Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti
Anbar Otin g‘azallaring umumiy mohiyati
Download 94.95 Kb.
|
Фотима
II BOB. ANBAR OTIN G‘AZALLARIDA BIR-BIRIGA QARAMA-QARSHI MOTIVLARNING QO‘LLANISHI 2.1 Anbar Otin g‘azallaring umumiy mohiyati.Mustaqillik yillarida XX asr o‘zbek mumtoz shoiralari ijodini o‘rganish yuzasidan bir qancha tadqiqotlar olib borildi. XX asr o‘zbek mumtoz shoiralari ijodida mavjud davr muammolarining yoritilishi masalasi bugungi kun tarix fani oldida turgan dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Chunki, soxta tarix talqini natijasida ular ijodining mohiyati to‘la anglab yetilmagan hamda tahlil etilmagan. Masalan rus tarixchilari (Сергей Глущенко) shoro davri adabiyotlarida jumladan, ayrim rus tadqiqotchilar asarlarida Rossiya imperiyasi bosqiniga bevosita xonliklar ham sababchi bo‘lganligi, jumladan Qo‘qon xoni Amir Umarxonning rafiqasi Nodiraning xonliklar tazyiqidan xavfsirab imperiya hukumatiga maktub bilan murojati qilganligi va bevosita bildirilgan taklifi hamda mavjud davr muammolari yoritilgan asar hamda g‘azallari asnosida Qoqon xonligi mustamlaka qilinganligi haqidagi faktlar uchrab turadi. Ammo masalaning tub mohiyatini ochib bergan Nodira g‘azallari hamda Anbar Otinning “Qoralar” tola ochib beradi. Maqolaning ilmiy ahamiyati ushbu asarlarning mantiqiy tahlili, hamda mavjud davr muammolari XX asr o‘zbek mumtoz shoiralari ijtimoiy- falsafiy qarashlari o‘rganilganligidadi18r. XX asr o‘zbek mumtoz shoiralari ijodidagi ijtimoiy- falsafiy qarashlar ayniqsa, asrimizning boshlarida yurtimiz tarixchilari orasida keng mushohadaga sabab boldi19. Masalan, A. Qayumov o‘zining ,,Qo‘qon adabiy muhiti” asarida Nodiraning ilm m’arifat rahnamosi sifatidagi o‘rni hamda, siyosiy hayotdagi faoliyatiga alohida to‘xtalib otib, Nodiraning yuqoridagi zikr etilgan faoliyatini quyidagicha izohlaydi. Uning fikricha bir tomondan Buxoro amirligi, bir tomondan Xiva xonligi tazyiq bilan kirib kelgan paytda najotni chetdan kutgan ojizaning maqsadi xalqni ma’rifatli korish ilinjida bo‘lganligi bilan izohlagan. Nodira saroyda yashasa ham, oʻzini maʼnaviy jihatdan baxtiyor hisoblay olmas edi. Shuning uchun ham u gʻazallaridan birida: "Meni saltanat masnadida koʻrib, gumon etmang ayshu farogat bilan", deydi. Nodira ayollar huquqini himoya qilishga intilgan va adolat hamda insoniylikka chaqirgan. U “yori befarq, baxt o‘zgaruvchan, nolalar javobsiz” bo‘lgan davrlarni yomon ko‘rgan. Nodiraning g‘azallarida do‘stlik, sadoqat va vafo timsollari aks etgan. Nodira “sevgini totmagan - inson emas”, deya ta’kidlaydi. O‘z devonini “Sevgi ko‘zgusi” deb nomlab, “Baxtnoma”sida “sevishganlar yuragi Yaratganning asl mohiyati bilan kelishsalargina oydinlashadi”, deb yozgan. Umuman olganda, XVII- XVIII asrlar o‘zbek adabiyotida yangi davr boshlandi. Xonliklar davri ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy hayoti natijasida yuzaga kelgan adabiy muhit ozbek mumtoz shoiralarning ijodida yangi ijtimoiy- siyosiy qarashlarning paydo bolishiga sabab boldi. Bu davr mumtoz shoiralarning ijodi tarixchilardan farqli holda ijtimoiy- siyosiy muammolarni falsafiy qarashlar asosida boyitilganini korishimiz mumkin. XVIII asr mumtoz shoiralaridan Anbar otin ana shunday ijtimoiy- siyosiy muammolarni ,,Qоrаlar falsafasi” falsafiy qarashlar asosida yoritgan. Asarning nomlanishini avom xalqqa nisbatan ya’ni ,,qora- xalq” manosida qollanilganligi bilan izohlash mumkin. Shu orinda aytish joizki, ushbu davr tarixini yorituvchi manbalarnishartli ravishda ikki turkumga ajratish mumkin. Bir guruh saroy tarixchilari xonliklar davri ijobiy jihatlari hamda xonlar siyosati hamda shaxsiyatini uluglab yozgan bolsa, ayrim yozuvchilar mavjud davrning qora nuqtalarini o‘z falsafiy qarashlari bilan asarlarda yoritganlar. Bu borada o‘zbek mumtoz shoiralari ijodini kuzatish maqsadga muvofiq. Aynan ushbu mumtoz adabiyot vakillaridan Anbar otin ijtimoiy-falsafiy qarashlariga murojaat qiladigan bo‘lsak, ushbu davr tarixini haqqoniy yoritgan bo‘lamiz. Anbar Otin she’rlari aksariyat ijtimoiy mavzuda. Zamona adolatsizligidan, mehnatchi xalq og‘ir ahvolidan so‘z ochadi, ma’rifatni ulug‘laydi. Jahon-og‘uga kelgan Anbar otinman, G‘amu qayg’uga kelgan Anbar otinman. Yamon soatda keldim man jahongini Jodug‘a kelgan Anbar otinman. Adab ahli oyoq ostida xordur, Chunin yog‘dug‘a kelgan Anbar otinman. “Qоrаlar falsafasi” asari asosan bir - birining ziddi bo‘lmish ikki muammo - ijtimoiy adolat va ijtimoiy zulm tushunchalariga bag‘ishlangan. Risola ko’p o’rinlarda falsafiy - majoziy talqinlardan iborat Chunonchi, risola davomida ayniqsa, uning birinchi faslida qora va oq ranglarning majoziy hamda botiniy mohiyati o‘ziga xos tarzda ifodalanadi. Qora mehnati tufayli dunyoni yashnatayotgan insonlar qalbining oqligi, oq tana - yu oq bilak kimsalar qilayotgan ishlarning qoraligi ta’kidlanadi va ular shu orqali axloqiy mazmun kasb etadi. Anbar otin shunday deb yozadi: “Ul qaro xalq oftob so’zanida mehnat qilib, o‘zlari har qancha kuyganlari holda, xosillarini hamtovoqlariga tuhfa qilurlar. Misol andoqdurki, qazon bovujud qoradur, o‘zi o‘tda kuyib qaro bo‘lg‘oni holda ovqat pishurib odamlarni to‘ydirur. Risolaning ikkinchi faslida Anbar otin o‘sha davrdagi ayollar ahvolini, ularning bevosita va bilvosita ijtimoiy kamsitishlar natijasida o‘z iqtidori, iste’dodi, latofatini namoyon qila olmasliklarini aytib o‘tadi. Ular, hatto, ko‘cha - ko‘ylarga zarurat yuzasidan, masalan, qarindosh - urug’larini ko’rgani borish uchun chiqqanlarida, eski paranjiga o‘ranib, kampirlar kabi bukchayib yuradilar. Chunki agar qaddi qomatini adl tutib, yoki ochilib - sochilib yursalar, unlarga erkaklar tajovuz qilishlari mumkin20. Bunday axloqsizlikning ildizi ijtimoiy adolatsizlikka borib taqaladi: kambag‘alligi tufayli uylanish, oila boshlig‘i bo’lish huquqidan mahrum bo’lgan bunday erkaklar shayton vasvasasiga tushib, shahvoniy nafslarini tiyolmay qoladilar. Lekin taraqqiyparvar shoira kelajakka katta ishonch bilan qaraydi: bu ijtimoiy axloqiy illatlar albatta o‘tib ketadi, hurlik, tenglik zamonlari keladi. Mana bu haqda Anbar otinning o‘zi nima deydi: «Bir zamoni bo’lurki, kamina mushtipar kabi olijanob orzu qilg‘ondan ziyoda bo‘lur... alarni mazlumalar avlodi xatarsiz tavallud o‘lib, yaxshi parvarish topub, hushro’y va hushho‘y, botamiz va vatando‘st, serg‘ayratu mehmondo‘st bo‘lub, kamolg‘a etar. Ul zamonda barcha xalq sohibjamol bo‘lur... Anbar otin adolatli podsho muammosiga a’lohida to‘xtalib, o‘sha davr uchun nihoyatda original, kutilmagan va hozirgi zamonda ham ahamiyatini yo’qotmagan fikrlarni bildiradi. Ba’zi bir ruslar hukmronligini oqlaganlarga qarshi shunday deydi: «Agar o‘rus shohi darhaqiqat odil bo‘lsa, va aning xohishi qaram xalqlar ham o‘rus misoli ozod bo‘lsun va barcha haloyiq o‘rus birla barobar bo‘lub ro‘zg‘or kechirsun desa, amorat va hukmronliq qonunini din qonunlaridan mustasno keltursin.» Boshqa bir o’rinda faylasuf - shoira: “Davlat ishini dini islomdin yiroq tuting...”, degan fikrni bildiradi. Xo’sh, bu mustamlakachilik va adolatsiz tuzumdan qutilishning yo’li bormi? Anbar otin uning ikki yo’lini aytib o’tadi. Biri – aqlni inson o’ziga vazir qilib, falsafiy mushohada yordamida ish ko’rish orqali bunga erishish mumkin: «Vaqtiki ilm daraja qilib, falsafa ravnaq topsa, bu chigillarim kushoda bo’lur. Falsafa iborasi ila qarshi va zid so’zlarni muqoyasa qilg’onda bu chigillar ochilur.» Ikkinchi yo’l esa o’z - haq - huquqini himoya etish maqsadida amaliy harakat qilish, mustamlakachilik zulmiga va adolatsizlikka qarshi birlashmoq, qo’lda qurol bilan chiqmoq [2]. Bu yo’lni shoira shunday ifodalaydi: «... albatta, aqlu - idrok va jamoatg’a takya qilib, barcha shayh so’fiylardan yiroq va barcha tarsu vahmdin emin bo’lib, zolimlarg’a qarshi muboriza , yakkalikdan hazar qilmoq, bu tadbirlar ila nobud etib, zulmatni bartaraf qilmoq zarurdir21.»[7] Anbar Otinning asarlari, ayniqsa, «Qarolar falsafasi» risolasi hozirgi kunda ham ijtimoiy - axloqiy ahamiyatini yo‘qotgan emas. Bundan tashqari, Anbar otin shoira va faylasuf olima sifatida ham, shaxs sifatida ham kishini hayratga soladigan darajada matonatli, pokiza inson, yuksak axloq egasi bo’lgan22. U umrini Turkiston xalqlari ma’naviyatini yuksaltirishga bag‘ishladi, nogiron bo’lishiga qaramay, adolatnining pahlavoni bo’lib kurashdi. Yana bir ozbek mumtoz shoirasi Dilshodi Barno asarlarida ham o‘zaro urushlar, xalqning turmush sharoiti va boshqa ijtimoiy-siyosiy voqealar o‘z ifodasini topgan. Turkistonni Rossiya imperiyasi bosib olishiga bo‘lgan munosabatda shoira zamondoshlaridan ilgarilab, bu hodisaning barcha oqibatlarini to‘g‘ri tushungan. Shu jihatdan Dilshodi Barno she’riyati xalq taqdirining badiiy yilnomasi darajasiga ko‘tarildi. Shu bilan birga shoira baxtiyor zamon, yaxshi kunlar kelishiga ishondi. («Bu jabru zulmat albat muvaqqat...», «Farg‘ona» va boshqa), turkistonliklarni do‘st-inoq yashashga undadi («Xaloyiq, borsangiz...», «Tarixi muxosara» va boshqa). Dilshodi Barno lirikasida muhabbat va sadoqat mavzui, vatan va ozodlik goyalari uyg`unlashib ketgan. Dilshodi Barnoning «Tarixi muhojiron» asarida 19-asr Qo‘qon xonligidagi tarixiy, ijtimoiy-siyosiy voqealar aks etgan. Ayollarni ma’rifatli, erkin, jamiyatning teng huquqli a’zolari bo‘lishga chorlagan. Shuningdek, asarda O‘ratepa va Qo‘qonda yashagan 30 dan ortiq shoir va shoiralar ijodi haqida ma’lumot keltirilgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, shoira oz gazallarida zamondoshlarini bir maqsad yolida birdamlikka chaqirib, xalqni ma’rifatli va ozod ko‘rish maqsadini birdamlikda amalga oshirishga chorlaydi: Keling, qizlar, chalaylik daf ila soz, Bir osoyish zamonni chorlaylik boz. Diyorimizni ta’rif aylamakka Hamma maqsadni birga aylaylik soz. Qo’shiqni Nodira she’rig‘a bog‘lab, Bo‘layluk so‘zig‘a bizlar hamovoz. Uvaysiy birla Mahzuna qoshida Turaylukluk suhbat aylab birga damsoz. G‘azallar pardasini har qanoti, Hayotlik ko’nglimizda etsa parvoz. Kimiki misli ma’dan ersa rangin, G‘azallar husni ermas, balki pardoz. Jamoli misra asli ersa, Barno, O‘qugan odam aylar oncha e’zoz. Ko‘rib turganingizdek, shoira ahli ayollarni birdamlikka, ilm-ma’rifatga chorlamoqda. Jaholatga qarshi ma’rifat qilichi bilan himoyalanmoqni olimu- fozillar misolida keltirib o‘qigan odamning naqadar e’zozda bolishi haqida munozara yuritiladi. Bugungi kunda mustaqil O‘zbekistonimizda mumtoz shoiralarimiz orzu qilgan kunlar keldi, Anbar otin, Nodir, Dilshodi Barnolarning olimona va shoirona bashorati amalga oshdi. Davlatchiligimiz tarixidagi xonliklar davri, qoloqlik sabablari va ularning asarlarda yoritilishi,Rossiya imperiyasining bosqini masalalari davlatchiligimiz tarixida organilishi kerak bolgan eng dolzarb muammolardandir. Bu borada tadqiqotlar olib borilgan bo‘lsad, ulardagi ma’lumotlarda haqqoniy tarixga oid turlicha nazariyalar, konsepsiyalar, yondashishlar hamda fikrlar bildirligan bo‘lsada, ular ortasidagi haqqoniy malumotni manbalarga tayangan holda tahlil qilish maqolaning tadqiqot obyektini tashkil etadi. Xulosa, o‘zbek mumtoz shoiralari ijodi mavjud davr muammolarini o‘rganish uchun asl manbaa hamda memuar asarlar hisoblanib, ularni organish haqqoniy tarixni talqin etishda yetkachi manbalardan hisoblanadi23.Ularni mushohada etib togri xulosa chiqarish hamda, haqqoniy tarixni yoritish biz kabi yosh tadqiqotchilar oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Ana shunday masuliyatni his etgan holda xonliklar davri siyosiy hayotini oz g‘azallarida mushohada etgan ozbek mumtoz shoiralari ijodini Mumtoz adabiyotda g‘azal janrining Mumtoz adabiyotda g‘azal janrining o‘rganish ushbu davr hayotini organishda kata yordam beradi.Anbar otinning ijodiy me’rosi. Anbar otin ijodiy me’rosi to‘liq to‘plangan emas. Undan kichik hajmdagi lirik she’rlarni o‘z ichiga olgan devon majmua yetib kelgan. Majmuada 90 ga yaqin lirik she’rlar bor. Bundan tashqari, 1966-yilda O‘ratepalik she’riyat muhlisi G. Xasanov yordamida Leninoboddan shoiraning yana bir kichik kitobi topildi. Anbar otin ijodining g‘oyaviy estetik asoslari, badiiy prinsiplari bilan umumiy ruhi va intilishlari bilan birinchi qadamidan boshlaboq, butunisicha, demokratik adabiyotga mansub shoira sifatida ijod etishga kirishga kirishdi. Natijasa XIX asr oxirlari XXasr boshlari davri adabiyotining eng ilg‘or tendensiyalari shoira ijodida o‘z ifodasini topdi. Chunonchi, adabiyotning voqelikka estetik munosabati va ijtimoiy funksiyasi, xalq hayoti va uning adabiyotiga aks etishi masalasi , xotin-qizlarnini jamiyatdagi axvoli va taqdir, jamiyat ijtimoiy tuzumidagi adolatsizliklar , yaramas qonun- qoidalar, nihoyat, xalqlar do‘stligi, birinchi navbatda rus- o‘zbek xalqlari o ‘rtasidagi do’stlik va hamkorlik masalasi va shuning singari davr ijtimoiy hayoti kun tartibida turgan asosiy masalalarni Anbar otin ajoyib izchillik va donolik bilan hal qildi, shu mavzularda chuqur mazmundor asarlar yaratib qoldirdi. Anbar otin ijodidagi tendensiyalarni ko‘rsatish jihatidan shoiraning o‘tmish adabiy me’rosiga munosabati masalasi juda xarakterlidir. Anbar otin o‘tmish madaniyatining buyuk arboblaridan o ‘rganishni, ta’lim olishni o‘zining birinchi burchi deb biladi. Agar ustodi adabni izlasang, Anbar otin, San Navoiy ta’limini doim mutolaa qil. Bu masalada Anbar otin juda izchil va aniq pozitsiyaga ega. U o ‘tmishning yaxshi adabiy traditsiyalarini qabul qilishga chaqirish bilan birga unda zararli tendensiyalar, qoloq elementlar bor ekanini ham esdan chiqarmaydi va unday tendensiyalardan voz kechish kerakligini ta’kidlaydi, xattoki, ularni qattiq tanqid qilish darajasigacha ko‘tariladi24. Shoira o ‘tmishdagi shunday zararli tendensiya sifatida dininy ta’limotlarni tashviq qiluvchi adabiyotni ko ‘rsatadi. Turli diniy tariqatlarni, shu jumladan, naqshbandiylik va yassaviylik suluklarini targ ‘ib qiluvchi diniy adabiyotga diqqatni jalb qilib, ularning zararli oqibatlari haqida quyidagilarni yozadi; Vaholanki, bu zamona hukmronlariga faqat din ahli homiy emas, balki boz mosuvoi naqshbandiy va Yassaviy silsilalarini shayx va so‘fiylari ham luqma solub, xalq boshuga og ‘irroq zulm solishga fatvo bersalar, boz bechora xalqni zolim zulmiga rozi bo ‘lib toqat qilmoqqa, faqat Alloh demoqqa nasihat qilurlar, chunonchi, yassaviylar aytur; Zolim agar zulm aylasa olloh degil, Bosh yorguncha kaltaklasa volloh degil… Bu naqshbandiylar boz boshqa lavz birla zulmga toqat qilmoqni targ‘ib qilurlar. Chunonchi: Mayli dushman og ‘u solsa oshingga, Dod etibon toshlar otma boshinga Bu so‘zlardan ko ‘rinib turibdiki, Anbar otin diniy adabiyotning ijtimoiy funksiyasini yaxshi tushungan va uning reaksion mohiyatini ochiq-oydin ko‘rsatib bergan. O‘tmish adabiy hayotni baholashda bunday yuqori prinsipial tushunchaga ega bo ‘lgan shoira o‘z davri adabiy hayotini ham shu prinsipial asosida baholaydi va ularga munosabatini belgilaydi. Anbar otin davrida ham xalqqa g‘amxo‘r shoirlar bo ‘lgani kabi o ‘z ijodiga hokim sinflarga xizmat qilayotgan, xalqdan uzoq shoirlar ham bor ekanini ta’kidlab ko‘rsatadi. Xaziniy, Muhiydek reaksion shoirlarni u asarlarida tanqid qilib, ularda shoirlik nomi xayf deb hisoblaydi. Ey, Kamiy shoirlik uzra muncha qilmang lof-qof, Muh’iydek muncha uzoqqa bordingiz to ko‘hi Qof Ul Xaziniy payravi bo ‘lmoq ila topmas nazar, Shoir o‘lmoqdin umidi bo‘lsa, qilmas hech lof. Umuman, Anbar otin poeziyasida she’r mohiyati, shoirlik burchi, adabiyotning ijtimoiy funksiyasi kabi masalalar katta o‘rinni egallaydi va keng yoritiladi25. Bu masalalarni xal qilishda va alohida yozuvchilarni baholashda Anbar otin uchun asosiy mezon hayot haqiqati va xalq manfaati hisoblanadi. Anbar otin estetikaning bu markaziy masalasida prinsipial pozitsiyada turadi, xalq manfaatidan, xalq haqiqatidan uzoq turgan adabiyotni qoralaydi, shoirni tanqid ostiga oladi.Anbar otin “Falsafai siyohon” asarida bu masalaga maxsus to ‘tab shoir kim va u qanday bo ‘lishi kerak degan savolni qo‘yadi va o‘z asarlarida hayot haqiqatini kuylagan kishigina shoir degan sharafli nomga sazovor bo‘ladi deb fikr bildiradi. “Mahfiy emaski, shoirda o ‘tkir botindagi, ya’ni hayot ichidagi sirlarni ko‘radigan ko‘z bo‘lur. O‘shal o‘tkit ko‘z bilan boshqalar ko‘rmagan sirlarni mushohada qilib, adab haririga burkab, arzi ma’nisini nafis iboralar bilan tarannum etar” Hayot ichidagi sirlarni ko‘rish va ularni asarlarida aks ettirishga intilish kerakligi haqidagi bu tezis Anbar otinning juda ko‘p she’rlarida takrorlanib, rivojlantiriladi, yana ham aniqroq shakllarda ifpda etilib, xalqqa xizmat qilish kerak degan mazmunni kasb etadi26. Shunday qilib, shoira ijodida xalqchillik shakllanadi: Odamda bo‘lsa gar yaxshi tilak, Xalq uchun tebratgusi doim bilak. Anbar otin boshqa manbaada o‘z ijodini butunligicha “el g‘ami” uchun yo‘naltirilganini aytadi: El g‘amidin o‘zgaroq o‘lmas bu xat, Shuncha qilsam bir yo‘li bo‘lmas g‘alat. Yo‘llarimga jaru ko‘h, qiru qiyot, Shul sabab yurganda qilgum ehtiyot. Menga xalq ro‘zg‘ori bo‘ldi ustoz, Na sifat kitobi, na takuy toz. Kimsaki xalq g‘amidin g‘ami bo‘lursa, ango san, Yondoshib, har ishida ul ila mutoiba qil27. Anbar otinning adabiyot, she’r va shoirlik burchi, unda xalq manfaati uchun kurashish kerakligi haqida Muqumiyga bag‘ishlab yozgan she’rida mantiqiy xulosalanadi va shoiraning oxirigacha xalqchil bo ‘lgan intilishlarini, izchil pozitsiyasini yaqqol namoyon qiladi. Ey Muqumiy, erlar ichra kulangiz siz har mudom, Negaki, mendek ayollarga erur kuylash xarom. Bebizoatlik agar el ichra bo‘lsa aybingiz, Bo‘yla qonun kashf etganlardan oling siz intiqom. Siz kabi rostgo‘ylar holo hushomadga g‘aliz, Vaqti kelgay so‘zlaringiz topqusi oliy maqom. Download 94.95 Kb. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling