Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika unversiteti


Download 294.21 Kb.
bet12/34
Sana30.10.2023
Hajmi294.21 Kb.
#1735120
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika unversiteti

Kattalar bilan:


Bolalarning xulq-atvori va rivojlanishiga kattalarning boshqaruv usuli: avtoritar, demokratik va beparvolik (loqaydlik) ham ta`sir ko`rsatadi. Bolalar demokratik boshqaruv usuli sharoitlarida o`zini yaxshi his qilishadi va rivojlanadi.
  • Tengdoshlari bilan:


Olti yoshdan boshlab bolalar ko`p vaqtini tengdoshlari, aynan o`zi bilan bir jinsdagi bolalar bilan o`tkazadi. Konformizm kuchayib boradi, 12 yoshlarda u o`zining cho`qqisiga chiqadi. Odatda tanilib ulgurgan bolalar sharoitga yaxshi moslashadi, tengdoshlari orasida o`zini yaxshi his qiladi va hamokrlik qilishga tayyor bo`ladi.
  • O`yin:


Odatdagidek, bolalar ko`p vaqtini o`yinga ajratadi. Unda hamkorlik va raqobat tuyg`ulari shakllanadi, haqiqat va adolatsizlik, salbiy fikrlash, tenglik, etakchilik, bo`ysunish, sodiqlik, sotqinlik kabi tushunchalar shaxsiy ahamiyat kasb etadi. O`yin ijtimoiy tus ola boshlaydi: bolalar yashirin jamiyatlar, klublar, maxfiy kartalar, shifrlar, parollar va alohida rituallarni o`ylab topishadi. Bolalar jamiyatidagi rollar va qoidalar kattalar jamiyatida qabul qilingan qoidalarni o`zlashtirish imkonini beradi. 6-11 yoshda o`rtoqlar bilan bo`lgan o`yinlar ko`p vaqtni oladi.
  • Emotsional rivojlanishi:


Bola maktabga borgan damlardan boshlab, uning emotsional rivojlanishi uydan tashqarida to`plagan tajribasiga ko`proq bog`liq bo`ladi. Bolaning qo`rquvi doirasi kengayib borayotgan atrof-muhitdan qabul qilinayotgan yangiliklarni o`zida aks ettiradi. O`tgan yillardagi tushuntirib bo`lmaydigan qo`rquvlar anglangan qo`rquvlar: darslar, ukollar, tabiiy hodisalar, tengdoshlar o`rtasidagi munosabatlardagi jihatlar bilan almashadi. Qo`rquv vahima yoki xavotirlanish shaklini ham olishi mumkin.
Vaqti-vaqti bildan o`quvchilarda maktabga borish xohishi yo`qoladi. Simptomlari (bosh og`rishi, qorindagi og`riq, qayd qilish, bosh aylanishi) hammaga yaxshi ma`lum. Bu bahona emas, bunday vaziyatlarda uning asl sababini aniqlashga e`tibor qaratish kerak. Bu balki muvaffaqiyatsizlik, o`qituvchi tomonidan qilinadigan tanqid, ota-onalar yoki tengdoshlarining yuz o`girishi oldidagi qo`rquv bo`lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda ota-onalarning bola maktabga borishidan do`stona-qat`iy manfaatdorligi katta yordam beradi.

    1. Download 294.21 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling