Nizomiy nomidagi toshket davlat pedagogika universiteti
Download 95.33 Kb.
|
OTO`M kursavoy
Undalmalarning o'rni. Undalma gapning boshida ham, o'rtasida ham,
oxirida ham kela oladi. Undalmaning o'mi uning semantik funksiyasiga, stilistik xususiyatiga, tarkibiga, asosiy gapning strukturasi va mazmuniga ham bog'liq bo'ladi. 1. Odatda, tinglovchining diqqatini jalb etish, murojaat etish uchun xizmat qilgan, murakab tarkibli, shuningdek, undov so'zli undalmalar gap boshida keladi: Onajonlarim, hamma o'zining eski devorini quchoqlab o'tira bersa, yurt qachon obod bo'ladi? (A.Qahhor). Shakar og'a, xabar olgin holimdan (F.Yo'ldosh). Do'stim, baxtiyormiz bu xonodonda, birbir maqsadimiz, fikru o'yimiz (M.Muhammadqul). Shuningdek, undov so'zlar bilan kelgan undalmalar, chaqiriq, doklad, buyruqlardaundalma gap boshida bo`ladi: Go`zal ey, senga bir gap demakka ko'p hayronman (H.Olimjon). O'rtoqlar! Biz yangi ideal yo'lida kurashga otlandik (M.Ibragimov). 2. O'z sem antik funksiyasidan tashqari, qo'shimcha emotsional, modal munosabatlarni ifodalagan undalmalar gap orasida yoki gap so'ngida keladi: Gap o'rtasida kelgan undalma logic urg'u olmaydi: Behudaga, o'g'lim, egna bosh (H.Olimjon). G'alabamiz, shodligimiz, dong'imiz uchun, do'stim, kel ichaylik ikkimiz (H.Olimjon). so'ldirma, bobojon, gulday tarzingni (F.Yo'ldosh). Bir xil kesimlar takrorlanganda ham, so'zlarning orasida undalma keladi: Ol, o'g'lim, haqqingni ertaroq ol... (H.Olimjon). Xo'p, uka, xo'p. Ertalab jo'naymiz,- dedi shoshilib Do'smat (P.Tursun). 3. Gap oxirida kelgan undalmalar so'zlovchining modal munosabatini yorqinifodalaydi. Oxirida undalma kelgan gaplar ko'pincha tarkibiga ko'ra ancha yig'iq bo'ladi: Chin so'zim, Gulnor, menga ishonmaysanmi? Kel, qo'zim!- har vaqtdagicha qarshi oldichol (Oybek). Hayqir, traktor! Tuproqlarning yuragini qo'por, ag'dar, yor! (H.Olimjon). Mana ko'rdingmi, og'ayni, sening kelajaging porloq (M.Ibragimov). O'qi, o'g'lim, dunyoda jaholatdan qutqaradigan narsa ilmdir. O`qi, ilm ol, so`ng bolalarni o`qit. Baxt-saodatning kaliti ilmdir! – der edi. (M.Ibragimov). Odatda, undalma modal munosabatni ifodalovchi gaplardan (xo'p, salom, xayr, rahmat, hormang, kechirasiz va boshqalar) so'ng keladi. Shuningdek, undalma ham, yo'q so'zlaridan ham keyin qo'llanadi: Xayr, opa, kelsang o'zingga, Rozi bo'lgin bergan tuzingga (H.Olimjon). Yo'q, Fridun, ketma hech qayerga ketma!-dedi birov (M.Ibragimov). Download 95.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling