Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


Yangi mavzuni mustahkamlash


Download 321.92 Kb.
bet8/10
Sana31.01.2024
Hajmi321.92 Kb.
#1829727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nurmetova

Yangi mavzuni mustahkamlash


“Qarsak” mashqi (Notog‘ri jumla o‘yini)
Bu mashqni bajarayotganda oquvchilar mavzuni ozlashtirganliklarini aniqlash maqsadida oqituvchi matnni oqiydi. Har bir gap yakunida agar u bugungi organilgan matnga mos kelsa, qarsak chaladilar. Matn tarkibida notogri malumotlarbolsa, bu ishni bajarmaydilar.Mashq yakunlangach, oquvchilar fikri tinglanib, bilimlar umumlashtiriladi.

Dars yakunida oquvchilar bilan savol-javob otkaziladi:


1.Podshoh oziga farzand tanlash uchun nima qilibdi? 2.Bola gulni nega ositira olmabdi?


3.Podshoh nima uchun bolakayni oziga farzandlikka tanlabdi?


Darsni yakunlash va baholash;Darsda organilganlar asosida savol-javob otkaziladi. Savol-javobda va darsda faol qatnashgan oquvchilar baholanadi hamda ragbatlantiriladi.

Uyga vazifa


“Rostgoy bola” ertagini ifodali oqib kelish.
  1. XULOSA




Albatta biz so`zimiz so`ngida shunga iqror bo`ldik ertak bilan dars o`tish juda muhimdir,bolajonlar qiziqib o`rganishiga imkon beradi.Ertak kichik hajmli badiiy asar bo`lib, unda kishi hayotidagi ma`lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. „Ertak ko`pincha kishi hayotida bo`lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir». Ertak mazmunan boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o`quvchilarni qahramonlam ing xatti-harakati, tashqi ko`rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi ertaklar ko`proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalami ertak bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog`lab olib boriladi. Boshlang`ich sinflarda ertakni o`qishga bag`ishlangan izohli o`qish darslarida o`qilgan ertak mazmunini ochish, lug`at ustida ishlash, o`qilgan matnni qayta ertaklash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Ertak mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So`roqlardan ikki maqsadda: ertak mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o`rtasidagi bog`lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Ertakni o`qish darsida o`quvchilar tushunmaydigan so`z va iboralar m a`nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular ertak mazmunini tushuna olmaydilar. Ertakni o`qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o`quvchilar nutqini o`stirish markaziy o`rin egallaydi. Ertak o`qib bo`lingach, o`quvchilar o`ylashi, o`z mulohazalarini ay. tishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak.O`qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad ertak bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahram onning xarakteri bolaga ta`sir etganini bilishdan iborat. Shundan keyingina ertak sujeti, voqeaning yo`nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g`oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi. ―Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir‖ – degan edi buyuk allomalarimizdan biri. Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinfda egallangan bilimni kelgusidagi bilimlar uchun poydevor deb atasak, noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Poydevor qanchalik mustahkam bo‘lsa, qurilajak imorat ham shunchalik ko‘p yil, balki asrlarga ham asqotadi.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta‘lim- tarbiya beruvchi o‘qituvchiga juda ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi.Hozirgi zamon boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi erkin fikrli keng dunyoqarashli, izlanuvchan, intiluvchan, yangiliklarni tezda ilg‘ab oluvchi va innovatsion texnologiyalardan boxabar bo‘lishi lozim.Shundagina u ko‘zlagan maqsadiga yetishadi.Ona tili darslarida imloviy bilimlarni takomillashtirishning samarali metod va usullarini tanlay bilish hozirgi kun tilshunoslik ta‘lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifadir. Umuman olganda, o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalariga rioya qilish, nafaqat o‘quvchilarning, balki shu yurt tuprog‘ida yashayotgan, jozibali tilimizda biyron-biyron so‘zlayotgan har
bir fuqaroning burchidir. Imlo qoidalari biz uchun xuddi yo‘l belgilaridek bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘quvchilarni bolalikdanoq bilimli, salohiyatli va aqli raso qilib tarbiyalash lozim. Shundagina, har qadamda, bot–bot duch keladiganimiz – imloviy xatoliklarning birmuncha oldi olinardi, deb o‘ylayman.

  1. Download 321.92 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling