Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Sharq mamlakatlarining jismoniy tarbiya haqidagi qarashlari


Download 1.2 Mb.
bet21/135
Sana30.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1409730
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   135
Bog'liq
БЖТ 22-23 умк (2)

2.1 Sharq mamlakatlarining jismoniy tarbiya haqidagi qarashlari
Jismoniy tarbiyaning kelib chiqishi haqidagi masala jismoniy madaniyat va sport tarixining eng muhim muammolaridan biridir. Uning ibtidoiy jamoa davrida mavjudligi tan olingan bo‘lsada, biroq Markaziy Osiyo va Sharq mamlakatlarida jismoniy tarbiyaning paydo bo‘lishi va uning taraqqiyoti masalalari xanuzgacha tadqiq qilinmagan. Jismoniy tarbiyaning paydo bo‘lishini aniqlashni Markaziy Osiyo xalqlariga oid mehnat va ov qurollari, qadimiy inshootlari, qabrlar, tog‘dagi g‘orlar, qoyalarga ishlangan sur’atlar asosiy manba xisoblanadi.
O‘sha davrda fan va madaniyat shu darajada rivojlandiki, bizning diyorimiz bu borada misli qurilmagan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Abu Nasr Farobiy Muso al-Xorazmiy, Imom Muhammad al-Buxoriy, Axmad al-Farg‘oniy, Imom Iso at-termiziy, Abu Rayxon al-Beruniy, Maxmud az-Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Axmad Yassaviy, Abu Ali ibn Sino singari allomalar mamlakat madaniy-ma’rifiy sohasini yuksak cho‘qqilarga olib chiqdilar. Chunonchi, o‘zbekiston jismoniy madaniyati va sporti asoslari o‘sha fan va madaniyat arboblarining nomi bilan bevosita bog‘liqdir.
Sharq allomalarning yirik namoyondalaridan biri bo‘lgan. Abu Nasr ibn Uzlug ibn Tarxon al-Forobiy Aris daryosining Sirdaryoga qo‘yilgan joyida. Shosh-Xzirgi Toshkent shaxridan 200-260 km shimoliy-g‘arbda joylashgan Forob (Utror) shaxrida tavallud topgan. U deyarli barcha fan sohalarini egallab 160 dan ortiq asarlar ijod qilgan, u ayniqsa riyoziyot, falaqiyot, tabobat, musiqa, falsafa, tilshunoslik va adabiyotga oid buyuk asarlar, risolalar yozib jahonga mashhur bo‘lgan.Forobiy insonni tarbiyalashda ma’lum darajada tarbiyaning boshqa turlarini ham o‘z ichiga oluvchi (mehnat, estetik, jismoniy, gumanistik) axloqiy tarbiya bilan o‘zaro birligini xisobga olib, faqat shu asosda oliy baxtga erishish mumkinligini qayd etdi.
Forobiy ta’limotiga ko‘ra, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi jismonan baquvvat bo‘lishi lozim, ya’ni jismoniy tarbiya shaxsning garmonik rivojida eng muhim omillaridan biridir. «Inson tanasining kamolati-bu sog‘likdir. Sog‘likni saqlamoq,u bo‘lmagan taqdirda jismoniy tarbiya yordamida tiklamoq lozim».Olimning yuqoridagi pedagogik mulohazalari sog‘lom turmush tarzini shaqllantirish metodikasini tushunishda o‘ta muhim rol tutadi.
Forobiy ta’limoti Sharq pedagogik tafakkurining shaqllanish va rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Sharq dunyosining buyuk daxo olimi Abu Ali al-Xusayn ibn-Abdullox ibn al-Xasan ibn Ali ibn Sino Buxoro yag‘inidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. Sharqda «Shayx-ur Rais», g‘arbda esa «Avitsenna» nomi bilan mashhur bo‘lgan.
Jahon ma’naviyat beshigini tebratgan Ibn Sino mashhur shifokor, faylasuf, shoirgina bo‘lib qolmasdan, balki jismoniy tarbiyaga doir g‘oyat nodir meros qoldirga. Insonning ma’naviy yetuk bo‘lib, jismonan barkamol bo‘lishi uchun kurashgan va bu yo‘lga butun umrini tikkan olim o‘z asarlarida jismoniy tarbiyaning kishi uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini «Badantarbiya-kishi sog‘ligini saqlashda ulug‘vor usuldir», deya bashorat qildi, uni ham nazariy, ham amaliy jihatdan isbotlab berdi.
Abu Ali ibn Sino jismoniy tarbiyaga inson organizmini sog‘lomlashtirish va kasallikni davolash nuqtai nazaridan qarab, uni beshta asosiy qismga ajratdi, jumladan: 1. Tez harakatlar. 2.Nozik va yengil harakatlar. 3. Kuchliroq harakatlar. 4. O‘ta kuchli harakatlar. 5. Gavda uchun maxsus harakatlar.
U jismoniy tarbiyaning tez harakatlar turiga quyidagilarni kiritdi:
«O‘zaro tortinish, musht bilan turtinish, yoydan o‘q otish, tez yurish, nayza otish, yuqoridagi bir narsaga irg‘ib osilish, bir oyoqda sakrash, qilichbozlik. Nayzabozlik, otda yurish, ikki qo‘lni silkitish, bu vaqtda odam oyoq uchlarida turib. qo‘llarini oldga va orqaga cho‘zib tez, harakat qiladi». Olim o‘yin turlari va unsurlarini shunchaki sanab o‘tmasdan, balki xalq donishmandlari asosida hamda o‘zining kuchli bilimi bilan ularni boyitadi, inson kamoloti uchun qaysi tarzda foydali ekanligini tushuntiradi.
Ulug‘ xakim kasalliklarga chalingan bemorlarni jismoniy tarbiya vositalari bilan davolashga alohida e’tibor bergan. U isitmadan xolsizlangan, ko‘krak va qorin to‘sig‘i kasalligidan zaiflashgan kishilarga aslo tizimning charchaganidan kelib chiqqan parishonxotirlik, ishtaxa bug‘ilishi kabi kasalliklardan qiynalayotganga jismoniy mashqlarning kuyidagi nozik va yengil turlarini tavsiya qiladi: arg‘imchoq: belanchaqlarda tik holda, o‘tirib yoki yotib uchish: qayiq yoki kemalarda sayir qilish:
Kuchliroq mashqlarga esa - ot va tuyaga minish: kajava va aravalarga tushish.
Jismoniy tarbiyaning o‘ta kuchli turiga maydonda qilinadigan quyidagi harakatlarni kiritadi:
-kishi maydonning u chetidan bu chetiga tez harakat bilan borib orqasi bilan qaytadi va har safar yurish masofasini maydonning o‘rtasidan turib qolganiga qadar kamaytira boradi: kishining o‘z soyasi bilan olishishi: chapak chalish:
-sakrash: nayza uchi bilan sanchish: katta va kichik kurralar bilan chavgon o‘yini: koptoklar bilan o‘ynash: kurash: tosh ko‘tarish, quvlashish:
-chopayotgan otni jilovidan tortib to‘xtatish tortib to‘xtatishning beshinchi turi «Gavda uchun maxsus harakatlar xisoblanib, ularning har birida ma’lum darajada o‘yin elementlari mavjud ya’ni: 1. qo‘l va oyoq harakatlari. 2.Ko‘krak va nafas a’zolarining harakatlari. 3 Butun tanaga oid harakatlar.
Ibn Sino xalqimizning milliy sport turi bo‘lgan milliy kurashimiz (buxorocha va farg‘onacha) haqida ajoyib ma’lumot qoldirgan. «Kurashning turlari ham bir nechadir, deydi u. Ulardan biri ikki kurashuvchining har biri o‘z raqibining belbog‘idan ushlab o‘ziga tortadi, shu bilan birga kurashuvchi o‘z raqibidan qutulushning chorasini qiladi. Ikkinchisi esa uni ko‘yib yubormaslikka harakat qiladi.Boshqa turi: ikki kurashuvchidan biri ikkala qo‘li bilan ikkinchisini maxkam quchoqlab o‘ziga tortadi va yonga agdaradi, bu vaqtda birinchi kurashuvchining o‘ng qo‘li ostidan o‘tkazishi kerak, kurashuvchilar gox kadrlarini tiklab, gox egiladilar.
Kurash turlariga yana ko‘krak bilan zarbani qaytarish, ikkinchi bor kishining bo‘ynidan ushlab pastga egish, bir-birining oyoqlarini o‘z oyoqlari bilan chalkashtirib, chalib yoki oyoqlari bilan ikkinchisining oyoqlarini yirib qilinadigan va polvonlar ishlatadigan harakatlar ham kiradi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling