Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Maktabga tayyorlov guruhi (6-7)dagi bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar


Download 1.2 Mb.
bet69/135
Sana30.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1409730
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   135
Bog'liq
БЖТ 22-23 умк (2)

Maktabga tayyorlov guruhi (6-7)dagi bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar.
Qo‘llar va yelka Kamari uchun mashqlar. Qo‘llarni yuqoriga oldinga, yon tomonlarga ko‘tarish, tovonlarni juftlab oyoq uchlarini ochib, tik tutgan holda oyoq uchida ko‘tarilish, bir oyoqni uchini orqada qoldirib, devorga tiralish. Qo‘llarni ko‘krak oldida tutgan yoki yelkalarga qo‘ygan holatdan ularni yon tomonlarga cho‘zish. Yelkalarni ko‘tarish va pastga tushurish. Tirsakda bukilgan qo‘llarni oldinga va yon tomonlarga shaxdam yozib (barmoqlar musht qilib bukilgan), tirsaklarni orqaga bukish (2-3 marta) va qo‘llarni ko‘krak oldidagi tomondan yon tomonlarga cho‘zish. Qo‘llar tirsakdan bukilgan holda aylana holatdan yon tomonlarga cho‘zish. Qo‘llar tirsakda bukilgan holda aylana harakatlar qilish, qo‘l panjalari oldinda va yonda. Panjalarni aylantirish, barmoqlarning uchlarini navbatma – navbat bosh barmoq bilan bukish.
Oyoqlar uchun mashqlar. Oyoqni oldinga uzatib chalishtirish. Qo‘llarni bosh orqasiga, yelkalarga qo‘yib turib o‘tirish. Turgan holatda har qaysi oyoqni ayrim- ayrim holda navbat bilan bukish, bir oyoqni ayrim-ayrim holda navbat bilan bukish, bir oyoqni ketma –ket 2-3 marta bukib ko‘tarish. Oyoqlar keng yozilgan holda yurish, oyoqni oldinga siltab ko‘tarib, to‘g‘irlangan oyoq uchini oldinga cho‘zilgan qo‘llarning kaftiga tekkizish. Narvon pog‘onasini, stul suyanchig‘ini bir qo‘l bilan ushlab turib, oyoqni erkin ravishda oldinga va orqaga silkitish.
Gavdani rivojlantirish uchun mashqlar. Boshni pastga egish, yuqori ko‘tarish, yon tomonlarga burish. Qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib, yon tomonlarga yoyib, belga tirab, bosh orqasiga qo‘yib yon tomonlarga burilish. Qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib, atrofga yozib, oldinga va orqaga egilish, o‘tirib ikki oyoqni ko‘tarish, oyoq uchlarini cho‘zish, oyoqlarni xuddi shu holatda o‘tirib turish. O‘rindiqning orqasiga tayanib, o‘tirgan holda uning ustidan ko‘tarilgan oyoqni oshirib o‘tkazish. Chalqancha yotgan holatdan oyoqlarni zichlab ogirilish va yana yotish. Orqa bilan yotib, ikki oyog‘ini baravar ko‘tarish. Bir oyoqda o‘tirib turishni sinab ko‘rish. Orqa bilan yotgan holatda gimnastika o‘rindig‘ida tortilish va o‘z gavdasini ko‘tarish. Ko‘krak baravaridagi devorga suyanib( gimnastika narvonchasining pog‘onasini ushlab) qo‘llarni bukish va ochish. Gimnastika narvonchasiga orqa bilan suyanib turish va qo‘lni boshdan oshirib, uning pog‘onasini mumkin qadar yuqorirog‘idan ushlash; tizza ko‘zidan bukilgan oyoqlarni poldan navbatma-navbat ko‘tarish.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling