Nizomiy nomidagi toshkent davlat psixologiya universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Download 79.65 Kb.
bet4/8
Sana07.03.2023
Hajmi79.65 Kb.
#1244119
1   2   3   4   5   6   7   8
Bob bo’yicha xulosa
Ijtimoiy intellektning asosiy vazifalaridan biri uzoq muddatli о‘zaro munosabatlarni shakllantirishdir. О‘zaro munosabatlarning darajasi va xarakterini tushungan holda kelajakda bir-biriga ijobiy ta’sir о‘tkazish va munosabatlarni mustahkamlashdan iboratdir. Sotsial intellekt muayyan vaqt uchun asab-psixik holatni, ijtimoiy muhit omillarini va ijtimoiy munosabatlarning qanchalar muvaffaqiyatliligini aniqlaydi, shuningdek, uni energiya konsunerasiyasini talab qiluvchi, emosional zо‘riqish, stress noqulayliklari, favqulodda holatlarda hamda shaxs inqirozi holatlarida saqlash imkoniyatini beradi. Sotsial intellektning favqulotda yuz beradigan inqirozlar, uzoq chо‘ziladigan stresslar, о‘z-о‘ziga bо‘lgan hurmatni tushunib yetishi holatlarida yordam beruvchi mobilizasion funksiyasi juda muhim hisoblanadi.
Ayrim bolalar o‘zlaridagi eng ustun intellekt tipi orqali boshqalarga nisbatan osonroq o‘qishlari mumkin. Har bir boladagi o‘z vaqtida aniqlangan va rivojlantirilgan talant unga hayotda yuksak cho‘qqilarga erishish uchun yo‘l ochib beradi. Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayoni bolalarga intellektning har xil tiplarini jalb qilishni talab etadigan tajribalar orttirish imkoniyatini beradigan holda tashkil etilishi lozim.
Kreativlik va intellektni qarama-qarshi qo‘ygan olimlardan yana biri Dj. Gilvord bo‘lib, u o‘z nazariyasini ikki xil tafakkur asosida quradi. YA’ni konvergent va divergent tafakkur. Konvergent tafakkur masalani echishda mavjud barcha vositalarni tahlil qilib, ulardan yagona maqbulini tanlashdir. Konvergent tafakkur intellekt asosida quriladi. Divergent tafakkur- masalani echishning turli variantlarini yaratishdan iborat tafakkur turidir. Divergent tafakkur- kreativlik asosida quriladi.

II BOB. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA INTELLEKT RIVOJLANISHINING O‘RGANILISHI


2.1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida intellektni rivojlantirishning ahamiyati
Hozirgi kundagi murakkab o‘quv dasturi analiz jarayonida ixtiyoriy esda olib qolish zarur bomgan masala va miso‘ni anglash uchun muhim hisoblangan unsurlarni bo‘laklarga ajratishni taqozo etadi. Demak, analiz narsalar to‘risidagi tasavvurlar bilan uzviy aloqada bomish zarur. Lekin analitik-sintetik faoliyatning bu turi 1-2-stnf o‘quvchilari uchun o‘qituvchining rahbarligisiz amalga oshishi hali mashaqqatli hisoblanadi.
Chunki, 1-2 sinf o‘quvchilariga tasavvur bo‘yicha analiz qilish topshirilsa, u holda ular albatta narsa va hodisalar haqida mayda hikoya qilib berish bilan cheklanib, anglash jarayoni esa qolib ketadi. Shu sababdan o‘qituvchi masalani hal qilishda nimasini ajratish kerakligi to‘g ‘risida ularga ko‘rsatma berib borishi shart. Ba’zan 3-sinf o‘quvchilarida abstrakt (mavhum) aqliy analiz kurtaklari hosil boma boshlaydi. Bu sinfda o‘quvchilarning tushunchalarni asta-sekin voqelikning ichki bog‘lanishlari va asosiy xususiyatlarini umumlashtirish asosida shakllanadi.
O‘quvchilarning fikr yuritishlarida aqliy analiz va sintez jarayonlarini umumlashtirish darajasiga ko‘tarilishi faqat o‘qituvchi rahbarligida amalga oshiriladi. Ammo kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar jamiyat va tabiat qonunlarini aks ettiruvchi murakkab tushunchalarni egallashdan ancha yiroq bo‘ladi. Sinfdan-sinfga o‘tish bilan predmetlar miqdorining ortishi natijasida abstraksiyalash faoliyati o‘quvchilarda yanada jadal sur’atlar bilan rivojlanadi. Chunki, o‘qitilayotgan har bir fanda mavhumiylik albatta uchraydi va u o‘quvchilar ongiga singdirib boriladi. O‘quvchilar analiz va sintez qilish hamda taqqoslashni mashq qilish natijasida narsa va hodisalarning muhim belgilarini tasodifiy belgilardan ajratishni o‘rganadilar va shu tariqa o‘zlarining abstraksiyalash faoliyatini rivojlantiradilar.
Konkretlikdan abstrakt holatga o‘tish va abstrakt holatdan konkretlikka ko‘chishni takomillashtirish zamirida mazkur fikriy operatsiyalar shakllanib boradilar. O‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirib olishda va tug‘ri xulosa chiqarishda umumlashtirishning roli benihoyat kattadir. O‘qishning dastlabki bosqichlarida o‘quvchilar narsa va hodisalarni faqat tashqi belgisiga, yaqqol ko‘zga tashlanadigan belgisiga qarab umumlashtiradilar. Lekin, umumlashtirishning bu oddiy shakli so‘nggi ta’lim bosqichlarida uncha yaroqli bommay qoladi. Chunki, o‘quv materialining eng muhim belgisi asosida ichki bog‘lanish va munosabatlarni aniqlashga to‘g‘ri keladi, ammo bu ishlarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari darrov uddalay olmaydilar. Buning uchun ularda umumlashtirish faoliyatini yanada taraqqiy ettirishi kerak. Buning uchun o‘quvchilar bilan uzluksiz mashg‘ulot olib borish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Shundagina ular uchun bilimlar tizimini o‘zlashtirish birmuncha yengil kechadi.
Ma’lumki, ta’lim jarayonida tushunchalarni va qonuniyatlarni noma’lum belgisiga binoan egallash hollari tez-tez uchrab turadi. Bu hol esa o‘quv materiallarni o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi, shuning uchun o‘qish faoliyatida ularda qiynalishlik hissi paydo bo‘ladi. Biroq bu qiyinchilikdan qutulish imkoniyati mavjud. Buning uchun o‘quvchilar tushunchalarni to‘g‘ri va oqilona yo‘l bilan umumlashtirish faoliyatini taraqqiy ettirish lozim.
Ukrain psixologi A.V.Skripchenko 1-2 sinf o‘quvchilarida umumlashtirish faoliyatini o‘rganishga oid qator tajribalar o‘tkazgan. Muallif kichik maktab yoshidagi о‘quvchilarning umumlashtirish faoliyati takomillashuvi 4 ta darajadan yoki 4 ta usuldan tashkil topgan, degan g‘oyani ilgari suradi, ya’ni bosqichmabosqich osishni o‘rganadi. Olingan natijalarning ko‘rsatishiga qaraganda, o‘qishning dastlabki kunlarida o‘quvchilarga mavjud bomgan ko‘rsatmali-amaliy umumlashtirish usuli, shu o‘quv yili oxiriga kelib ko‘rsatmali so‘zli usulga o‘sib o‘tadi. Turli predmetlar bilan turli ko‘rsatmali qurollarni ko‘rish, ekskursiyalarda o‘z ko‘zi bilan idrok qilish tufayli obrazli-so‘zli umumlashtirish usulga o‘sib o‘tadi va o‘quv yilining oxiriga kelib tushiinchali-so‘zli umumlashtirish usuli paydo bo‘ladi. Bu usulda mavhumlashning muhim unsurlari o‘z aksini topgan bo‘ladi.
Intelektual qobiliyat ijodiy faoliyat natijasida yaratiladi. Notanish vaziyatlar va yangi taassurotlar ko‘p narsalarni o‘rgatish mumkin. Miya biron bir notanish narsaga duch kelsa, u yangi neyronli yo‘llar yaratadi. Takrorlashda ular mustahkamlanadi va bizda yangi malakalar ishlab chiqariladi.
Bugungi kunda ilmiy, uslubiy adabiyotlarda «ijod», «ijodkorlik» kabi atamalarni uchratib qolmoqdamiz. Bu atamalarning adabiyotlar sahifalarida paydo bo‘lganligi bejiz emas. «Ijod» so‘zining lug‘aviy ma’nosi: «yaratish», «yangilikni kashf etish» so‘zlariga monand keladi. Ijodkorlik  - faoliyatning turli holatlarida paydo bo‘ladi. Qiziqish ilhom, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo‘lishidan, namoyon bo‘lishigacha jarayonini o‘z ichiga oladi. Shaxsda faoliyat ehtiyoji faoliyatda yangi ilgari maqsad qilib qo‘yilmagan, hal etuvchi vosita bo‘lib hisoblanmagan intilishdir.
Ijodkorlik- sifat jihatdan yangi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi inson faoliyati jarayoni. Ijodkorlik o‘zida insonning mehnatda namoyon bo‘lgan qobiliyatini ifodalaydi. Ob’ektiv olam qonuniyatlarini bilish asosida xilma-xil ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantiradigan yangi haqiqatni yaratadiganday mehnat ijod bo‘lishi mumkin. Ijod turlari bunyodkorlik faoliyati bilan belgilanadi: ixtirochi, tashkilotchi, mehnati ilmiy va badiiy mehnat va boshqalar. Ijodiy faoliyat uchun imkoniyatlar ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq. Bugungi kunda mustaqillik tufayli amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari o‘z ishiga ijodiy yondashuvchi, fan , texnika, san’at, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadigan yuksak malakali kadrlar tayyorlashga bog‘liq. SHunga ko‘ra, jamiyat taraqqiyoti talabalaridan kelib chiqqan holda har bir o‘quvchini ijodkorlik ruhida tarbiyalash muhim va zarurdir.
Psixolog olim N.D.Levitov ijodiy faoliyatni quyidagi mezonlar asosida vujudga kelishini isbotladi[1]:
- tafakkurning mustaqilligi;
- o‘quv materialining o‘zlashtirilishi, tezligi va mustahkamligi;
- standart bo‘lmagan vazifalarni hal qilishda, aqliy chamalashning (topqirlikning) tezligi;
- o‘rganib chiqilayotgan hodisalarning mohiyatiga chuqur kirib borish orqali muhim bo‘lmagan narsadan muhimini ajrata bilish.
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari deganda, avvalo ana shu shart-sharoitlarning paydo bo‘lishi, amalga oshishi hamda rivojlanishi jarayoni tushiniladi.
Ular quyidagilardan iborat :
1. O‘quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirishda ularning bu borada egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalari.
2. Ijodiy faoliyatni shakllantirishda nazariy bilimlar bilan amaliyotning aloqadorligi.
3. Ijodiy faoliyatni shakllantirishga doir mashg‘ulotlar evristika muammoli vaziyatlar yaratish.
4. O‘quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishga texnologik yondashuv.
Bu shart-sharoitlar quyidagicha amalga oshadi:
O‘quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishda ular egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, ko‘nikmalarga quyidagi talablar qo‘yiladi.4
-dastur materiallarni qay darajada o‘zlashtirganligi;
-mavzularga doir asosiy tushuncha va qoidalarni o‘zlashtirganligi;
-tanlagan mavzu bo‘yicha topshiriqlarni mustaqil bajara olishi;
-o‘rganilayotgan mavzulardagi asosiy muammolarni anglab olishi;
-topshiriqlarni bajarishda o‘quv ashyolari va texnika vositalar, axborot texnologiyasidan foydalana olishi;
- o‘z qobiliyatini namoyon etishi va uni rivojlantira olishi;
-mavzu bo‘yicha o‘z oldiga erishiladigan maqsadlarni qo‘ya olishi, rejalar tuzishi va natijalarni baholay olishi;
-mavzularni o‘rganishda o‘z fikrini dalillay olishi;
-o‘z variantini tavsiya eta olishi va hokazolar.
Mazkur talablar o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari, ularning o‘quv-biluv faoliyati, individual moyilliklarini bilish imkoniyati paydo bo‘ladi va bu borada o‘quv jarayoni tuzilmasini belgilab olishga yordam beradi. Yuqoridagi talablar asosida muammoga doir ta’limni maqsadga muvofiq tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinadi. Maqsadga muvofiq yondashuv deganda o‘quv- biluv jarayoni yoki ta’lim mazmuni, metod va shakllari tizimining ijodiy faoliyatni rivojlantirishga doir maqsadli yo‘naltirilgan maxsus tashkil etilgan tuzilmasi tushiniladi.
Evristik faoliyatni texnologiyalashtirish bolalarning ijodiy qobiliyati qanday bo‘lsa
shu qadar zaruriy va qonuniy jarayondir. Yagona o‘quv mashg‘uloti, o‘quv kursi bo‘yicha tizimli mashg‘ulotlar, evristik yo‘naltirilgan faoliyat asosida sodir bo‘ladi.  Evristik vaziyatlar yaratish va rivojlantirish bo‘yicha texnologik harakat-bolalar ijodkorligi natijalarini ta’minlash yo‘lidir. Quyida evristik vaziyatlar tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha o‘qituvchilar uchun texnologik yo‘l-yo‘riqlar haqida fikr yuritamiz:


  1. Izlanuvchi vaziyatning asosiy ta’limiy ob’ektini (narsa, tushuncha, hodisa, jarayon, an’ana, buyum va boshqalar). Bunda ob’ekt va bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan muammoni aniqlash; bolalarga ularning o‘rganilayotgan ob’ekt bilan shaxsiy ichki aloqasini topishga yordam berish, ular uchun shaxsan ahamiyatli muammolarni qanday tayyorlash bo‘yicha o‘ylashga yo‘naltiradi. Buning uchun shaxsiy tajriba va o‘quvchilarning qo‘yiladigan ta’limiy natijalari taxminlanadi.

2. Bolalarga yechimi noma’lum bo‘lgan muammo yoki topshiriq beriladi. Ushbu topshiriqni amalga oshirish sinfda ta’limiy ko‘tarinkilik hamda o‘quvchilar topshiriqni bajarish orqali o‘zlarining faolligini namoyon etgandagina samarali bo‘ladi.
Topshiriqning ta’riflanishi muammoni jamoa bo‘lib muhokama qilishning natijasi bo‘lishi mumkin. Bolalar tomonidan ta’riflangan topshiriq shunchaki qiziqarli emas, balki o‘qituvchi uchun yangilik bo‘lsagina maqsadga erishilgan bo‘ladi.
3. O‘quvchining o‘zi paydo bo‘lgan yoki yaratilgan vaziyat (topshiriq)ni shaxsan hal etishga imkoniyat yaratish. Evristik vaziyatning asosiy bosqichi sanaladi. Bunda har qanday ta’lim natijasidan ijod belgisini aniqlash lozim.
4. o‘quvchilarning ta’limiy ijod namunalarining namoyish etish: she’rlar, rivoyatlar, topshiriqlar, ta’riflar, ramzlar, rasmlar, loyihalar va shu kabilarni jamoaga muhokama etib, ko‘rgazmalar tashkil etish, o‘zaro yozma taqrizlar yozdirish, ma’ruzalar bilan chiqishlar qilish.
5. Ta’limiy ijod namunalari namoyish etilgandan keyin rasmlar, rivoyatlar, ta’riflar, olimlarning fikrlari, darsliklaridgi ma’lumotlar, shaxsiy bilim va tasavvurlari bilan asoslay olish.
6. Bolalarning ijod namunalarini qiyoslash, solishtirish, tasniflash bo‘yicha faoliyatini tashkil etish. O‘quvchilar tomonidan o‘z qarashlari yoki ijod namunalarini aniqlash hollari yuz bersa, ularga o‘z nuqtai nazarlarining o‘zgarish sababalrini tushunishlarida ko‘maklashiladi. Ta’limiy vaziyatlarning rivojlanishi ta’minlanadi.
7. O‘quvchilarning bilishga oid qo‘llanilgan usullarni, paydo bo‘lgan muammo va uni yechish yo‘llarini tushunishi bo‘yicha fikr yuritish, tahlil etish. O‘quvchilarga individual tarzda erishgan natijalarini aniqlashda ko‘maklashishi. Jamoa bo‘lib yaratilgan ta’limiy natijalarini aniqlash.
Izlanuvchi ta’limiy vaziyatlarning davomiyligi o‘zgarib turadi, ular o‘zaro aloqadagi vaziyatlar zanjiri ham bo‘lishi mumkin. Izlanuvchi vaziyatlar tamoyillarida izlanuvchi ta’limni tashkil etish darajasi:
Boshlang‘ich ta’lim dasturlari, o‘qitilayotgan o‘quv predmetlarining tahliliy natijalari shuni ko‘rsatadiki, 1-4 sinf o‘quvchilarida ijodiy faoliyatni shakllantirishni bir necha bosqichda amalga oshirish uchun imkoniyat yaratilgan, jumladan, darsda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga yo‘naltirilgan o‘quv materiallarini to‘g‘ridan -to‘g‘ri taqdim qilinishi belgilanmagan bo‘lsa-da, mahoratli o‘qituvchi o‘z faoliyatini o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishni turli metodlar asosida amalga oshirishi mumkin. Og‘zaki so‘rash; yozma ishlar o‘tkazish; amaliy ishlarni bajarish; turli didaktik o‘yinlar o‘tkazish orqali o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirish mumkin. 5Masalan, boshlang‘ich sinflarning «O‘qish» darsida bolalarning ijodiy faoliyatini shakllantirish uchun o‘quv materiallarida berilgan tushunchalar konkret – induktiv metod vositasida o‘rganilishi va o‘qituvchining mohirona darsni tashkil qilishi natijasida ularda ijodiy faolllikning oshishiga zamin yaratilishi mumkin. Bunda o‘quvchilar avval o‘qituvchining topshiriqlarini bajargan holda o‘rganilayotgan tushunchaning umumiy xossalarini aniqlaydilar, so‘ngra o‘qituvchi rahbarligida ta’rifni mustaqil holda tuzishga harakat qiladilar. Yangi tushuncha kiritishning bu yo‘li ayniqsa quyi sinflarda o‘z samarasini beradi. Bundan tashqari konkret induktiv yo‘l orqali tushunchalarni kiritish jarayonida muammoli vaziyatlar hosil bo‘ladi, buning natijasida o‘quvchilarda ijodiy fikrlash qobiliyatlari shakllanadi.

Download 79.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling