32. Bola necha oylikdan boshlab yura boshlaydi?
a) 12 oylik ;
b) 13 oylik ;
c) 14 oylik ;
d) 11 oylik.
33. Bola necha yoshdan boshlab tirmashish, uloqtirish xatti-harakatlarini bajaradi?
a) 4-5 yosh;
b) 2-3 yosh;
c) 1-2 yosh ;
d) 3-4 yosh.
34. Qaysi yosh davr bolaning bo‘y, gavda, bosh aylanasi, ko‘krak qafasi kabi asosiy ko‘rsatkichlarning tinimsiz o‘zgarib turishi bilan xarakterlandi?
a) go‘daklik davri;
b) ilk yosh davri ;
c) kichik yosh davri ;
d) o‘rta yosh davri.
35. Insoniyat o‘z turli faoliyatlarida foydalanadigan yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashish kabi hayotiy zarur harakatlarga nima deyiladi?
a) Siklik harakat;
b) atsiklik harakat;
c) asosiy harakat;
d) yordamchi harakat.
36. Asosiy harakat necha qismga bo‘linadi?
a) 2;
b) 3;
c) 4;
d)6.
37. Qaysi tipdagi harakatlar tez o‘zlashtiriladi va avtomatlashtiriladi?
a) atsiklik harakat;
b) siklik harakat;
c) asosiy harakat;
d) yordamchi harakat.
38. Takroriy shaklga ega bo‘lmaydigan harakatlar bu:
a) sklik harakat;
b) atsiklik harakat;
c) asosiy harakat;
d) yordamchi harakat.
39. Qaysi tipdagi harakatlar uchun harakatlarni bajarishda izchillik bo‘lishi talab etiladi?
a) siklik harakat;
b) atsiklik harakat;
c) asosiy harakat;
d) yordamchi harakat.
40. Atsiklik harakatlarni belgilang.
1) yurish; 2) sakrash; 3) uloqtirish; 4) tirmashish; 5) muvozanat saqlash; 6) yugurish.
a) 1, 3, 5;
b) 2, 4, 6;
c) 1, 5, 6;
d) 2, 3, 5.
41. Siklik harakatlarni belgilang.
1) yurish; 2) sakrash; 3) uloqtirish; 4) tirmashish; 5) muvozanat saqlash; 6) yugurish.
a) 1, 5;
b) 2, 4, 6;
c) 1, 6;
d) 2, 3, 5.
42. Sakrash necha bosqichdan iborat?
a) 3;
b) 5;
c) 4;
d) 6.
Do'stlaringiz bilan baham: |