Nizomiy nomidagi toshkent davlat psixologiya universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Download 79.65 Kb.
bet1/8
Sana07.03.2023
Hajmi79.65 Kb.
#1244119
  1   2   3   4   5   6   7   8

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PSIXOLOGIYA UNIVERSITETI


PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI

PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI


Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi
2-kurs PP 203-guruh talabasi


Qudratova To’lg‘onoy Nemat qizining

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida intellektning rivojlanishi” mavzusidagi


KURS ISHI

Bajardi: ___________ T. Qudratova.



Ilmiy rahbar:________ “Psixologiya” kafedrasi
o‘qituvchisi A. Qurbonboyev.
TOSHKENT – 2023
MUNDARIJA
KIRISH ......................................................................................................................3
I BOB. PSIXOLOGIYADA INTELLEKTNING TADQIQ ETILISHI...............6

    1. Intellekt va uning inson hayotidagi o‘rni.............................................................6

1.2. Xorij psixolog olimlari izlanishlarida intellektning tadqiq etilishi.....................10
Bob bo’yicha xulosa………………………………………………………………..21
II BOB. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA INTELLEKT RIVOJLANISHINING O‘RGANILISHI…………………..................................22

2.1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida intellektni rivojlantirishning ahamiyati.........22


2.2. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda intellekt rivojlanishining psixodiagnostikasi…………………….....................................................................27
Bob bo’yicha xulosa………………………………………………………………..30
XULOSA……………………..................................................................................31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI...........................................32

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2022-2026 - oʻquv yillarida Xalq ta’limini rivojlantirish milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorining qisqacha mazmuni quyidagicha:1
-Toshkent davlat psixologika universitetida oʻquv dasturlari oʻzaro yaqin boʻlgan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha asosiy va qoʻshimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibini yoʻlga qoʻysishdir.
Hozirgi davrda mamlakatimizda, shu jumladan xalq maorifi tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar o‘qituvchilar, barcha pedagoglar oldiga o‘quvchining bilimlarni yuksak darajada o‘zlashtirishi, o‘quvchilar mustaqil tafakkurini, ular aktivligini rivojlantirish, ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, ularning tafakkur, muloqot, o‘qish, mehnat qilishga bo‘lgan qobiliyatlarini taraqqiy ettirish kabi murakkab va mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda.
Bugungi globallashuv jarayonida informatsiya oqimining haddan tashqari ortib borishi, urbanizatsiya jarayonlarining tobora jadallashishi, integratsiyaning kuchayib borishi har bir insondan mavjud sharoitlarga moslashishda ruhiy egiluvchanlikni talab qilmoqda. Inson jamiyatda yashar ekan jamiyat ichiga singib boraveradi. Bu uzoq davom etadigan jarayon hisoblanib, insonning psixologik pozitsiyasi ham ayni jarayon bilan muvofiqlashadi. Bunda shaxs intellektining rivojlanish darajasi, uning aqliy imkoniyatlari regulyatori, ahloqiy jihatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Psixologiyada intellektga berilgan ta’rif xilma-xil. Eng kо‘p tarqalgani bu fransuz olimi Jan Piaje ta’rifi. U kо‘p yillik tadbiqotlardan kelib chiqib, intellektni insonning masalalar yecha olish qobiliyati, degan xulosaga kelgan. Haqiqatan ham intellekti bor kishi qiyin va murakkab vaziyatlardan yengil va silliq chiqib keta oladi.
Hayot kishilar oldiga kо‘plab tо‘siqlar qо‘yadi. Ular madaniy, ma’naviy, ijtimoiy, ilmiy va boshqa turda bо‘lishi mumkin. Har kim bu tо‘siqlarni, har xil darajada, pastbalandligiga qarab, har xil «kuch» sarflab yengadi. Yutib chiqqan, muvaffaq inson, shubhasiz aqlliroq, fahm-farosati balandroq kishidir. Boshqacha qilib aytsak intellekt bu insonning umumiy aqliy zakovati. Bugungi kuchli globallashuv davrida axborot oqimi va iformatsion stresslar jarayonida hissiy-emotsional balansni saqlab turishda va insonning jamiyatga moslashib borishida sotsial intellektning о‘rni muhimdir.
Kurs ishining maqsadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida intellektning rivojlanishini o‘rganish.
Kurs ishining predmeti. Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida intellekt rivojlanishining psixologik xususiyatlari.
Kurs ishining vazifalari:
- mavzu bo’yicha pedagogic-psixologik odatlari tahlil qilish;
- psixologiyada intellektning tadqiq etilishini o‘rganish;
- xorij psixolog olimlari izlanishlarida intellektning tadqiq etilishini yoritish;
- boshlang’ich sinf o‘quvchilarida intellekt rivojlanishining psixologik xususiyatlari bo’yicha xulosalarni shakllantirsh.

Download 79.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling