Nizomiy nomidagi toshkent davlat psixologiya universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti
-jadval Kichik maktab yoshidagi bolalarda intellektning namoyon bo’lishi
Download 79.65 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar
- Jami o’quvchilar soni 20 ta ( 100%) Metodika tahlili
1-jadval
Kichik maktab yoshidagi bolalarda intellektning namoyon bo’lishi
Metodika tahlili Ko’rib turganimizdek kichik maktab yoshi o’quvchilarida o’kazilgan intellekt rivojlanganligi darajasi yuqoridagi natijalarni ko’rsatdi. Biz tadqiqotimiz samarali bo’lishi uchun albatta 20 ta o’quvchilardan birdagina metodikamizni o’tkazmadik. Guruhning 10 ta o’quvchisidan metodika olib bo’lgandan so’ng qolgan 10 ta o’quvchilardan keyin metodikamizni o’tkazib oldik. Metodikaga nisbatan o’quvchilar holisona yondashishdi. Hech kim sherigidan ko’chirmadi. Sinfdagi o’quvchilar sonini (20 ta) 100% deb olsak undan 1 dona o’quvchi 6 daqiqa ichida 9 ta matritsani to’g’ri ishladi demak guruhning 5% izida intellektual salohiyat juda yuqori. Sinfning 2 ta o’quvchisida 7 ball ko’rsatgichi aniqlandi bular 4 daqiqaning ichida vazifani bajarishdi. Demak guruhning 10% izini yuqori intellekt rivojlanishiga ega o’quvchilar tashkil etadi. Endi o’rta darajaga ega chiqqan o’quvchilarni ko’ramiz. Ularning soni 8 ta o’quvchi. Ularning 3 tasi 5 ballni , 5 tasi esa 6 ballni 8-10 daqiqada bajarish orqali qo’lga kiritishdi. Ko’rinib turibdiki 3-‘”g” sinfida 40% o’quvchilarda o’rta darajadagi intellektual salohiyat rivojlanish darajasi aniqlandi. Keyingisi past daraja ko’rsatgichini olgan o’quvchilar 7 tani tashkil etadi.Ular 7 daqiqa vaqt sarflagan holda 3 ta o’quvchi 4 ballni 3 ta o’quvchi esa 3 ballni egallashdi. Sinfning 35% o’quvchilaring intellektual rivojlanganlik darajasi past chiqdi. Bunga bir nechta omillar sabab bo’lgan bo’lishi mumkin. Ta’lim tizimini pedagog tomonidan to’g’ri va samarali tashkil etilishi, ota-onalarning farzanlari bilan alohida ishlashlari orqali ularning ham intellektual rivojlanish darajasini ko’tarish mumkin bo’ladi. So’nngi natija bu eng past darajadagi intellektual rivojlanish hisoblanadi . Sinf bo’yicha 2 ta o’quvchida bu ko’rsatgich aniqlandi. Ya’ni sinfning 10% o’quvchisida intellektual rivojlanish darajasi juda past qiymatga ega.Ular 10 daqiqa vaqt sarflab 2 ballni qo’lga kiritishdi. Bu o’quvchilar bilan individual tarzda ta’limni tashkil etish, psixologik usul va metodlarni va korreksion ishlarni tashkil etish kerak bo’ladi. Download 79.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling