Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


Download 94.95 Kb.
bet3/7
Sana02.02.2023
Hajmi94.95 Kb.
#1146741
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Фотима

Ishning maqsadi. Anbar Otin ijodini o‘rganishning asosiy maqsadi shundaki, adabiyotimiz tarixida ilk bor falsafiy-publitsistik yo‘nalishda yaratilgan “Risolai falsafai siyohon” (“Qarolar falsafasi risolasi”) nomi bilan saqlanib qolgan asar orqali Anbar otinning dunyoqarashi va tasavvuri haqidagi boy ma’lumotlarni o‘rganish.Asarlaridagi ayollar , ularning ijtimoiy- ma’naviy hayotdagi o‘rni va ahamiyati haqidagi kuzatishlari va badiiy-estetik dolzarbligini yuzagaga chiqarishdan iborat
Kurs ishining vazifalari. Anbar Otin ijodini o‘rganishda;
-Anbar Otin ijodining g‘oyaviy-estetik asoslarini o‘rganish
-Anbar Otin g‘azallaridagi o‘sha davr ijtimoiy hayoti va bu hayot zaminida mumtoz adabiyotda yaratgan yangi motivlarni o‘rganish va tahlil qilish
-Mumtoz asarlar orqali sharq ayollaring ruhiyati, ichki kechinmalarini o‘rganish

I-BOB. ANBAR OTIN IJODIYOTIDA XALQ TURMUSH TARZI VA SHARQ AYOLLARI MASALASI

1.1. O‘zbek adabiyotshunosligida Anbar Otin Ijodining o‘rganishi.


Nomi adabiyotimizga 60-yillarning boshlarida ma’lum bo‘la boshlagan iqtidorli shoiralardan biri Anbar Otindir. Anbar Otin adabiyotning yosh vakillaridan biridir. U o‘z ijodiy faoliyatida Muqumiy boshchilik qilgan yo‘lni haroratli va sabotli davom ettirdi. Anbar Otin 1905-yildan keyingi yangi tarixiy sharoitda adabiyotimizni yuqori taraqqiyot bosqichiga ko‘tarishda o`zining ajoyib, noyob asarlari bilan faol ishtirok etgan , o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyondalaridan biridir. Anbar Otin 1870-yilda Qo‘qonda kambag‘al hunarmand (kosib) oilasida dunyoga keldi. Anbarning otasi Farmonqul asli marg‘ilonlik bo`lib, shoira Uvaysiyning nabirasidir. Shoirasing onasi Ashurbibi Qo‘qonlik Abdulg‘ani ismli kosibning qizi bo‘lgan. Farmonqul, taxminan, 1856-1866 yillarda tirikchilik taqazosi bilan Marg‘ilondan Qo‘qonga kelib qolgan shu yerda uy-joy qilib, turg`un bo`lib qolgan4. Anbar Otin o`zining tarjimai holida ijtimoiy ahvoli, ota-onalaring kasbi kori haqida quyidagilarni yozadi:
Otam – Farmonquli Marg‘iloniy,
Onam – Ashurbibi Qo‘qoniy
Ular bo‘zchi, aniqrog‘i, belbog‘chilik bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Oila juda kambag‘al yashagan:
Alar belboqchi – bo‘zchi erdi kasbi,
Hamisha makkayidan erdi noni,
Ki ,,Bo‘zchi yolchimas belboqqa” doim,
Yana juft bo‘lmas erdi bir choponi.
Anbar Otin oilada bosh farzand edi. Uning ma‘naviy hayotida chuqur iz qoldirgan bu maktabda o‘z zamonasining peshqadam ayollaridan biri bo'lgan shoira Dilshod otin o‘qituvchilik qilar edi. Dilshod otin o‘z qo‘lida tarbiyalanayotgan qizlarga mehribon va g‘amxo‘r bo'lib, xususan Anbar otinga alohida muhabbat qo‘ygan edi. Dilshod otin o‘zining ,,Tarixi muhojiron" (Muhojirlar tarixi) nomli asarida o‘z maktabi, unda o‘qiyotgan qizlar, Bahri otin To‘ti qiz kabi shoira bo'lib yetishayotgan talantlar haqida so‘zlar ekan, Anbar otin nomini alohida diqqat va e‘tibor bilan tilga oladi va uning porloq istiqbolidan shunday darak beradi:
Anbar Otin bug‘doy rang , sunbul sochli, oxur ko‘z, oy yuzli, axloqi xamida va odobi posandida sohibidur. Bu sakkiz yashar qizcha yoshligiga qaramay hazrati Navoiy nazmiyotlarini o‘rganishga behad qiziqadi. Bu ojiza sakkizdan o‘n to‘rt yoshqacha adab ta‘limiga mashg‘ul bo‘ldi. Umidim borki, bu qizcha katta shoira bo‘lg‘usi’’5. Haqiqat hol Dilshod otin umid qilganidek bo'lib chiqdi. Anbar otin yosh chog‘laridanoq iste'dodli shoira bo‘lib yetishdi. Zamonasing fojealari tufayli ota- onasining ajralib ketishi natijasida Anbaroy maktabdan ketishga majbur bo‘ladi. O‘zi mustaqil mutolaa qila boshlaydi. Dilshod otin uning mashqi nazmidan xabardor bo‘lib turadi. 14 yoshlarida Anbaroyni O‘ratepalik Zohidxoja ismli kambag‘al nonvoy yigitga uzatishadi. Zohidxoja ham she‘riyat muxlislaridan edi. U klassik shoirlarimizning g‘azallarini yaqinlar davrasida xush ovoz bilan o‘qib yurar edi. Zohidxo‘ja o‘z davrining taniqli shoirlaridan bo‘lgan Nairiy, Rojiy, xuqanliylar bilan yaqin oshno bo‘lgan. Shoiraning nabirasi Yusuf Akbarovning aytishicha Zohidxo‘ja Muqimiy, Furqat, Zavqiylar bilan ham aloqada bo‘lgan. Anbar otin o‘tkir aqli, qobiliyati bilan mahalla ayollari orasida hurmat qozongan. Xalq hurmat qilib shoirlarni Anbar otin, otincha deb ataganlar. Shoira ham xalq qo‘ygan bu nomlardan mamnun bo‘lib, she‘rlariga Anbar otin deb imzo qo‘ya boshlagan. Shoira g‘azallari mahalla ayollariga juda maqbul edi, chunki ularda shu mushtipar ayollarning ayanchli taqdiri , orzu-istaklari, baxtsiz sevgilari kuylanar edi. Bu g‘azallar ularning dilidagi yashirin xislaring ifodasi wdi. Bu nochor ayollar hayotidan she‘r yozib, ularga hamdart bo‘luvchi dono ayol, albatta , boy xotinlarga yoqmas edi. Anbar otin ham bu befahm, bekorchilik va g‘iybatni kasb qilib olgan boy xotinlarni pisand qilmagan, ba‘zida ularning yurish-turishlaring xajv qilib asarlar yozgan. Shoiraning bunday she‘rlari raqibalarining yanada g‘azabini qo‘zg‘atadi. Ular shoiradan o‘ch olish payiga tushadilar. Kunlarning birida uni atayin Omil mingboshining uyida bo‘lgan ziyofatga chaqirtirib, keltirib , kaltaklaydilar, balanf zinadan itarib yuboradilar. Shoiraning ikki oyog‘i sinib, keyinchalik shol bo‘lib qoladi. Anbar otinni uzoq vaqt tabiblarga qaratishganu, ammo bu foyda bermagan. Shoiraning iltimosiga kora rus shifokorni chaqirtirishgan. Uning muolajasi natijasida shoira birmuncha vaqt qo‘ltiqtayoq bilan yuradigan bo‘lib qolgan. Shifokorning harakatlariga qaramay muolaja uncha foyda bermaydi. Chunki vaqt o‘tgan edi. O‘z davrining taraqqiyparvar ilg‘or kishilardan biri bo‘lgan rus shifokori shoiraning og‘ir ahvolini ko‘rib qattiq achinadi. qo‘lidan kelganicha uning ahvolini yengillashtirishga, ruhini ko‘tarishga harakat qiladi. Anbar otin oldiga tez-tez kelib ijtimoiy jhayotda bo‘layotgan yangiliklar haqida so‘zlab bergan. Adibaning tashqi muhit bilan tanishtirishda rus dugonalari- Ekaterina, Klava ham yordam berishgan, hayotining so‘nggi kunlarigacha u bilan do‘st bo‘lishgan. Rus dugonalaridan ko‘p narsalaridan ko‘p narsani o‘rganganini Anbar otinning o‘zi ham qator she’rlarida chuqur minnatdorchilik bilan tilga olgan. Anbar otin olti yildan ortiqroq qattiq jismoniy azob chekib yotadi, ammo tushkunlikka tushmaydi. Jismoniy azob uning ruhini, hayotga bo‘lgan ishonch va muhabbatini so‘ndirolmaydi. Shoira o‘zining og‘ir dard alamiga qaramay, ko‘proq el va yurt holiga qayg‘uradi va bu tuyg‘ularni kuchi yetganicha she’rlarida ifodalaydi. Davrning ko‘p jafolarini tortgan shoira ancha yosh vafot etgan va Qo‘qondagi Xo‘jandboshi qabristoniga dafn qilingan. Adibaning vafot yili, afsuski, hali to‘liq aniqlanmagan. Anbar otin umrining oxirlarida tuzgan avtograf devoni bizgacha yetib kelgan. Uning kirish qismida avtobiografik ma’lumot berilgan. Devonda 41 g‘azal, 4 muhammas, 1 qit’a, 1 mustahzod va devon oxirida she’riy tarjimai hol bor. Devonning umumiy hajmi 685 misra. Shoira devonga ko‘proq sog‘ligini yo‘qotgandan keyingi yozgan asarlarini to‘plagan. Buni she’rlarining mazmuni, shuningdek, shoiraning devon so‘zboshisida bergan ma’lumoti ham tasdiqlaydi. Shoiraning ijtimoiy-siyosiy mazmundagi “Qarolar falsafasi” nomli risolasi ham topildi6. Asar oddiy Qo‘qon qog‘oziga yozilgan., hajmi 43 bet. Risolada shoira mushohadalarining badiiy ifodasi sifatida 9ta she’r berilgan. 1966yil O‘ratepalik she‘riyat muhlisi G‘ofur Xusanov vositasuda Leninabotdan yana bir kichik to‘plamchasi topildo. She’rlar xuruji xijo uslubida, ya’no har bir arab alifbosidagi harflarga bir she’r bag‘ishlangan. Shuningdek, keying yillarda shoira merosidan bir qator she’rlar ham topilgan. Xozirchalik bizga shoiraning 90ga yaqin she’ri va Qarolar falsafasi risolasi ma’lum. Ishonchimiz komilki, bu adibaning ijodiy merosidan bir qismi xolos. Anbar otin dilshod otin ustozligida ijodga qadam qo‘yar ekan , avvalo, Hofiz, Navoiy, Fuzuliy kabi sharq adabiyotining ulug‘ siymolari ijodini qunt bilam o‘rgandi. Shoira asarlarini sinchiklab o‘rganar ekanmiz, uning ayniqsa Alisher Navoiy v momosi Uvaysiy ijodini zo‘r etiqot bilan o‘rganadi. U Navoiyning inson va hayotga muhabbat bilan to‘liq she’riyatidan ma’naviy ozuqa olgan. Bu haqida Shoiraning o‘z she’rlarida shunday yozadi:
Agar ustodi avval istasang, Anbar otin,
San Navoiy ta’limini doim mutolaa qil.
Anbar otin iste’dodining o‘zga xos jihati shunda ediki, u chuqur mazmundor, xalqchil lirik she’rlar bilan birga o‘tkir satirik asarlar ham yozar edi. Ma’lumotlarga qaraganda Anbar otin o‘rtatepalik Zohidxo‘ja ismli kishiga turmushga chiqqan. Zohidxo‘ja o‘z zamonasining Nairiy, Rojiy, Mirza, Furqat, Ho‘qandiy kabi shoirlar bilan do'stona aloqada bo'lgan. Muqumiy, Furqat, Zavqiylarni ham tanigan, ularga ixlosmand bo‘lgan, zamonasining ilg'or tushunchali kishilaridan biridir. Bu misralardan ko‘rinib turadiki, Anbar otinning ikki o‘g‘li, ikki qizi bo‘lgan7. Qizlaridan biri Ominaxon shoira hayot vaqtidayoq vafot etgan. Bu misralardan yana shu narsa ma'lum bo‘ladiki, shoira qandaydir g‘ariblik, dardmandlik natijasida yotib qolgan va uning bu musibatli kunlarida dardiga mehribon qizi-Bibixon yaragan. Joniga rohat baxsh etib, darsiga orom bergan. Shoiraning bu o‘rinda, shuningdek, boshqa she‘rlarida ham tez-tez tilga olinadigan bu og‘ir musibatga bois bo‘lgan dard nimadan iborat edi? To‘g‘ri so‘z, jasur tabiat xajvgo‘y shoira asarlarining o‘tkir tig‘iga duch kelgan uning dushmanlari ko'p edi. Shoiraning payiga tuahgan, qulay fursatni poylab yurgan uning g‘animlari bir o‘tirishda ataylab janjal chiqarib, to‘palon ko‘raradilar, shu tala-to‘pda shoiraga xujum boshlab, uni baland zinadan itarib yuboradilar. Behosdan yiqilgan shoiraning oyog‘i shikastlanadi va yotib qoladi. Oldin arzimas bo‘lgan Anbar Otinning ijodiy merosi deyarli sheriy asarlardan iborat. Uning o‘z qo‘li bilan yozgan devoni saqlab qolingan. Bu devon shoiraning og‘li Usmonxoja Zohidov tomonidan Qoqon adabiyot muzeyiga taqdim etilgan. Devonning hajmi 685 misra bo‘lib, unga kirgan she’rlarni shoira asosan hayotining keyingi yillarida yaratgan bo‘lishi kerak, degan taxminlar bor. Yuqorida etirof etganimizdek, 60-yillarda shoiraning farzandlari va boshqa ularga yaqin bolgan kishilar tomonidan bir necha she’rlari, alohida she’riy to‘plami taqdim etildi. To‘plam “hurufi hijo” tarzidagi asarlardan iborat, yani shoira ularni yakka baytlar deb aytadiki, bunda arab harflarining har biriga alohida kichik she’rlar bitilgan.nbar Otinning ijodiy merosi deyarli sheriy asarlardan iborat. Uning oz qoli bilan yozgan devoni saqlab qolingan. Bu devon shoiraning ogli Usmonxoja Zohidov tomonidan Qo‘qon adabiyot muzeyiga taqdim etilgan. Devonning hajmi 685 misra bolib, unga kirgan she’rlarni shoira asosan hayotining keyingi yillarida yaratgan bo‘lishi kerak, degan taxminlar bor. Yuqorida e’tirof etganimizdek, 60-yillarda shoiraning farzandlari va boshqa ularga yaqin bolgan kishilar tomonidan bir necha sherlari, alohida she’riy toplami taqdim etildi. Toplam “hurufi hijo” tarzidagi asarlardan iborat, yani shoira ularni yakka baytlar deb aytadiki, bunda arab harflarining har biriga alohida kichik she’rlar bitilgan.lib ko‘ringan kichik dard keyinchalik ulg‘ayib ketadi, shoiraning ikki oyog'ini butunlay ishdan chiqaradi. Shunday qilib, butunlay shol bo‘lib qolgan shoira umrbot harakatdan mahrum bo'lib, qolgan hayotini "dardmanlik" yostig'iga bosh qo‘yib o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Uzoq davom etgan bu voqea(bu voqea XX asrning boshlarida ro‘y bergan) va fojeona tus olib ketganbu "dardmanlik" davrida shoirani rus shifokorlarlar boqqanlar8. Shifokorlar muolajasi Anbar otin dardiga shifo bo'lib, uni o‘rnidan turg‘azib yubora olmagan bo‘lsa-da, lekin ular shoiraga behad qimmatli ma‘naviy ozuqa berganlar, ruhan tetik, bardam yashashiga darmon bo‘lib turganlar. Qo‘qonda yadhab, mahalliy xalq o'rtasida ilg'or g'oyalarni tarqatishda katta ishlar qilayotgan bu rus ziyolilari nomini Anbar otin bir necha she‘rlarida, shuningdek, o‘zining falsafiy risolasi " Falsafai siyohon" asarida zo‘r hurmat va muhabbat bilan tilga oladi. Anbar otin umrining so`ngi daqiqalarigacha yozishdan to‘xtamadi. To‘shakka mixlangan shoira uchun ijod etish hayotiy zarurat bo‘lib qolgan edi. U faqat she‘r yozish imkoniyatigagina ega bo‘lib, butun o‘y- tuyg'ularini bayon qilib she‘r to‘qishdan, oliyjanob umidlarini, yaxshi niyatlarini avlodlarga qoldirishdan tasalli olar edi. Anbar otinning necha yoshda, qachon vafot etgani haqida ma‘lumot yo‘q. Uning " Falsafai siyohon" asari 1910-yilda yozilgan. Boshqa she‘rlarida ifoda qilgan mazmunga qaraganda, u birinchi jahon urushi davrida hayot edi, ijod etardi. Lekin bu ziyrak va zamonaviy shoira asarlarida tinchlik, hurriyat bo'lganligi topg‘risida gap uchramaydiki, bundan shoiraning 1918-yil voqealarigacha yetib kelmagan, orziqib kutilgan ozodlik kunlarini ko'rmagan degan xulosaga kelish mumkin. Anbar otin ijodiy merosi to‘liq to‘plangan emas. Undan kichik hajmdagi lirik she‘rlarni o‘z ichiga olgan devon yoji majmua etib kelgan. Majmuada to‘qsonga yaqin lirik she’rlar bor. Bundan tashqari 1966-yilda o‘rtatepalik she‘riyat muhlisi Gafur Xasanova yordamida Leninobodda shoiraning yana bir kichik she'riy to'plami topildi. Bu to‘plamga shoiraning ikki, to‘rt sakkiz ba‘zan sakkiz misradan iborat bo‘lgan qit‘alari kiritilgan. Ularni shoira yakka baytlar deb ataydi va to‘plamda arab alifbosi tartibida joylashtiradi. Ayol ijodkorlar orasida Anbar Otin Nodiradan keyingi davrning yorqin adabiy siymosidir. Uning asarlarida milliy ongni uyg`otish, jamiyatni taraqqiyotga undash, o‘z xalqini boshqa xalqlar bilan solishtirgan holda ilg‘or davlatlarga tenglashishga davat g‘oyalari yoniq so‘z bilan tashviq qilingan. Anbar Otinning hayoti va ijodiga bolgan e’tibor o‘zbek adabiyotida 1960 yillardan boshlandi. Shoira ijodiyotini o‘rganish, to‘plash, nashr etish ishlari bilan professor A.Qayumov va F.Husainovalar shugullanganlar. Ularning sayi harakatlari bilan 1963 yilda shoira she’rlari topildi va majmua holiga keltirilib, “Anbar Otin. Sherlar” nomi bilan chop etildi9. Shoira ijodini ommalashtirish maqsadida ushbu tadqiqotchilarning 1964 yilda shoira hayoti va ijodini yorituvchi “Demokrat shoira Anbar Otin” nomli risolasi bosilib chiqdi. 1970 yili shoira asarlarining to‘ldirilgan nashri chop etildi. Adabiyotshunosligimizda shoira ijodi boyicha izlanishlar izchil amalga oshirildi. 1966 yilda arab alifbosiga bagishlangan “Yakka baytlar”i topildi. 1977 yilda esa adabiyotshunos M.Qodirova uning 17 she`rini o‘zbekcha tarjimasi bilan nashr ettiradi. 1991 yilda A.Jalolov “XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiyoti” nomli kitobida Anbar Otin ijodining tahliliga keng o‘rin ajratdi. 1966 yili arab alifbosi harflariga bag`ishlangan “Yakka baytlar”i topildi. Nihoyat, u o‘zbek va tojik tillarida birday ijod qila olgan shoiradir. 1977 yili adabiyotshunos M. Qodirova uning 17 she`rini o‘zbekcha tarjimasi bilan nashr etgan edi. Shoira she’rlarida ijtimoiy-siyosiy mazmun kuchli. Uning uchun adolatsizlik konkret tushuncha. U buni, avvalo, jannatday yurtning o‘z egalari xor bolib, kelgindilar tasarruf etayotganligida ko‘radi. Shu sababli yurtdoshlariga murojaat qilib, uni ozod va obod etmoqqa chaqiradi. U yozadi:
Ey go‘zal Fargona, o‘zingni kel emdi, shod qil,
Har g‘azalni boshida, sen, o‘z otingni yod qil,
Qaydi bandni pora aylab, o‘zlugung ozod qil,
Qaygulik qunlarni kuydur, barchasin barbod qil,
Emdi Turkistonda haqgo‘ylik ila faryod qil.
Bog‘laring pajmurda bo‘ldi zog‘larning poyidin,
Ko‘kraging sadpora bo‘ldi daydilarning yoyidin,
Qatra-qatra qon tomodur oq teshkon joyidin,
Qip-qizil qonlar oqodur jabr ko‘rgon soyidin,
O‘z qo‘ling birla bu yurtingni o‘zing obod qil. Anbar otinning ijodiy merosi deyarli sheriy asarlardan iborat. Uning oz qoli bilan yozgan devoni saqlab qolingan. Bu devon shoiraning ogli Usmonxoja Zohidov tomonidan Qoqon adabiyot muzeyiga taqdim etilgan. Devonning hajmi 685 misra bo‘lib, unga kirgan sherlarni shoira asosan hayotining keyingi yillarida yaratgan bolishi kerak, degan taxminlar bor10. Yuqorida etirof etganimizdek, 60-yillarda shoiraning farzandlari va boshqa ularga yaqin bo‘lgan kishilar tomonidan bir necha sherlari, alohida sheriy toplami taqdim etildi. Toplam “hurufi hijo” tarzidagi asarlardan iborat, yani shoira ularni yakka baytlar deb aytadiki, bunda arab harflarining har biriga alohida kichik she’rlar bitilgan.


Download 94.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling