Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1.2 Mb.
bet101/135
Sana30.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1409730
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   135
Bog'liq
БЖТ 22-23 умк (2)

Nazorat uchun savollar

1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishni tashkil etishda qanday shakllardan foydalaniladi?


2.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertalabki badantarbiyakim tomonidan olib boriladi?
3.Nima uchun ertalabki badantarbiya deyiladi?
4.Turli yosh guruhlarida ertalabki badantarbiya qanday tashkil etish?
5.Ertalabki badan tarbiyani tashkil etish metodikasi qanday bo‘lishi kerak?
6.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni mustaqil faoliyatlari qay tarzda tashkil etiladi?
7Maktabgacha yoshdagi bolalarning faol dam olishlari qay tarzda tashkil etiladi?
8.Sayrda o‘tkaziladigan jismoniy mashqlar va harakatli o‘yinlar qay tarzda tashkil etiladi?
9.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida chiniqtirish tadbirlari qay tarzda tashkil etiladi?

14-Mavzu: Jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchining ish faoliyati. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishni rejalashtirish


Reja:
1.Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchiga qo‘yiladigan malaka talablari.
2. Jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchining kasbiy vazifalari haqida.
3.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishni rejalashtirish.


Tayanch iboralar: jismoniy tarbiya bo‘yicha ishni rejalashtirish,rejalashtirish tamoyillari, rejalashtirish turlari, oylik rejalashtirish. jismoniy tarbiya yo‘riqchisining ish hujjatlari,kasbiy vazifalari, malaka talablari,mashg‘ulotlarini rejalashtirish, jismoniy tarbiya yo‘riqchisining ish hujjatlarin.


1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya yo‘riqchisiga qo‘yiladigan malaka talablari

Bolalarni jismoniy tarbiya yo‘riqchisini maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktabgacha pedagogika va psixologiya fakultetlarida maktabgacha pedagogika kollejlarida ishlash uchun ham, xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim Modullarida boshqaruv, uslubiy faoliyat uchun kadrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlarida kasbiy tayyorgarligiga katta e’tibor qaratilmoqda.


Jismoniy tarbiya yo‘riqchisining ish faoliyati - bu murakkab, ko‘p qirrali jarayon bo‘lib u yo‘riqchidan sog‘liqni saqlash va ta’limiy vazifalarni tibbiy-biologik, psixologik, pedagogik va maxsus fanlarning yutuqlari asosida pedagogik jarayonni tashkil etishni talab etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etildi. Uning ish vazifalari ushbu mutaxassisga qo‘yiladigan asosiy talablarni o‘z ichiga olgan malaka toifasiga muvofiq taqsimlanadi. Ushbu talablarga binoan yo‘riqchi maktabgacha yoshdagi bola bilan jismoniy tarbiya bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi, uning jismoniy rivojlanishi va sog‘lig‘ining holatini nazorat qiladi. Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi tibbiy, pedagogik, yordamchi va boshqaruv xodimlari bilan yaqin aloqada ishlaydi.
Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi quyidagi ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi kerak:
• Didaktik qobiliyatlar - pedagogik jarayonni to‘g‘ri tashkil etish qobiliyati; prinsiplar, vositalar, o‘qitish usullari to‘g‘risida bilimga ega bo‘lish; mashqlar paytida chiniqtirish jarayonlarini tashkil etish.
• Akademik qobiliyat - yangi narsalarni ijodiy izlash. Ma’lumki, barcha iqtidorli yo‘riqchilar doimiy ravishda yangi narsalarni izlaydilar.
• Kommunikativ qobiliyatlari - bola, ota-onalar, hamkasblar bilan muloqatda bo‘lish, yaxshi munosabatlarni o‘rnatish qobiliyati. Bu yo‘riqchining shaxsiy va ishbilarmonlik fazilatlariga asoslanadi.
• Perseptiv qobiliyatlari - bolaning ichki dunyosiga qarash, uni ko‘zlari, imo-ishoralari va boshqalar bilan tanib olish qobiliyati. sog‘lig‘ining holati, ularning kayfiyatini tushunish.
• Ekspressiv qobiliyatlar - nutq, mimika, imo-ishoralar, pantomima. Bolalarga tarbiya va ta’lim ishlarida ko‘p narsa bunga bog‘liq. So‘zni yorqin, obrazli, adabiy to‘g‘ri va aniq ishlatish yo‘riqchi uchun muhimdir.
• Tashkilotchilik mahorati - yo‘riqchining kasbiy malakasini, samaradorligini ko‘rsatgan holda bolalar sayrlari,sayohatlari, bo‘sh vaqt, ta’til va boshqalarni tashkil qilish qobiliyati.
• Gnostik qobiliyatlar - yo‘riqchining, agar kerak bo‘lsa, bolani o‘qitish va tarbiyalash strategiyasi va taktikasini to‘g‘rilashga imkon beradigan, o‘z tarbiyalanuvchilari va o‘zlarining faoliyatini tahlil qilish qobiliyati.
• Stressga chidamlilik - yo‘riqchining his-tuyg‘ularini boshqarish, o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmini faollashtirish, tanqidiy vaziyatlarda chidamlilik, sabr-toqat va xotirjamlikni namoyon etishi.
• Empatiya - hamdardlik, quvonish va xafa bo‘lish qobiliyati; bolaning yutuqlari va kamchiliklariga aralashish, unga yordam berish va qo‘llab-quvvatlash istagi.
Jismoniy tarbiya va sport yo‘riqchisi lavozimiga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:
a) kamida jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumot;
b) amaliy ish staji talab qilinmaydi.
Yo‘riqchilarning majburiyatlari:
-maktabgacha ta’limga qo‘yilgan davlat talablari mazmunini bilishi;
-“O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonun va qarorlarni, Maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha talim tashkilotlarida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlantirishga oid meyoriy hujjatlar, yo‘riqnomalari mazmunini bilishi;
-maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiyasi, bolalarni jismoniy tarbiyalashning nazariy va amaliy asoslarini bilishi;
-bolalar anatomiyasi va fiziologiyasini yaxshi anglagan bo‘lishi;
-sport va ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlay olishi;
-zamonaviy va xalq o‘yinlarining qoida va talablarini bilishi va ulardan ish jarayonida unumli foydalanishi lozim.
Jismoniy tarbiya va sport yo‘riqchisining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) har bir guruh uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jadvalini tuzadi, guruhlar yosh tarkibini hisobga olib tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazadi;
b) kun davomida bolalarning harakat faolligini nazorat qiladi. Sport-sog‘lomlashtirish ishlarini olib boradi, shu maqsadlarda sport, sog‘lomlashtirish tadbirlari rejasini ishlab chiqadi; sog‘lom, jismonan baquvvat holda maktabga tayyorlash maqsadida bolalarga jismoniy mashqlar bajartiradi; jismoniy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar bilan alohida mashg‘ulotlar o‘tkazadi;
v) bolalarning sog‘ligi va jismoniy holatini nazorat qiladi, tarbiyachilar va ota-onalarga bolalar sog‘ligini mustahkamlash, jumladan, sport seksiyalari, to‘garaklar tashkil qilish bo‘yicha maslahatlar beradi, ularga metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi;
g) mashg‘ulotlar paytida bolalar sog‘ligi va xavfsizligiga javobgardir, o‘zining kasbiy mahoratini, bolalar bilan ishlash metodik usullarini uzluksiz takomillashtiradi, maktabgacha muassasa xodimlari va ota-onalar orasida jismoniy tarbiya tashviqotini olib boradi.
Jismoniy tarbiya va sport yo‘riqchisi maktabgacha ta’limga davlat talablari mazmuni:
-maktabgacha ta’limi vazirligining maktabgacha muassasalarda jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlantirish masalalariga oid metodik;
-meyoriy, yo‘riqnoma va boshqa boshqaruv hujjatlarini, bolalarni maktabgacha tarbiyalash pedagogika va psixologiyasi asoslari;
- bolalarni jismoniy tarbiyalashning nazariya va amaliyoti asoslarini, bolalar anatomiyasi va fiziologiyasini;
- sport-ommaviy tadbirlar o‘tkazish tartibini, zamonaviy va xalq bolalar sport o‘yinlari qoida va talablarini bilishi kerak.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling