Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1.2 Mb.
bet67/135
Sana30.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1409730
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   135
Bog'liq
БЖТ 22-23 умк (2)

Kichik guruh (34 )dagi bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar.
Qo‘l muskullari uchun mashqlar. Dastlabki holat: gavda tik tutilgan, oyoqlar yelka kengligida ochilgan, qo‘llarni yuqoriga va yonga uzatish, bukish va cho‘zish, qo‘llarni orqaga yashirish, bosh ustida, ko‘krak oldida chapak chalish, qo‘llarni suzayotgandek harakatlantirish.
Oyoqlar uchun mashqlar. Turgan joyida yurish: oldinga, orqaga va yonga qadam tashlash. Bir oyoqda turgan holda ikkinchi oyoqni bukish va yozish. O‘tirib turish; oyoq uchida ko‘tarilish; tovonda turish, oyoq barmoqlarini qimirlatish; chalqancha yotgan holda oyoqlarda velosipet mashqini qildirish.
Gavdani rivojlantiruvchi mashqlar. O‘ng va chapga burilish, yon tomonga engashish; qorin bilan yotgan holda qo‘llarni oldinga uzatish va oyoqlarni ko‘tarish; yonboshdan yonboshga ag‘darilish.
Saflanish va qayta saflanish. Bir – birining ketidan turish, doiraga ketma- ket saflanish.
O‘rta guruh (4-5) dagi bajariladigan umurivojlantiruvchi mashqlar.
Qo‘l va yelka uchun mashqlar. Qo‘llarni oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga ko‘tarish va har safar navbat bilan pastga tushirish. Qo‘llarni yonga, oldinga uzatgan holda kaftlarni ochib – yopish va aylantirish. Qo‘llarni birin – ketin navbat bilan oldinga va yuqoriga ko‘tarish, tushurish orqaga siltash.
Oyoq uchun mashqlar. Oyoq uchida tik turish, navbat bilan avval tovonda so‘ng oyoq uchida turish, ketma –ket bir necha marta yarim o‘tirib turish, oyoq kaftlarini bukish va yozish, oyoq panjalari bilan arqonni yeg‘ish, tovon bilan buyumlarni bir joydan ikkichi joyga ko‘tarish.
Gavdani rivojlantiruvchi mashqlar. Qo‘llar belda, ularni yon tomonga uzatib goh chap, goh o‘ng tomonga burish, oyoqlarni juftlab oldinga egillish, qo‘l barmoqlarini oyoq uchiga tegizish: biron narsani polga qo‘yish va olish, bir oyoqni ko‘tarib uning ostidan biror buyumni o‘ng qo‘ldan chap qo‘lga o‘tkazish yoki aksincha qo‘llarga tayangan holda ikkala oyoqni ko‘tarishga urinish, buklash yoki to‘g‘rilashga harakat qilish. Tizzalarga tayanib turib belni bukish va to‘g‘rilash, qo‘llarni navbat bilan ko‘tarish, chalqancha yotgan holda qo‘llar bilan turli harakatlarni bajarish; aylanib qorinda yotish, qo‘lni uzatib biror buyumni ushlab turish, qorni bilan yotgan holda oldinga uzatilgan qo‘lni, yelka va boshni ko‘tarish kabilar nazarda tutiladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling