Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1.2 Mb.
bet64/135
Sana30.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1409730
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   135
Bog'liq
БЖТ 22-23 умк (2)

Muvozanatni saqlash mashqlari. Muvozanat saqlash har qanday holatni saqlab turishning zarur doimiy komponentidir.
Maktabgacha tarbiya yosh davomida muvozanatni saqlash funksiyalarini rivojlantirish gavdaning ma’lum holatini (o‘tirgan, tik turgan, emaklash, keyinchalik yurishda ham) saqlashdan boshlab har qanday harakat va holatlarda gavdani barqaror tuta olishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.
Muvozanat saqlash gavdaning barqaror holatini saqlash vositasi sifatida diqqatning to‘planganligini, harakatlar koordinatsiyasini, muayyan sharoitlarda mo‘ljal olishni, ularga tez, to‘g‘ri javob qila olishni botirlik va o‘z-o‘zini tuta bilishni talab qiladi. Shuning uchun muvozanat mashqlari tez sur’atda, juda harakatchanlik bilan bajariladigan yugurish, sakrash harakatlaridan oldin o‘tkaziladi.
Muvozanat saqlash mashqlari ilk yoshdan joriy etiladi, bolalar 15-20 sm ko‘tarilgan taxta ustidan yuradilar, keyinchalik esa bolalarga turli buyumlar (savatcha, to‘p, xaltachani) boshda ko‘tarib yurish tavsiya etiladi; bola, shnur, narvon yog‘ochlarida yuradi; to‘satdan to‘xtab, cho‘qqayib gavdani har-xil holatda tutib yuradi.
Ma’lumki muvozanat (uni saqlab turish va tutib turishga intilish) har qanday harakatlar uchun doimiy va zarur komponet bo‘lib hisoblanadi. Katta maktabgacha yoshda muvozanat saqlashni turli tuman mashqlar vositasida takomillashtirib borish davom ettiriladi.
Muvozanat saqlash funksiyasining kechiqishi yoki yetarli rivojlanmasligi harakat aniqligiga, sur’atiga, meyoriga ta’sir ko‘rsatadi. Ular natijalarining yaxshilanishi 5-6 yoshli bolalarda mushak tonusi muvofiqligining yetarli darajada yaxshi rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Katta guruhlarda muvozanat mashqlarini tayanchni toraytirilgan va kengaytirilgan holatda bajarish taklif etiladi. Bunda topshiriqlar turli narsalar bilan bajariladi. Muvozanatni saqlashni rivojlantirish mashqlarining barchasi bolalardan diqqatni bir joyga to‘plashni, diqqat- e’tiborni, irodaviy zo‘r berishni talab qiladi; shuning uchun mashqlarni o‘rtacha va sekin sur’atda tarbiyachining kuzatuvi ostida o‘tkazish va zarur hollarda ayrim bolalarga yordam berish hamda ularni asrab-avaylash lozim .

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling