Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakultetida 2022-2023 o‘quv yilida o‘tkazilgan barcha targ‘ibot tadbirlarini oav hamda universitet rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritib borish yuzasidan


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
Sana25.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1397036
Bog'liq
Ma\'lumot Tadbirlarning OAV da yoritilishi



Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar 
fakultetida 2022-2023 o‘quv yilida o‘tkazilgan barcha targ‘ibot tadbirlarini 
OAV hamda universitet rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlarida keng 
yoritib borish yuzasidan 
MA’LUMOT 
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar 
fakultetida jami 1233 nafar talaba tahsil oladi. Fakultetda talabalarni bo‘sh vaqtini 
mazmunli tashkil etish va yangi 
o‘quv 
yiliga 
moslashtirish 
maqsadida ko‘plab ma’naviy-
ma’rifiy tadbir, davra suhbatlari 
va 
uchrashuvlar 
tashkil 
qilinmoqda 
hamda 
OAV, 
universitet rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritib borilmoqda. 
Jumladan, 2022-yil 19-sentabr kuni Xorijiy tillar fakulteti talabalari hamda 
professor-o‘qituvchilari uchun zamonaviy, eng 
so‘nggi jihozlar bilan ta’minlangan 750 o‘rinli 
o‘quv binosi foydalanishga topshirildi. Tadbirda 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi 
vazirligi hamda OAV xodimlari ham ishtirok 
etishdi. Tadbir haqida “O‘zbekiston 24” va “MY5” 
telekanallarida efirga uzatildi va Universitet rasmiy veb-sayti “
www.tdpu.uz
”da 
ham batafsil yoritildi. 
2022-yil 28-noyabr kuni TDPU 
Xorijiy 
tillar 
fakulteti 
xotin-qizlar 
kengashi raisi X.M.G‘aybullayeva hamda 
Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi jamoasi 
a‘zolari 
D.N.Baxriddinova 
va 
U.N.Muradovlar 
tashabbusi 
bilan 
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, 


Gimnastika bo'yicha Olimpiadada 3 karra jahon chempioni Oksana Chusovitina 
bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvda 
fakultet 
dekani, yoshlar bilan ishlash 
bo'yicha dekan o'rinbosari, 
tyutorlar, 
professor-
o'qituvchilar va talaba-yoshlar 
ishtirok etishdi. 
Uchrashuv 
davomida 
Oksana Chusovitina hayotiy 
tajribasi va yutug'lari xaqida talaba qizlar bilan suhbat olib bordi. Talabalar o'zlarini 
qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Uchrashuv haqida qisqacha videolavha 
universitet rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi. 
2022-yil 18-dekabr kuni Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan 9-
sonli madaniyat markazida Nizomiy nomidagi TDPU Xorijiy tillar fakulteti, ingliz 
tili amaliy kursi kafedrasi tashabbusi bilan talaba qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli 
o‘tkazish va imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatdagi faolligini oshirishga 
qaratilgan "Biz bir tanu bir jonmiz" 
mavzusida hayriya tadbiri tashkil 
etildi. 
Tadbir Uchtepa hokimiyati, 
Xorijiy tillar fakulteti rahbariyati, 
ITAK 
kafedrasi 
jamoasi 
hamda 
fakultet xotin-qizlar kengashi raisi 
hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda 
fakultet talabalari tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari va musiqiy 
chiqishlar, turli qiziqarli shartlar imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun zavq 
ulashdi. Shartlarda g‘olib bo‘lgan bolajonlarga sovg‘alar berildi.


Tadbir 
so‘ngida 
fakultet jamoasi tomonidan 
hayriya 
oshi 
tarqatilib, 
barcha bolajonlar bayram 
sovg‘alari 
bilan 
taqdirlanishdi. Ushbu tadbir 
tafsilotalari 
universitet 
rasmiy veb-sayti va ijtimoiy 
tarmoqlarida keng miqyosda 
yoritildi. 
2022-yil 19-dekabr kuni Xorijiy tillar fakulteti rahbariyati hamda fakultet 
Xotin-qizlar kengashi raisi tashabbusi bilan IDP IELTS in Tashkent rahbari, 
Cambridge international university asoschisi Umidjon Ishmuxammedov ishtirokida 
"Maqsadni belgilash" mavzusida universitet talaba yoshlari uchun seminar-trening 
tashkil etildi. Seminar davomida talaba 
yoshlar vaqtni rejalash, maqsadni 
aniqlash, maqsad sari intilish bo‘yicha 
kerakli tavsiyalarga ega bo‘lishdi.
Treningning savol-javob qismida 
talabalar 
o‘zlarini 
qiziqtirgan 
savollarga javob olishdi.
Xorijiy tillar fakultetining ikki 
nafar talabasi eng qiziqarli savol sohiblari sifatida IDP rahbari tomonidan bepul 
IELTS imtihonini topshirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Seminarning qisqacha 
tafsilotlari universitet rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida keng miqyosda 
yoritildi. 
Yoshlar bilan ishlash
bo‘yicha dekan o‘rinbosari
 
 
 
K.Mo‘minov 
Fakultet tyutorlar sardori 
 
 
 
 
G‘.Muxiddinov 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling