Kichik va o‘rta guruh bolalarining umumrivojlantiruvchi mashqlarining reja-konspekti
kompleks- qo‘l va yelka-o‘mrov muskullarini rivojlantiradigan mashqlar.
D.h.: tik turgan xolda, oyoqlar yelka kengligida ochiq, qo‘llar gavda yonida.
B: qo‘llarni ikki yonga uzatish, ularni tepaga ko‘tarib, pastga tushirib, xarakatga keltirish. (“Qush qanot qoqadi”) 3-4 marta.
Oyoq muskullarini mustahkamlovchi mashqlar.
D.h.: bir qo‘l bilan stol suyanchig‘ini ushlab turish.
B: oyoqlarni bukish va rostlab oldinga uzatish (“Toy- choq”).
Gavda muskullarini mustahkamlovchi mashqlar.
D.h.: o‘tirish, qo‘llarni orqaga uzatib po‘lga tayanish.
B: oyoqlarni bukish, cho‘zish (“Uzun va qisqa oyoqchalar”).
kompleks.
D.h.: oyoqlar yelka kengligida.
B.: qo‘llarni oldinga uzatish, kaftlarni tepaga qilish (“Kaftingni ko‘rsat”). Qo‘llarni orqaga yashirish (“Kaftingni berkit”) mashqlarni 4-5 marta takrorlash.
D.h.: to‘g‘ri turish, oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar belda.
B.: o‘ng tomonga engashib, rostlanish. Chap tomonga engashish, rostlanish. 3-4 marta takrorlash.
D.h.: to‘g‘ri turish, oyoqlar yelka kengligida.
B.: o‘tirib qo‘llarni pastga tushurish, rostlanish 3-4 marta takrorlash.
D.h.: tik turish, qo‘llar pastga tushurilgan. Oyoqlar yel- ka kengligida.
B.: cho‘qqayib o‘tirish, boshini tizzalarga engashtirib, tizzalarni qo‘llar bilan quchib turish (“Berkindi”). 5-6 marta takrorlanadi.
D.h.: chalqancha yotish.
B.: Oyoq-qo‘llarini (“Qo‘ng‘izlarga o‘xlhab”) qimirlatish. 5-6 marta takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |