Nizomiy nomidagi toshket davlat pedagogika universiteti


Undalmalarning ifodalanishi


Download 95.33 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi95.33 Kb.
#1547250
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OTO`M kursavoy

Undalmalarning ifodalanishi. Undalma bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so'zlar orqali ifodalanadi.
1. Ot orqali ifodalanganda, asosan, atoqli otlar yoki turdosh otlar bo'lishi mumkin. Turdosh ot ham ko'pincha shaxsni ifodalovchi so'zlar bo'ladi: Kommumist larga tayanib, ularni kurashga qurrolantirib, bir ish ko'rsatasiz-da, O'ktamjon (Oybek). Inson tez o'tuvchi orzu-xavaslarga o'yinchoq bo'lmasligi kerak, To'g'onbek (Oybek). Kechir, Zaynab, so'zlosmas dilim, Kechir, Zaynab, chidolmas dilim (H. Olimjon). Eshit, qizim Parizod, chiqaribsan yomon ot (Hamid Olimjon). Bu ... falakning gardishiga boq, chirog'im! -dedi Shokir ota. Oybek). Tuf, de, koʻzing tegadi, kasofat! Shu so'zlaringni menga aytsang, tishingni sug'urib olardim (Oybek). Xo'p, xo'p, erkatoylarim, Xo'p, xo'p, qo'zichoqlarim, Ko'zginamning nurisiz, Aylanay, chirog'larim (S.Qudash). Salom! So'zla,ko'zgujon, haqiqatni et bayon (Pushkin). Sevaman, oltin kuz, sevaman Jondan, Tabiat bezangan go'zal chog'ingni, Daraxtlar rang-barang kiyim kiyinib, Ko'zni erkalatgan chaman bog'ingni (Zulfiya). Xayr, oq yo'l tilayman senga, qaqildoq! (Krilov).
2. Undalma otlashgan so'zlar orqali ifodalanadi: bunday otlashgan so'z ko'pincha sifat yoki sifatdosh, baz'an son bo'ladi: Yaxshilar, kolxoz azamatlari! -dedi u muloyim va yurakdan chiqqan tovush bilan. Hozir terim to'yini boshlaymiz...(Oybek). Ey, buyuk vatanim bahodirlari, ey, Janglarda pishgan, chiniqqan erlar, Ey, arslon yuraklar, mardlar, botirlar, Ko'rsating dushmanga o'lkaning kuchin! (Uyg'un).
3. Undalma olmosh orqali ifodalanishi ham mumkin. Bu vazifada asosan ikkinchi shaxs kishilik olmoshi qo'llanadi. Undalma vazifasidagi olmosh asosan kesimsiz, bir sostavli gaplarda ishlatiladi: Ey siz, to'kib qon, zafar olganlar, olg'a!
Bu xil gaplarda siz undalma bo'lib, uni izohlab keluvchi so'zlar ajratilgan izohlovchi bo'ladi.
Agar bu xil olmosh ikki sostavli gapda qo'llangan bo'lsa, u ega vazifasida bo'lib, olmoshga oid so'z undalmadir: Siz, o'rtoqlar,.. ariza bergan ekansizki, ko'p ma'qul gap (G'.G'ulom).
Olmosh ikki sostavli gaplarda ham undalma vazifasida qo'llanadi: Hoy sen, qani bu yoqqa kel-chi! Qani,
Bu holatda sen undalmasi chaqirish, murojaat intonatsiyasi bilan aytiladi va undan so'ng pauza beriladi; bunday undalmadan so'zlovchining qo'pol rasmiy muomalasi anglashiladi.
4. Undalma ko'pincha undov so'zlar bilan birga qo'llanadi. Shu bilan
birga undov so'zning o'zi ham mustaqil ravishda undalma vazifasida qo'llanishi
mumkun. Bunday undov sozning mazmunan biror shaxs nomi o'rnida kelgani anglashilib turadi; undalmaga xos chaqiriq intonatsiyasi bilan talaffuz etiladi:
Hay! Sizni kutib turibmiz (H.Hakimzoda).
5. Undalma so'z birikmalari, turg'un frazeologik birikmalar orqali ifodalanadi: Xayr, o'g'lim, oq yo'l bo'lsin, Xayr, ko'zim qorasi (H.Olimjon).
Hoy soqoling ko'ksinga to'kilgur,- dedi xotin,- bu qanday qiliq (G'.G'ulom).
Hoy, qizi tushmagur, nima deb aljirayapsan? (A.Qahhor)
So'nggi ikki jumla o'zbek tilining o'ziga xos murojaat shakli bo'lib, tarkibida egasi va kesimi bordir.

Download 95.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling