql bilan bezagan ajoyib yigit...».Bu samimiy mulohazalarda asaming zamonaviy ahamiyatidan tashqari uning tarixiy qimmati belgilanayolganini sezish qiyin emas. Bu taqrizni o'qisangiz, uning hamon eskirmaganligini, hozirgi kunga ham mos qarashlarga boyligini ko‘rish mumkin.
Bu Oybekning teran nigohli tanqidchi ekanligidan dalolat beradi. Oybek yosh ijodkorlarga alohida g‘amxo‘rlik bilan qaradi. Buni keyinchalik ustoz darajasiga ko'tarilgan ijodkorlaming o‘zlari e’tirof etadilar. «Oybek domla bilan uchrashuvlarimni hamda kechirgan hayajonlarimni qog‘ozga tushirsam, bir risola bo‘ladi. Domlaga Armaniston*degan she’rimni o ‘qib berganimda «ingichka, ingichka* deb qo‘yganlarini esiayman.... Oybek domla keyingi safar chorlaganlarida qolimga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasiga a’zolikka tavsiya qog‘ozini tutqazdilar»1.Oybek urushdan keyingi yillarda Said Ahmad, Hakim Nazir, Shuhrat kabi adiblami proza daraxtining yosh va umidbaxsh novdalari deb atadi. Shukrulioning yangi she’ri va dostonlarini olqishladi, 60- yillar boshlarida H.Sharipovni xayol dunyosi keng, E.Vohidovni she’rlari hayot bulog‘idan sug‘orilgan shoir deb yozdi. Oybek ulohazalari naqadar to ‘g‘ri bo'lganini hayotning o‘zi tasdiqladi.
Oybek nainki badiiy ijodkorlar, balki adabiyotshunos va tanqidchilaming ishlarini ham muntazam kuzatib boradi. Uning H. Yoqubov, T.Jalolov ishlariga yuqori baho bergani ma’lum. «Qo'qon adabiy muhiti” asari muallifi haqida esa «oltinday asl fikrlari, mulohazalariko‘p» deb yozdi. « 0 ‘zbek tili va adabiyoti» jurnalida bosh muharrir bolgan Oybek bilan uning qo'lida sarkotib bo‘lib ishlagan adabiyotshunos S.Mirvaliyev ustozning har bir maqolaga nihoyatda jiddiy talablar bilan yondashganini hurmat bilan yodga oladi. Oybek ilmiy merosida Mahmud Koshg‘ariydan tortib, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Nosiriddin Rabg‘uziy, Sakkokiy, Lutfiy, Alisher Navoiy asarlarigacha tadqiq etilgan. Boburdan tortib Mashrab, Nodira, Uvaysiy, Muhammad Solih ijodlari haqida fikr yuritilgan. Gulxaniydan tortib, Maxmur, Muqimiy, Furqat, Zavqiy she’riyatigacha baho berilgan. Buni uning « O‘zbek she’riyati antologiyasi”ga yozgan so‘zboshi ko‘rsatib turibdi. Oybekning, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodini o'rganishdagi xizmatlari benihoyadir. Bu borada u, hech mubolag‘asiz.
Sotti Husayndan so‘ng Abdulla Qodiriy
ijodini yaxlit va atroflicha o'rgangan munaqqidlardan bin Oybekdir.
Qodiriy ijodi, ayniqsa, romanlarini baholashda davr bilan izohlanuvchi
qator kamchiliklarga yo‘I qo‘ygan esa-da, «Abdulla Qodiriyning ijodiy
yo‘Ii» nomli Oybck tadqiqoti S.Husayn ishiga nisbatan adib shaxsi
va ijodini o‘rganishda o‘zbek tanqidchiligi oldinga tashlagan qadam
bo ldi. Unda, dunyoqarash, mafkura nuqtayi nazaridan ayrim xato
fikrlar aytilsa-da, Qodiriy mahorati va, umuman, « 0 ‘tkan kunlar*
qimmatiga io*g‘ri baho berildi. Ayni vaqtda, risolada ilgari surilgan
tarixiy roman hamda realistik adabiyot, um uman, obraz va xarakter
haqidagi qator nazariy fikrlar o'zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi ravnaqida muhim o‘rin tutadi.Oybekning «Abdulla Qodiriyning ijodiy yo‘li»> tadqiqotining hozirgi kitobxonlar qo‘Iiga tekkan 9-jild (1964) hamda Mukammal asarlar
kulliyotining 13-jildiga kiritilgan nusxalari uning qisqartirilib, birmuncha qayta ishlangan variantlaridir. Kitobxon va mutaxassislar
uni o'rganishda masalaning shu jiliatlarini e’tiborca olishiari lozim
boMadi.Bugungi tanqidchilik Oybek faoliyatidan ko‘p narsani o'rganishi
mumkin. Chunonchi, Oybekdagi ijodiy dadillik; maqolalarining kuchli
zamonaviy ruh bilan sug‘orilganligi; bilimdonlik, chuqur sinchkovlik;
har bir muammo ustida tinimsiz ijodiy izlanish, fikrlash asosiga qura
bilishini; eng muhimi, maqolalarda tanqidchining sinchkov tafakkurinigina emas, san’atkoming qaynoq qalbining ham tepib turishini;
uning ishlarida adabiyotga, tadqiq ctilayotgan yozuvchiga cheksiz
muhabbat, ulkan hurmatning ufurishini kuzatish va shulardan m a’naviy o‘rnak olish mumkin. «Ehtiros uning maqolalariga emoisionallik
baxsh etadi, shu tufayli ular bugun ham navqiron va samimiy asarlar
sifatida qabul qllinadi»1. Chindan-da, tanqid va adabiyolshunoslik
Oybek uchun o'zining tadqiqotchilik qobiliyatini namoyon qilish
sohasigina emas, balki san’atga, adabiyotga cheksiz m uhabbatini
ifodalash vositasi, xalqqa xizmat qilish quroli ham cdi

XULOSA
Xulosa. Adabiy tanqid tarixining vazifasi uning tarixiy sharoitda o ‘ynagan roli, tutgan o ‘m i, izlanishlari va topilmalarini, jamiyat, shaxs va adibga ko‘rsatgan ta’sirini aniq baholab berishdan iborat. Shundagina adabiy jarayon, uning asosiy tamoyillari, yo'nalish va qonuniyatlari, aniq adibning aniq asari va badiiy mahorati adabiy tanqidning tahlil va tadqiq predmetiga aylangan boMadi. Adabiy tanqidning vazifasi yozuvchi ijodini, badiiy asarlami tahlil etish, shu asosda adabiyot rivojiga turtki boMadigan mummolarni ko‘tarib chiqish, tekshirish, ulam ing estetik mohiyatini ochish, baholash, umumlashtirishdan iborat. Adabiy tanqidning ijtimoiy-axloqiy vazifasi yuksak san’at uchun kurash olib borish va shuning vositasida komil insonni tarbiyalashga xizmat etish zaruratidan kelib chiqadi.
Adabiy tanqidning maqsadi harakatdagi badiiy ijodning rangbarang muammolarini jamiyatning hayoti, uning moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratish o‘lidagi kurash bilan bog‘lab o‘rganish va tushuntirishdan iborat. Zero, Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlaganidek: «Bizning maqsadimiz bir necha avlod mehnati bilan yaratilgan narsalami yo‘qotmaslik, ulaming eng yaxshilarini saqlab qolish, demokratik m e’yorlarga, m illiy manfaatlarimizga, mustaqilligimizga m os kelmaydiganlarini qayta tashkil etishdan, mazkur tuzilmalami yangi mazmunbilan boyitishdan iboratdir Adabiy tanqid san’atkor mahoratining takomillashuviga, kitobxon estetik didining kamol topishiga ko'maklashadi. U estetika an’analanm
rivojlantirish bilan birga g‘oyaviy-badiiy jihatdan benladigan baho
va mezonlarning ham teranlashuviga o ‘z ta'sirini o ‘tkarmog‘i joiz.
Adabiy tanqid ilmiy-estetik tafakkur taraqqiyotida alohida ahamiyatga ega. Shu sababli tanqid tarixini o‘rganish faqat tarixiy-ma’nfiy
jihatdan emas, balki ijtimoiy-estetik jihatdan ham dolzarb ahamiyat
kasb etadi: adabiy-badiiy tanqid tarixi saboqlari san’at va adabiyotning
bugungi hamda ertangi taraqqiyoti, yollari va vazifalarini tayinlashga
yordaberadi.
Adabiy-badiiy tanqidchilik oldida estetika an’analanm nvojlantmsh
vazifalari turadi. Demak, tanqid: I) ijtimoiy hayotda ham; 2) ijodkor
faoiiyatida ham; 3) kitobxon estetik kechinmalarida ham o‘z o‘rniga
ega va ijtimoiy hayotdagi dolzarb masalalar; b) ijodkor
dunyoqarashi va mahoratini; d) kitobxonning estetik talab va badiiy
ehtiyojlarini inobatga olgan holda san'atning o'z-o'z tanglash shakli
sifatida ko‘rinadi, muayyan davr, xalq va millat estetik tafakkurining
um um iy va ichki rivojlanish qonuniyatlarini oydinlashtiradi. Zero,
Belinskiy ta ’kidiaganidek «adabiyotning vazifasi tanqidning vazifasidir”.
Adabiy tanqid jiddiy faoliyatdir. Tanqidchi qaysi asar haqida so‘z
yuritm asin, mulohazalarni oshkora aytsa, xulosaiar salmog‘i,
yo‘nalishm kimningdir ko'ngli, istagi. amali va martabasiga
moslamasa, asami xolis ilmiy-estetik tahlildan otkazsa - adabiyoï
ravnaqida qanday mavqe cgallay olishini to ‘g‘ri belgilasa, o‘zi va
tanqidchüikning jamivatdagi o‘rni, hurrnatini saqlagan bo'ladi. Aks
hoida buning teskarisi ro’y berishi tabiiydir.
Xullas adabiy jaruyonda, yozuvchilar faoliyatida qanday ijobiy
yoki salbiy, murakkab yoxud ziddiyatli hodisa ro‘y bermasin ~
barchasini, asosan, so‘z san’ati. badiiylik talablarining ichki qonuniyatlariga binoan yoritilishi zarur. Shundagina tanqidchi adabiy tanqid
mohiyatini to'g‘ri anglagan bo'ladi, to‘g‘ri umumlashma va xulosaiar
chiqaradi, o'zining va yozuvchilar bilan munosib saviyada bahslaiha
olish qiyofasini namoyon etadi. Bunday iste’dod sohibi o‘z usluhi,
salmoqli ükr-o‘yi. mulohazasi. hatto ohang va shakl-shamoyili bilan
alohida ajralib turadigan maqolalar, taqrizlar, tadqiqotlar yaratib.
faqat adabiy jarayongina emas, hayotni ham turfa ziddivaîiar va
go‘zalliklar garmoniyasida gavdalantiradigan olam ichidagi iimiy-estetik
olamni kashf etadi, so‘z san’ati haqidagi fanning chinakam zahmatkashi sifatida obro‘-e'tibor qozonadi.


Download 73.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling