Maqsad: Bolalarga o`z kayfiyatini ranglar orqali aks ettirishni o`rgatish.
Material: Guash`, akvarel`, oq qog`oz.
Pedagog bolalarga ranglarni ixtiyoriy tarzda tanlashni taklif qiladi (rangli dog`, chiziqlar tortiladi).
Izoh: qora va siyohranglar bolalarda tushkunlik, qo`rquv alomatlari borligidan dalolat beradi.
2 - mashq. Rasm solish orqali qo`rquv xolatini aniqlash
Maqsad: bolalarning qiziqishlarini, havaslarini, temperament xususiyatlarini, tuyg`u-kechirmalarini va ichki dunyosini tushunish.
Material: rangli qalamlar, oq qog`ozlar.
Pedagog bolalarga har hil mavzularda rasm solishni tavsiya etadi: «Maktabda»,
«Ko`chada», «Oilada», «Men qo`rqinch to`sh ko`raman», «Men kunduzi nimadan qo`rqaman», «Mendagi eng yomon xolat», «Mendagi eng yaxshi xolat».
Ixoh: rasmlardagi qora va kulranglarning aksariyati boladagi ko`rquv xolatlarini ko`pligidan, bolada ko`ngil xo`shligini yo`qligidan, kayfiyati sust ekanligidan dalolat beradi.
2-bob buyicha xulosalar:
Shunday qilib, «BOLALARDA QO`RQUV va XAVOTIRLANISh XOLATLARINI TUZATISh MeTODIKALARI» mavzudagi dissertatsiyamizning ushbu bobida kuyidagi masalalar tadqiq qilindi va aniqlandi:
Psixogimnastika usuli yordamida bolalardagi qo`rquv xolatini tuzatish
Artterapiya usuli yordamida bolalardagi qo`rquv xolatini tuzatish
Musiqaterapiya usuli yordamida bolalardagi qo`rquv xolatini tuzatish
Rasm bola qalbining ko`zgusidir
Rasm yordamida bolalardagi qo`rquv xolatini tuzatish metodikalari
bob: BOLALARDA QO`RQUV va XAVOTIRLANISh MUAMMOSINI EKSPeRIMeNTAL O`RGANISh
Eksperiment bosqichlari va natijalari
Maktabgacha va kichik maktab yosh davri bolalardagi xavotirlanish va qo`rquv emotsional xolatlarini tadqiq qilishning nazariy asoslari qanchalik dolzarb bo`lsalar, uning amaliy va tajriba – sinov asoslari ham shunchalik dolzarbdir.
Shu bois, agarda dissertatsiyaning birinchi bobida biz maxsus ilmiy- psixologik, pedagogik manbalar va adabiyotlarning nazariy tahlili asosida maktabgacha hamda kichik maktab yosh davri bolalarida qo`rquv va xavotirlanish xolatlarini tadqiq qilgan bo`lsak, ikkinchi bobida esa bolalarda qo`rquv va xavotirlanish xolatlarini tuzatish metodikalarini aniqlagan edik, endingiga ilmiy tadqiqotimizning uchinchi bobida esa biz shu nazariy bilimlarni amaliyotta bevosita tekshirish uchun tegishli tajriyba ishlarini olib borgandik.
Do'stlaringiz bilan baham: |