Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


Mumtoz adabiyotda g‘azal janrining o‘rni


Download 94.95 Kb.
bet6/7
Sana02.02.2023
Hajmi94.95 Kb.
#1146741
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Фотима

2.2 Mumtoz adabiyotda g‘azal janrining o‘rni
Yakpora g‘azallardan farqli o‘laroq, mukammal sujet bo‘ladi. Yakpora g‘azallar sujetli- sujetsizligiga ko‘ra ham ikkiga bo‘linadi:
1.Musalsal g‘azallar.
2.Voqeaband g‘azallar.
‘‘Musalsal’’ so‘zi ‘‘zanjirsimon’’ degan manoni bildiradi.Istilohning ma’nosidan ham ko‘rinib turibdiki,musalsal g‘azallar deganda baytlar mazmuni bir-biri bilan zanjirsimon bog‘langan, ammo sujetga ega bo‘lmagan g‘azallar nazarda tutiladi.Yuqorida tilga olingan Navoiyning uch g‘azali ham musalsal g‘azalning yetuk namunalaridir.Voqeband g‘azallarda lirik qahramonning kayfiyat va kechinmalarishu kayfiyat va kechinmalarni yuzaga keltirgan muayyan voqea bilan bog‘liq holda tasvirlanib, o‘ziga xos tugun, voqea rivoji va yechim mavjud bo‘ladi. Alisher Navoiyning quyidagi g‘azalida bu holat ko‘zga aniq tashlanadi:
Hava hush erdi-yu, oldimda bir qadah mayi nob
Ichar edim vale g‘amdin qadah- qadah xunob.
Kihozir erdi ushul sarvi nargisi maxmur,
Valek rag‘mima qilmas edi qadahg‘a shitob…
Bu g‘azalda ko‘zimiz oldida bir voqea- lavha jonlanadi:xushhavo kunlardan biri. Lirik qahramon oldida bir qadah toza may turibdi.U maydan quyib ichadi,lekin u xunob. Chunki uning yonida o‘tirgan yor aksiga olib shoir uzatgan qadahni olmaydi.Yomi may ich deyishga oshiqda jur’at ham,yolg‘iz may ichmoqqa mayi ham, may ichmasdan turishga toqat ham yo‘q. Bu alamdan uning ichi qizil may to‘la qadahga o‘xshab qolgan, ko‘z yoshlari esa may ustidagi pufakchalar singari dam-badam quyilib turibdi.Oshiqning bu alamdan hushini yo‘qotayotganini ko‘rgan oshiq masti xarob bo‘lib qolgan edi. Zotan, mashuqa husnining qadah ko‘zgusida jilva qilishi oshiq uchun haqiqiy visol bo‘lib, visol chog‘ida mayxo‘r oshiq ko‘nglining xarob bo‘lishi ajablanarli emas.Hijron azoblaridan qutulgan oshiq ushbu fursat uchun shukr qiladi.Ushbu mufassal manzaradan ko‘rinadiki, g‘azalda mukammal bir sujet mavjud28.Chunonchi:
1.Tugun: berahm mashuqaning may ichmasligi tufayli oshiqning qadah- qadah xunob yutishi.
2.Voqea rivoji:oshiqning yorga may tutishga jurat qilolmay, ichi qonga to‘lib, ko‘z yoshi to‘kishi va oshiq ahvolini anglagan mashuqaning qadahdagi mayni ichib, so‘ngra oshiqqa ham tutishi.
3.Yechim:mashuqaning may ichganini ko‘rgan oshiqning masti xarob bo‘lib qolishi.2
Voqeaband g‘azallarning o‘zbek adabiyotida paydo bo‘lishi va inkishofi Alisher Navoiy nomi bilan bog‘liqdir.Ulug‘ shoirning ‘‘ Tun aqshom keldi ul gulrux kulbam sori shitob aylab’’, ‘‘O‘tgan kecha men erdimu ul siymtan erdi’’, ‘‘Dayr kuyida bugun asru alolo erdi’’ deb boshlanuvchi g‘azallari voqeaband g‘azallarning noyob namunasidir. Keyinchalik Bobur, Ogahiy, Furqat kabi o‘zbek shoirlari ham voqeaband g‘azallar rivojiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.Lekin voqeaband g‘azal yozish g‘oyat murakkab bo‘lib , shoirdan juda katta mahorat talab qiladi.
G‘azal janri g‘oyaviy- tematik jihatdan ham bir qator o‘ziga xosliklarga ega. ‘‘G‘azalda yetakchi masala sevikli jamolining zikri, seviklining jamolini sifatlash hamda oshiqning kechinmalarini tasvirlashdir.Pand- nasihat she`rning boshqa turlarida zikr etiladi’’- deb yozadi atoqli olim Qobul Muhammad.Biroq Qobul Muhammadning so‘zlari unchalik to‘g‘ri emas,chunki g‘azal ishq- muhabbat bilan birga, falsafiy, axloqiy, may va boshqa mavzularda ham yozilavergan29.G‘azal mavzu jihatidan g‘oyat rang- barang va mazmunga boydir.Atoqli navoiyshunos A.Hayitmetov o‘zining ‘‘Navoiy lirikasi’’ nomli tadqiqotida g‘azallarning quyidagi g‘oyaviy- tematik guruhlari borligini ko‘rsatadi:
1.Ishqiy g‘azallar.
2.So‘fiyona g‘azallar.
3.May mavzusidagi g‘azallar.
4.Hajviy g‘azallar.
5.Falsafiy g‘azallar.
6.Vatanparvarlik mavzusidagi g‘azallar.
7.Peyzaj g‘azallar.
O‘zbek adabiyotshunosligida g‘azal haqida maxsus tadqiqot yaratgan professor Odiljon Nosirovning tasnifi ham mazkur tasnifga juda yaqin:
1.Oshiqona g‘azallar.
2.Orifona g‘azallar. 3.Rindona g‘azallar.
4.Hajviy g‘azallar .
5.Axloqiy- talimiy g‘azallar.
6.Peyzaj g‘azallar.
7.Publitsistik g‘azallar
. G‘azallarda ko‘pincha 2 ta markaz bo‘lgan.Biri – lirik qahramonning ahvoli, ikkinchisi – mashuqa tarifi. Barcha obraz va ifodalar shu ikki markazga kelib tutashadi.Ishqiy g‘azallarda mashuqa, oshiq, va raqib ramzlari asosiy obraz hisoblanadi.3
Mashuqa – ishqqa sabab bo‘lgan, oshiq ko‘nglini rom etgan go‘zal yor, uning go‘zalligi chiroyli tashbehlar bilan ifodalanadi.Sharq sheriyatida noziklik go‘zallikning muhim belgisi sanalgan.
Oshiq – ishqqa mubtalo bo‘lgan,o‘zini unutgan kishi. U raqibga o‘zining nafratini ochiq bayon etadi.Oshiqlik timsollari bo‘lmish bulbul, Majnun, Farhod,Vomiq obrazlariga o‘xshatiladi.
Raqib – mashuqaning vasliga davogar bo‘lgan boshqa bir oshiq.Bu obraz g‘ayr, ag‘yor, o‘zga nomlari bilan ham yuritiladi.Tasavvuf adabiyotida yuqoridagi obrazlar yangicha mano kasb etadi:mashuqa – Alloh yoki Payg‘ambar yoxud pir, do‘st manosida;oshiq – Allohga ruhan yaqinlashishga intilayotgan inson, so‘fiy banda; raqib esa nafs, dunyo manolarida keladi.
G‘azal haqida gapirar ekanmiz, Navoiy ijodiga to‘xtalmaslikning iloji yo‘q.Ulug‘ Navoiyning har biri bir jahon mano, bir olam his- tuyg‘u ifoda qilguvchi baytlarini takror-takror o‘qib har safar bu olmos satrlarning yangi qirralarini kashf qilamiz, yangi-yangi mano tovlanishlarini ko‘rib hayratlanamiz30.Navoiy baytlari bizning hayotimizga bolalikdan, dastlabki o‘qish kitoblari bilan kirib keladi31.Biz ilk bor buyuk shoirni donishmand muallim sifatida taniymiz, “Olim bo‘lsang, olam seniki” deb aytgan ustoz sifatida o‘rganamiz. So‘ng o‘smirlik, yigitlik faslida bizga Navoiy muhabbat, vafo darsini beradi. Yoniq ishqiy baytlarni yon daftarimizga ko‘chirib yozamiz, ilk sevgi maktublariga qo‘shib bitamiz. Vaqt o‘tishi bilan buyuk Alisher ko‘z oldimizda faylasuf sifatida namoyon bo‘ladi, bizga hayot darsini o‘rgatadi, uning sevinch va anduhlari,zavq-u jafolarini so‘zlab dunyo haqidagi tasavvur doiramizni kengaytiradi.

Junun vodiysig‘a moyil ko‘ramen joni zorimni,


Tilarmen bir yo‘li buzmoq buzulg‘on ro‘zg‘orimni.
Mana shu matla bilan boshlanuvchi g‘azal o‘zbekning xonadonida dam- badam mehmon bo‘ladi.Uni mashhur hofizlarimiz maqom yo‘llarida juda tsirli ijro etganlar.Bu g‘azal dunyoning g‘am-u anduhidan zardob bo‘lgan shoir qalbining afg‘onidir.Inson yuragi va tafakkuri haddan ziyod sevinchni ham , g‘amni ham qabul qilolmaslik xususiyatiga ega. Tuyg‘ularning ofatli seli kishini telba qiladi. Shoir o‘z jonini junun, yani telbalik vodiysiga moyil ko‘radi, buzulgan hayot ro‘zg‘ori uni aqldan ozdirgani, endi telbalikni bo‘yinga olib dasht-u sahrolar kezishdan o‘zga iloji qolmaganini va telbalik- buzish, vayron qilsh ekan, demak buzilgan hayotini bir yo‘la vayron qilmoq tilagini faryod bilan ifsho qiladi:
Junun vodiysig‘a moyil ko‘rarmen joni zorimni,
Tilarmen bir yo‘li buzmoq buzulg‘on ro‘zg‘orimni.
Shoir dunyodan shunchalar ko‘ngli qolgan, sovuganki, oqibatsiz odamlardan shunchalar mehri qaytganki, bu hayotdan hech bir nishonsiz yo‘q bo‘lib ketishni tilaydi. Inson jismi xoki g‘ubor bo‘lmoqqa mahkum, lekin shoir istagi – falak bedodidan garchi mani xokiy g‘ubor o‘ldum ,Tilarmen, topmag‘aylar to‘tiyolikkag‘uborimni.Yani , zolim odamlar meni tirikligimda xo‘rladilar,qadrimga yetmadilar. Vaqt kelarki,mening odamlarga ko‘rguzgan mehr-u sadoqatim ,fidoyiligim ayon bo‘lar. Kishilar mening qadrimga yetarlar,mozorim xokini ko‘zlariga to‘tiyo qilarlar.Lekin tirikligimda bedodlik qilganlar men dunyodan o‘tgacho‘kinmoqliklari benaf, ko‘zlariga to‘tiyo qilmoq uchun g‘uborimni topmagaylar. O‘shanda, ey ahli g‘aflat, Navoiy qayga azm etdi deb so‘ramang, men tirikligimdayoq ixtiyorim jilovini qazoning qo‘liga berib qo‘yganman:
Demang, qay sori azm etgung, manga yo‘q ixtiyor,
Oxir qazo ilkiga bermishmen inon-u ixtiyorimni.
Oshiq dunyoning jabr-u jafosidan ko‘p qonli yoshlar to‘kdi,
Oqibat ko‘zlarida o‘sha qon yoshlar ham qurib tamom bo‘ldi,
Faqat zafardek sarg‘aygan yuzi qoldi.
Shoir bu holatni hayratomuz tashbehga bog‘laydi; zolim falak mening bahorimni olib uning badaliga xazon faslini menga berdi. Bu loladek qon yoshlarim qurib , xazondek sarg‘aygan yuzim qolganida namoyon bo‘lib turibdi.
Tugandi ashki gulgun, emdi qolmish zafaroni yuz,
Falak zulmi badal qildi xazon birla bahorimni.
Navoiy dahr zulmidan boshiga yog‘ilgan balolarni baytdan baytga kuchliroq faryod bilan bayon qiladi.Birinchi bayt oshiqning “junun vodiysig‘a moyil” bo‘lganini, ikkinchi bayt dunyodan tamom yo‘q bo‘lib ketish tilagini ifoda qilsa, g‘azal so‘ngiga yaqin shoir bularning barchasidan o‘ta ofatni qalamga oladi32.bu – telba bo‘lishdan ham, dunyodan benim-u nishon ketishdan ham og‘ir biro fat.
Bu – yor-u diyordan judo bo‘lish musibati. Navoiy shunday yozadi:
Diyorim ahli birla yordin boshimg‘a yuz mehnat,
Ne tong, boshim olib ketsam , qo‘yub yor-udiyorimni.
Yani, agar men yor-u diyorimni tashlab bosh olib ketar bo‘lsam, buning boisi yordan va diyordan boshimga ming balo yoqqanidir.Taqdir mening boshimga solgan bu savdo shunday og‘ir savdokim:
Yomon holimg‘a bag‘ri og‘rig‘ay har kimsakim ko‘rgay,
Bag‘ir pargolasidan qong‘a bulg‘ong‘on uzorimni.
Bag‘rim pora-pora bo‘lganidan qonga bo‘yaldim, bu holimni ko‘rgan har bir kimsaning bag‘ri og‘rimay iloji yo‘q. Tiriklik shoirning nazdida – dard. Bu dardning davosi esa yolg‘iz o‘lim. Asli sharobdan kelgan bosh og‘rig‘ining davosi sharobdir. Ammo shoir uchun tiriklik sharobining dafi xumori zahri qotildir.5
Alisher Navoiyning lirik asarlari jamlangan “Xazoyin-ul maoniy” devonida ikki yarim mingdan ortiq g‘azal bor. Sharq adabiyotida biror shoirga bunchalik ko‘p g‘azal yozish nasib bo‘lmagan.Ammo gap faqat sonda emas. Navoiy qalbidan quyilib chiqqan g‘azallarning har biri daho ijodkorning Benazir sanati va teran tafakkuridan guvohlik beradigan badiiy durdona, mo‘jizadir.Yaxlit manoli, voqeaband g‘azallar yaratish ulug‘ Navoiyning shunday uslubiy ixtirolaridandir. Maqsud Shayxzoda birinchi bo‘lib bunga etiborimizni torgan edi. Avvalgi shoirlar ahyon-ahyon uchrab turadigan bu xususiyat Navoiy ijodida izchillik tusini noladi, muayyan ravishda badiiy ifoda tarziga aylanadi. Turfa insoniy holatlar, voqea- hodisalar tasviriga bag‘ishlangan turkum- turkum g‘azallar shundan dalolat beradi. Yaxlit manoli g‘azal radif-so‘zga urg‘u berib, shoirona vahiyatni namoyon etish, yo biror- bir hodisadan tasirlanib, his- hayajonni to‘kib solish ,shu voqea mohiyatini ochish, yoxud muayyan ananaviy turkumcha- tamsillar, obraz va ifodalar atrofida suxansozlik qilish, lutf ko‘rsatish niyatning mevasidir33. Chunonchi, ulug‘ shoir jon va jonon mavzusida bir turkum dilbar g‘azallar yaratgankim, shulardan birini quyida to‘la keltiramiz:
Har labing o‘lganni tirg‘uzmakda jono, jon erur,
Bu jihatdan bir- birisi birla jonajon erur.
Jonim andoq to‘ldi jonondinki, bo‘lmas fahmkim,
Jon erur,jonon emas, yo jon emas, jonon erur.
G‘azalda “jon”so‘zi o‘n to‘qqiz, “jonon” so‘zi o‘n olti marta takrorlanib kelgan.Biroq bu qaytariqlar bizga noxush tuyulmaydi, aksincha, kuchli zavq uyg‘otadi, shoirning zakovati , topqirligiga qoyil qolamiz,Qarshimizda o‘ziga xos butun bir g‘azal-tajnis, yani bir o‘zakli, talaffuzi, shakli o‘xshash, ammo manolari xilma- xil so‘zlar vositasida barpo bo‘lgan hayratomuz sanat namunasi.Butun g‘azal bo‘ylab so‘z dodini berib tasnisni uzluksiz davom ettirish bir sanat bo‘lsa, buni muhim ijtimoiy-axloqiy g‘oya bilan bog‘lab rivojlantirish orqali go‘zal bir tasvirni vujudga keltirish yana bir sanat – yuksak shoirlik mahoratining , uyg‘oq, uyg‘un taxayyul,tabiatday qudratli va saxiy istedodning nash`u namosi, sehrliligi. Shoirning ustaligini qarangki, baytlar bir – biri ila mantiqan payvandlanib, yetakchi, sarbon g‘oyani teranlashtira boorish asnosida lirik qahramonning tuyg‘ulari ham baytdan baytga kuchayib boraveradi.
Taniqli adib va navoiyshunos olim Maqsud Shayxzoda”Alisher Navoiy lirikasining bazi bir poetik usullari haqida “ nomli maqolasida shoir g‘azaliyotiga xos yetakchi to‘rt uslubiy jilo haqida fikr yuritiladi. Ularning ikkitasi bevosita tadrij badiiy sanatiga murojaat etish bilan vujudga keladi.Alisher Navoiy sheriy ijodiga xos bo‘lgan g‘azallarda baytlarni manan, fikran va shaklan bog‘lash orqali malum voqea yaratish yoki mantiqiy izchillikka asoslangan fikrlarni vujudga keltirish bilan malum xulosani bayon etish, shuningdek , baytlar silsilasida obrazning tadrijiy etiluvi, takomilini taminlash shular jumlasidandir34.Fikrimizni quyidagi g‘azal bilan asoslashga harakat qilamiz:
Yordin ayru ko‘ngil mulkedurur sultoni yo‘q,
Mulkkim sultoni yo‘q,jismedururkim, joni yo‘q.
Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul
Bir qora tufrog‘dekdurkim,gul-u rayhoni yo‘q.
Avvalo, takidlash joizki, mazkur g‘azalda ko‘zga “yarq”etib tashlanadigan sanat bargardonishdir. Yani mazmunni kuchaytirish, takidlab ko‘rsatishga xizmat qiluvchi “takrir”, takror, qaytarishdir.Ayni g‘azalda baytning birinchi misrasi oxirida kelgan so‘z yoxud kalimalar guruhi ikkinchi satr boshida kelib, aytilmoqchi bo‘lgan g‘oyaviy niyatni takidlab ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Matnga asoslanib, “Yordin ayru ko‘ngil” ni – sultonsiz mulk, jismsiz jon, gul-u rayhonsiz qora tuproq kabilarga tashbeh qilingani singari matladagi “sultonsiz mulk” ham teng bog‘liqlik asosida aytilganlarga qiyoslangan, deyish mumkin.Anglashiladiki, shoir g‘azalda manaviy va ijtimoiy-siyosiy hodisalarni yondosh rivojlantirib boradi va ko‘ngil uchun mahbuba, ishq va undan bahramandlik qanchalik zarur bo‘lsa, mamlakat uchun ham podsho shunchalik muhim, degan umumlashma xulosani ilgari suradi.Faqat matla va undan keying baytda shoirning ishqiy mavzuga oid qarashlari o‘z aksini topadi.Bu, albatta, shoir g‘azaliyotidagi yetakchi mavzu ishq- muhabbat ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.Muxtasar qilib aytadigan bo‘lsak, Navoiy g‘azallarining bosh qahramoni, shubhasiz, shoirning o‘zidir. Ularda muallifning ichki tug‘yonlari, ruhiy iztiroblariyu-quvonchlari, tarjimai holiga oid qaydlar uchraydi.Shuningdek, shoir g‘azaliyotidagi boshqa obrazlar: mashuqa, shoh, darvesh, shayx, zohid, orif, rind, soqiy, raqib kabi rang- barang badiiy timsollar asardagi yetakchi g‘oyani sherxonga teran yetkazish uchun buyuk tafakkur sohibining taxayyul olamidan sherga ko‘chadi hamda uning badiiy salohiyati yuksak g‘azallarning vujudga kelishini tamin etadi.

XULOSA


Xulosa o‘rnida aytganda, g‘azal ijodkor ijodidagi gultojdir.Mumtoz adabiyotimizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda g‘azal salmoqli o‘ringa ega.G‘azal badiiyatiga doir minglab nazariyalar esa uni mohiyatan chuqur anglashimizda katta dasturamal bo‘ladi. Shunday ekan, biz yoshlar g‘azalnavislik ananalarini davom ettirib, kelgusida zamonaviy adabiyotni ham bu janr ila boyitsak, nur ustiga alo nur bo‘lar ed35i. Bugungi turkiy tilli xalqlar orasida aruzda yozish an’anasi o‘zbek adabiyotida nisbatan ko‘proq uchraydi. Zamonaviy she’riyatimizda aruzga xos bir qator janrlar yanada takomillashib, yangidan yangi xususiyatlar bilan boyib, rivojlanib borayotir36. Shular orasida eng ommalashganlaridan biri taxmis (muxammas)dir.
Mutaxassislar fikricha, mumtoz Sharq she’riyatining musammat turkumiga kiruvchi janrlaridan bo‘lgan mustaqil muxammas o‘zbek mumtoz adabiyotiga XIV asr boshlarida kirib kelgan. Dastlabki namunasi Hofiz Xorazmiy qalamiga mansub. Adabiyotshunos Hamid Sulaymonning ta’kidlashicha, shoir devoni XV asrning 30-yillarida kitobat qilingan.
Mustaqil muxammas har bir bandi besh misradan iborat she’r sifatida yozilsa, shaklan unga juda o‘xshash bo‘lgan taxmis aslida bir shoir tomonidan boshqa bir shoirning g‘azali baytlariga uch misradan orttirilib, har bir bandi beshlik shakliga keltirilgan she’rdir. Shuning uchun taxmis ko‘pincha ikki shoir qalamiga mansub bo‘ladi. Ba’zan shoir o‘z g‘azaliga ham taxmis bog‘lashi mumkin. Adabiyotshunos Yoqubjon Is’hoqovning ta’kidlashicha, “...taxmis usuli har bir shoir uchun mahorat sinovi, ilhomlantiruvchi kuch yoki biror muhim fikrni ro‘yobga chiqarish vositasi bo‘lishi mumkin”. Aytish lozimki, har ikki holatda ham bir janr (ko‘pincha g‘azal, ba’zan qasida yoki mustazod) asosida ikkinchi bir janr (taxmis) vujudga kelishi kuzatiladi. Manbalarda aytilishicha, taxmis yozishning har ikki usuli ham Alisher Navoiy ijodidan boshlangan va hozirgacha davom etmoqda.
Bugungi o‘zbek she’riyatida taxmisning asosan boshqa shoir g‘azaliga bog‘langan turi ko‘p uchraydi. Xususan, Alisher Navoiyga muxammaslar anchagina. Bunda barcha shakliy va mazmuniy jihatlarga alohida e’tibor qaratish, asos g‘azal baytlariga har jihatdan mos misralar qo‘shish talab etiladi. Aks holda, taxmis uchliklari asos g‘azalga tenglasha olmaydi va faqat shaklbozlik vujudga keladi.
Taniqli shoir Jamol Kamolning “Saylanma”si 1-jildi – “Asr bilan vidolashuv” to‘plamiga (2007) kiritilgan quyidagi band bilan boshlanuvchi taxmisni ushbu janrning ancha mukammal namunalaridan deya e’tirof etish mumkin:
Yo‘q, chaqindin ermas ul osmon qizil, sorig‘ yashil,
Yo shafaqdin har taraf raxshon qizil, sorig‘ yashil,
Yo chamanda lola-yu rayhon qizil, sorig‘ yashil,
Xil’atin to aylamish jonon qizil, sorig‘ yashil,
Shu’layi ohim chiqar har yon qizil, sorig‘ yashil...
Taxmisda muallif qo‘shgan misralar shaklan ham, mazmunan ham Navoiy g‘azalining baytlariga hamohangligini ko‘rishimiz mumkin. Birinchidan, g‘azal aruzning “ramali musammani mahzuf” (foilotun, foilotun, foilotun, foilun) vaznida yozilgan, taxmis misralari ham shu vaznda. Ikkinchidan, Navoiy g‘azalining matla’sidagi misralar sabab va oqibat mazmunini anglatgan: “Jonon xil’ati (ust kiyimi) “qizil, sorig‘ yashil” ranglar bilan jilolandi, (buni ko‘rgach, o‘zimni tutib tura olmadim va) har tarafga ohimning qizil, sorig‘ yashil ranglardagi shu’lalari taraldi”. Jamol Kamol taxmis yozish an’anasiga muvofiq baytdagi sabab mazmunini teranlashtiradi, oqibatdagi ranglar taralayotgan makon tushunchasini osmon, chaman kabilar bilan oydinlashtiradi. Shoirning ta’kidlashicha, osmonning qizil, sorig‘ yashil ranglarda ko‘rinishi chaqindan yoki shafaqdan har tarafga taralayotgan yoki chamandagi lola-yu rayhonlar rangidan emas, balki jonon xil’ati ranglari bilan bog‘liq. Jamol Kamol Navoiy g‘azali asosida tanlagan qofiyalar ham taxmis bandining shaklan mukammalligini ta’minlagan. Qofiya ilmiga ko‘ra Navoiy qo‘llagan “jonon”, “har yon” so‘zlari “murdaf qofiya”ning “ridfli muqayyad qofiya” turiga mansub37. Bunda qofiyadosh so‘zlarning “raviy”si – “n” undoshidan oldin “ridfi asliy” hisoblangan “o” unlisi keltirilgan. Jamol Kamol tanlagan “osmon”, “raxshon”, “rayhon” so‘zlari ham qofiyaning shu turiga taalluqli. Yana bir holatga e’tibor qaratish zarur. Birinchi misrada ishlatilgan “osmon” so‘zi aslida “o-s-mon” tarzida cho‘ziq+qisqa+cho‘ziq (– V –) hijolardan tashkil topgan. Shoir uni ikki cho‘ziq hijo (– –) sifatida qo‘llagan. Bunday hol zamonaviy o‘zbek adabiyotiga mansub aruziy she’rlarda tez-tez uchrab turadi. Bandda ishlatilgan til birliklari ham Navoiy she’riyati tiliga mosligi g‘azal bayti va taxmis uchligining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlagan.
Zamonaviy o‘zbek adabiyotida xorazmlik Shoira Shamsning “Samandar” (2019) she’riy to‘plamidan o‘rin olgan taxmislar mukammalligi bilan ajralib turadi. Ularning aksariyati Alisher Navoiy g‘azallariga bog‘langan. Shoira ulug‘ salafining g‘azallari mavzusi, badiiy-estetik g‘oyasi, poetik tili va badiiyatiga alohida e’tibor qaratadi. Navoiy misralarida ifodalangan mavzuni chuqurroq ochib berish, shoir aytmoqchi bo‘lgan fikrni yanada teranlashtirish, g‘azalda yoritilgan lirik manzarani yangidan yangi tafsilotlar bilan boyitish, g‘azal mazmuniga to‘liq mos keladigan badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalanishga intiladi:
Turnalardek nola qildim, titradi aflok “dol”,
Keldi sensiz qolmish olam boshiga fasli zavol,
Furqating – diydor emdi, dard-u hijroning – visol,
Bog‘ mendek sorg‘orib, bulbul meningdek bo‘ldi lol,
Go‘yiyo mundoq bo‘lur bir guldin ayrilg‘ong‘a hol.
Mazkur taxmisga asos bo‘lgan g‘azal to‘qqiz baytli, taxmis ham to‘qqiz banddan iborat38. Demak, shoira tazmini kull – to‘liq tazmin usulini qo‘llagan. Navoiy g‘azal matla’sida “bog‘ menga o‘xshab sarg‘aydi, bulbul meningdek lol (tilsiz) bo‘lib qoldi, go‘yo bir guldan ayrilgan (kishi) shunday holatda bo‘larmish” degan. Ko‘rinib turibdiki, asos bayt va qo‘shilgan misralarning shaklan va mazmunan to‘la uyg‘unligiga erishilgan. 
Shoira Shams Alisher Navoiy misralaridagi bog‘, men, bulbul, gul poetik timsollarini turnalar, aflok, sen, olam kabi yangi timsollar bilan boyitib, asos bayt misralaridagi tashbehlar mazmunini yanada mukammallashtiradi. Shunisi diqqatga sazovorki, mazkur taxmisning har bir bandida ana shunday badiiy-estetik mukammallikni kuzatish mumkin.
Taxmisnavislik an’anasini davom ettirayotgan zamondoshlarimizdan yana biri surxondaryolik Otamurod Poyondir. “Tongdek tiniq tilaklar” she’riy to‘plamidan (2020) joy olgan muxammaslar (taxmislar)ning uchtasi Alisher Navoiy g‘azallariga bog‘langan. Otamurod Poyon taxmis bog‘lashga mas’uliyat bilan kirishadi. Asos g‘azal baytlariga yangi misralar qo‘shar ekan, mazmun va shakl, hatto uslubning uyg‘unlashishiga harakat qiladi39. Har bir bandda asos baytda ishlatilgan badiiy san’atlar, til xususiyatlarining yanada yorqinroq aks etishiga erishadi. Quyidagicha boshlanuvchi taxmis bunga misol bo‘la oladi:
Yor uchun marg‘ub tamanno bo‘lsa harchand aylangiz,
Menga zulm-u kin etishni kori sudmand aylangiz,
Dargahin qatlim uchun qal’ai darband aylangiz,
Ul pari ko‘yida men devonani band aylangiz,
Band-bandim zulfi zanjirig‘a payvand aylangiz.
Alisher Navoiy qalamiga mansub misralarda mumtoz qofiyaning band, payvand kabi radifi zoyidli murdaf qofiya turi qo‘llanilgan. Bunda qofiyadosh so‘zlar tarkibidagi a unlisi cho‘ziq talaffuz qilingan holda ridfi asliy, d undoshi raviy, ular orasidagi n undoshi esa ridfi zoyid (orttirilgan ridf) hisoblanadi. Mazkur baytga Otamurod Poyon tomonidan qo‘shilgan misralarda ham qofiyaning aynan shu turini yuzaga keltiruvchi harchand, sudmand, darband kabi so‘zlar qatnashgan. Baytga qo‘shilgan misralarning lug‘aviy tarkibiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, unda ham Alisher Navoiy asarlari tiliga xos marg‘ub tamanno, zulm-u kin, kori sudmand, dargah, qal’ai darband kabi ifodalardan mahorat bilan o‘rinli foydalanilganining guvohi bo‘lamiz. Taxmisning qolgan bandlarida ham shunday holatni kuzatish mumkinki, bu shoirning mahoratidan darak beradi.
Urgutda dunyoga kelgan shirinzabon aruznavis shoirlarimizdan biri Ochildi Qo‘ysun (Ochildi Azimmurodov) ham Alisher Navoiy she’riyati ixlosmandi. U dilbar g‘azallari, pandnoma fardlari va to‘rtliklari hamda muxammas va taxmislari bilan muxlislariga yaqindan tanish40. Ayniqsa, taxmislari asos g‘azallarga shaklan va mazmunan juda mosligi, yangi tashbehlar, badiiy unsurlar va teran falsafiy mazmun va mushohadaga egaligi bilan alohida ajralib turadi. Shoir taxmislarining o‘ttizga yaqini Alisher Navoiy g‘azallariga bog‘langan.
Ochildi Qo‘ysun janr talablarini chuqur o‘zlashtirgan holda ijod qiladi. Eng avvalo, aruz vazni qoidalariga to‘la rioya etishga intiladi.
Qilg‘anim birla jadal, g‘am-qayg‘u jilgudek emas,
Hasratim ul bag‘ritosh bag‘rini tilgudek emas,
Ul pari maqsudi dil dardimni bilgudek emas,
Ey ko‘ngul, holingga ul oy rahm qilg‘udek emas,
Zorlig‘ birla ishim andin ochilgudek emas.
Asos bayt ham, taxmis uchligi ham aruzning ramali musammani mahzuf (foilotun, foilotun, foilotun, foilun) vaznida yozilgan. Ham shakliy, ham mazmuniy mutanosiblikka alohida e’tibor qaratilgan. Shoir qo‘shgan uchlik misralari asos bayt mazmunini yanada kengaytirib, lirik qahramon kechinmalarini to‘laqonli ochib berishga xizmat qilmoqda. Jilgudek, tilgudek, bilgudek so‘zlari Alisher Navoiy baytidagi qilgudek, ochilgudek qofiyadosh so‘zlariga to‘liq hamohang bo‘lib, bayt mazmunini oydinlashtirishda katta ahamiyat kasb etgan. Albatta, bugungi taxmisnavislikda kamchiliklar ham yo‘q emas. Aruz vaznidagi g‘azalga barmoq vaznida taxmis bog‘lash, aruzda yozilganlarida esa cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolarni farqlamaslik kabi holatlar uchrab turadi. Bir maqola doirasida zamonaviy taxmisnavislikning barcha jihatlarini qamrab olishning imkoni yo‘q. Mazkur an’ana yanada kengayib, adabiyotimizga yangi-yangi nomlarning kirib kelishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa masalani adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan ilmiy tadqiqot darajasida o‘rganishni taqozo etadi. Anbaroy otkir zehni, istedodi bilan mahalla ayollari ortasida hurmat qozongan. Xalq uni otincha, Anbar otin deb ezozlaydi. Xalq qoygan bu nomdan mamnun bolgan shoira oziga “Anbar otin” taxallusini qabul qilgan.
Shoira to‘g‘riso‘zligi, ikkiyuzlamachilik, munofiqlikni, muttahamlikni yomon ko‘rganligi va tekinxo‘rlarni, zolimlarni qoralab yurganligi uchun boy xonimlarga yoqmaydi. Kunlardan birida uni Olim mingboshining uyida bo‘ladigan ziyofatga taklif qilishadi, u yerda kaltaklab baland zinadan itarib yuborishadi41. Shoiraning ikki oyog‘i sinadi, shol bolib qoladi. Muolajalar foyda bermaydi. Buning ustiga o‘pkasi ham xastalanib qoladi. Shoira uzoq yillar to‘shakda yotib qoladi. Ammo noumid bo‘lmaydi, ijod qilishda davom etadi. Farzandlarining tarbiyasi va tahsiliga alohida e’tibor beradi. Shoira o‘zining yotib qolganligi va farzandlari haqida shunday yozadi
Mani farzandlarim to‘rt bo‘ldiyu bas,
Mo‘minxojam edi andak yomoni.
Bibixon - rohati jonim, anisim,
G‘ariblik, dardmandlik darmoni.
Yotib qoldim, murabbim bo‘ldi shu qiz,
Aning birla topib jo‘nim omoni.
Usmonxo‘ja – halimu qobilimdur,
O‘qitdi ustod Xayrulloxoni.
Mani dardimga qo‘shdi ming alamlar,
Vafot etkan qizim ul Ominaxoni.
Misralardan ham ayonki, xastamand shoiraga qizi Ominaning bevaqt vafoti qattiq zarba boladi.
Shoira taxminan 1914 -1917 yillar oraligida vafot etadi.
Anbar Otinning ijodiy me’rosi deyarli sheriy asarlardan iborat. Uning oz qoli bilan yozgan devoni saqlab qolingan. Bu devon shoiraning og‘li Usmonxoja Zohidov tomonidan Qoqon adabiyot muzeyiga taqdim etilgan. Devonning hajmi 685 misra bo‘lib, unga kirgan she’rlarni shoira asosan hayotining keyingi yillarida yaratgan bo‘lishi kerak, degan taxminlar bor. Yuqorida etirof etganimizdek, 60-yillarda shoiraning farzandlari va boshqa ularga yaqin bo‘lgan kishilar tomonidan bir necha she’rlari, alohida she’riy to‘plami taqdim etildi42. To‘plam “hurufi hijo” tarzidagi asarlardan iborat, ya’ni shoira ularni yakka baytlar deb aytadiki, bunda arab harflarining har biriga alohida kichik she’rlar bitilgan.
Anbar Otin lirikasi alohida oziga xos ijoddir. Shoira ananaviy tarzdagi intim asarlarni juda o‘z yaratgan. U hayotda roy berayotgan har bir voqeaga bee’tibor bolmaydi, aksincha, sinchkovlik bilan kuzatib o‘z qarashlarini nazmiy yol bilan ifoda etadi:
Ey bolam, Xayrulloxon maktab ochibdur boringiz,
Albatta, shu yangi maktabda oqungiz, boringiz.
Yerda olturmay xarrakda oltururmish bolalar,
Toza turgay ust-boshu jomai dastoringiz.
O‘rgatarmish turk tilida har ilmdan borini,
Kelgusida shu bilimlar birla bolgay ko‘ringiz.
Bu she’r hayotiy voqelik asosida yaratilgan, yani o‘sha davrning yirik va nomdor ma’rifatparvarlaridan Xayrulloxon ismli mudarris shoira istiqomat qilayotgan Buzrukxoja mahallasida birinchilardan bolib “usuli jadid” maktabini ochadi. Maktab o‘z-o‘zidan eski, “qadimiya” maktablaridan tubdan farq qiladi43. Bolalar endi yerlarda emas, “xarrak”- stullarda otiradilar, ust boshlari ham ozoda saqlanib, darslar turk tilida olib boriladi. Shoira bu manzarani yuqoridagidek sodda va tasirli misralarda bayon etadi. Nazarimizda, bu oddiy sher emas, qalbi qaynoq shoiraning yangilik va yaxshilikka chaqiruvchi davatnomasi edi.
Quyidagi misralarda shoiraning vataniga bolgan muhabbati sodda, samimiy izhor qilinadi, u Vatanni ikkinchi ona sifatida talqin qiladi:

Odam ersang mani bil dona-dona,


Vatan erur sanga ikkinchi ona.
Uning Vatanga sodiq farzand bo‘lishlik haqidagi xitobi ham sodda, ammo o‘zgacha:
Odam ersang, tashqi surat berma zeb,
Ona yurtingni hamisha ayla zeb.
Anbar otin ijodining oziga xosligi shundaki, Turkiston ayollarining qismatlarini sheriyatga olib kirdi44. U sherlarida haq-huquqi poymol bolgan, toptalgan Sharq ayollari nomidan isyon kotaradi:
“Ayollar sochi uzun, aqli qisqadur” deganlarga,
Tovuqcha aqli yoq, axlatni titkonlarga ot tushsun...
“Xotunlar mol qatori sotilur”, deb mushtiparlarni
Zulayho, Layli, Shirinni tan olmaganlarga o‘t tushsun.
Shoira xalq hayotini kop o‘ylagan, o‘zicha tahlil qilgan. Xayolga berilib, undan zavqlangan, xayollarini reallikka aylanishini astoydil istagan. Quyidagi misralar shoiraning ana shunday orzu-umidlari:
Bir zamonni o‘ylagayman, hech zamonga o‘xshamas,
Bu jahon burchida to‘rtdan bir tomonga o‘xshamas.
Dashtu sahro bosh oyoq bo‘lgay tamomi boston,
Bu zamonning bostoni, bostonga o‘xshamas.
Tog‘laridin ko‘p xazina meni ol, deb qichqirur,
Jilgalar shahri azimu kohistonga o‘xshamas.
Anbar otin ijodida ishqiy g‘azallar ko‘p bo‘lmasada, ular sifat jihatdan salmoqlidir45. Shoira ishqiy tasvirlarda originallikka intilganligi yaqqol seziladi:
Sensiz bahor olmadi, gul ham biror bor kulmadi,
Tabim biron ochilmadi, san dilrabodin orgulay.
Shoira lirikasi asosan adab va hayoga yogrilgan kechinmalar ifodasidan iborat. Ehtirosli tuygular bayonida ham shoira ota odob va andisha bilan dildagi sirlarini bayon etadi:
Qay kuni bolgayki, bostonimga bir mehmon kelur?
Gul ochilgon chogida bir bulbuli handon kelur?
Shuningdek, u ko‘ngil rozlari bayonida soddalik yol tutadi va ayni paytda quyma satrlar, yangi tashbeh, mubolagalarni qo‘llaydi: Bir she’rida dildagi sirlarni yozish uchun yerning kengligidagi g‘oz qanoti lozimligini aytadi:
Patlaringni kengaytirgil shunchaki,
Har birini yer kengligida san yoz.
Qanotingga yurak sirlarin bitay,
Gamgusorim tarafiga et parvoz.
Anbar Otin she’rlarining asosiy qismi ijtimoiy-siyosiy masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar, munozaralar, tanqidiy qarashlardan iborat bo‘lgan asarlardir. Shoira hayotda ikki narsa bilan kelisha olmaydi: birinchisi, odamlar orasidagi tengsizlik, zoravonlik bolsa, ikkinchisi, birinchisi bilan bog‘liq holda birovlarni mensimaslik, takabburlik, boylik tufayli ilmga qiziqmaslikdir.
Hayotda ulug’ maqsadlar bilan yashagan shoira ijodda o‘ziga ham, boshqa ijodkorlarga ham yuksak talablarni qoyadi:

Shoira ersang vaqti-vaqti birla mushoira qil,


Ul Haziniy todasi kiribon munozara qil…
Kimsakim xalq gamidin gami bolursa, ango san,
Yondoshib har ishda ul ila mutoyiba qil.
Shoiraning “Yakka bayt”lari asosan didaktik xarakterdadir. Ammo ularda ijtimoiy-siyosiy qarashlar ham mavjud. Shoiraning bu turkumdagi she”rlari bugungi kunda ham o’z qimmatini yo‘qotgan emas va kelajakda yo‘qotmaydi ham. Har bir kitobxon quyidagi baytlarni oqib, bu fikrning to‘g‘riligiga iqror boladi:
So‘zlamasdin oldin so‘zingni sina.
Har bir so‘zdur umring ichinda zina.
Odami ersang, tashqi surat berma zeb,
Ona yurtingni hamisha ayla zeb.
Mashaqqatsiz hunardan chiqmaydi dur,
Hayonsiz ilm durdin kob erur dur.
Kimki ma’rifatni etsa e’zoz,
Ani irfon etar albatta mumtoz.
Anbar Otinning “Qarolar falsafasi” (“Falsafai siyohon”) asari alohida xususiyatga ega. Muallif uning kirish qismidan tashqari, to‘rt faslga bolgan46. Kirish qismida o‘z rejalarini bayon etadi. Jumladan, shunday deydi: “…barcha baxti qaro, farqi qaro, garchi qarolar ul qazo zulmat ichra zulm qaydida madfundurlarki, alar holi ostidagi qaro morchani korguvchi mutafakkir donishmand adib ahli nafis choralar bilan ifoda eturlar, bayon etgum”.
Birinchi faslda shoira qaro narsalar: qaro baxt, qaro niyat, qaro tusli xalqlarni ta’rif-tavsif etadi; ikkinchi faslda onalar hayoti va ularning o‘z zamonasidagi taqdiri haqida fikr yuritadi; uchinchi faslda shoira baxti qarolikning asl falsafiy mohiyatini ko‘rsatib beradi; to‘rtinchi faslda qaro zulmat, yani osha zamondagi ijtimoiy hayot kirdikorlari fosh etiladi.
Anbar Otin bu asari orqali o‘zbek xalqining, o‘zbek ayollarining isyonkor shoirasi sifatida namoyon boldi. Shoiraning hayoti va ijodidan fanimiz XX asrning 60-yillarida xabar topdi. 1963-yili professor L.Qayumov va F.Husayinova shoira asarlarini topib, e’lon qildilar. 1964-yili ushbu tadqiqotchilarning “Demokrat shoira Anbar Otin” risolasi bosilib chiqdi. 1970-yili shoira asarlarining to‘ldirilgan nashri amalga oshirildi. Otasi Farmonquli asli marg‘ilonlik bo‘lib, mashhur shoira Jahon otin Uvaysiyning jiyanidir. Onasi Ashurbibi Abdulgani qizi ham kosib oilasidan edi. Oila doimiy muhtojliklar ichida yashagan. Anbaroy yetti yoshga kirganida uni Dilshod otin maktabiga beradilar. U o‘z shogirdi haqida “Tarixi muhojiron” asarida shunday yozadi: “Anbaroy bug‘doyrang, sunbul sochli, ohu koz, oy yuzli, axloqi hamida va odobi pisandida sohibidur. Bu sakkiz yashar qizcha yoshligiga qaramay, hazrati Navoiy g‘azallarini o‘rganishga behad qiziqadi. Bu ojiza sakkizdan o‘n to‘rt yoshgacha odob ta’limiga mashg‘ul boldi. Umidim borki, bu qizcha katta shoira bolgusi”.
Bo‘lajak shoirani o‘n tort yoshlarida o‘ratepalik novvoy Zohidxoja ismli yigitga uzatadilar. Zohidxoja she’riyat muxlisi bolib, qo‘qonlik mashhur shoirlarni yaqindan bilar edi. Ular faqirona, lekin baxtli turmush kechiradilar. Mo‘minxoja, Bibixon, Usmonxoja, Ominaxon degan farzandlar ko‘radilar47. Anbaroy hassos she’rlari bilan ”Anbar Otin” bo‘lib taniladi. Biroq baxtsizlik yuz beradi. Anbaroy o‘ttiz yoshlarida Olim mingboshining uyida bo‘lgan bir ziyofatda baland zinadan yiqilib, oyog‘i sinadi va bir umr to‘shakka bog‘lanib qoladi48. Uning ustiga qizi Ominaxonning bevaqt vafoti shoira ijodidagi mahzunlikni ustuvor qilib qoyadi.
Shoira shafqatsiz taqdirga achchiqma-achchiq ijod etdi. Qo‘lidan qalamini qoymadi. Aksincha, qalami unga kuch berdi. 1910 yili adabiyotimiz tarixining yorqin bir sahifasi bolib qolgan “Qarolar falsafasi” asarini yaratdi.
Anbar Otinning qachon vafot etgani ma’lum emas. Ayrim she’rlarida Birinchi Jahon urushi bilan bog‘liq voqealar tasviri ham uchraydi. Shundan kelib chiqib, mutaxassislar uning vafotini 1914-1917 yillar qilib belgilaydilar.
Anbar Otin ijodining asosini uning she’riyati hamda «Qarolar falsafasi» nomli nasriy asari tashkil qiladi. Uning e’lon qilingan she’rlari adadi 90 ga yaqin. 1966 yili arab alifbosi harflariga bagishlangan “Yakka baytlar”i topildi. Nihoyat, u o‘zbek va tojik tillarida birday ijod qila olgan shoiradir. 1977 yili adabiyotshunos M. Qodirova uning 17 she’rini o‘zbekcha tarjimasi bilan nashr etgan edi.
Shoira she’rlarida ijtimoiy-siyosiy mazmun kuchli. Uning uchun adolatsizlik konkret tushuncha. U buni, avvalo, jannatday yurtning o‘z egalari xor bolib, kelgindilar tasarruf etayotganligida koradi. Shu sababli yurtdoshlariga murojaat qilib, uni ozod va obod etmoqqa chaqiradi. U yozadi:

Ey go‘zal Farg‘ona, o‘zingni kel emdi, shod qil, 


Har g‘azalni boshida, sen, o‘z otingni yod qil, 
Qaydi bandni pora aylab, ozlugung ozod qil, 
Qaygulik qunlarni kuydur, barchasin barbod qil, 
Emdi Turkistonda haqgoylik ila faryod qil.
Boglaring pajmurda boldi zog‘larning poyidin,
Ko‘kraging sadpora bo‘ldi daydilarning yoyidin,
Katra-qatra qon tomodur oq teshkon joyidin,
Kip-qizil qonlar oqodur jabr ko‘rgon soyidin,
O‘z qo‘ling birla bu yurtingni o‘zing obod qil.
Anbar otin o‘zining butun kuchi va qudrati ila hayotdagi har qanday adolatsizlik, firibgarlikni ayovsiz kesib tashlashga yo‘naltirar edi. U demokrat-ma’rifatparvar shoira sifatida o‘z ijodini olib bordi va 1905 yildan keying davrda adabiyotimiz bilan odim tashlab, yangi ijodiy cho‘qqilarni egalladi va adabiyotning taniqli shoiralaridan biri sifatida tanildi. Uning boy me’rosini o’rganish, adabiyotmiz tarixini Anbar otin haqidagi yana boy manbaalar bilan boyitish yosh olimlar, adabiyotshunoslar, tarixchilar uchun ham qarz ham farzdir desak mubolag‘a bo‘lmaydi.


Download 94.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling