Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


Qarorlar ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

9.2. Qarorlar ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq 
etish yo’llari
Barcha idoralardagi kabi sport tashkilotlari va jamiyatlari hamda ularning quyi 
tarmoqlarida turli xil qarorlarni ishlab chiqish, ularni qabul qilish va amalga 
oshirish faoliyatlari yagona tartibda olib boriladi. Ish faoliyatlari va davr taqozosi 
bilan turli-tuman anjumanlar, yig’inlar, rasmiy suhbatlar o’tkazishni talab etadi. 
Ularni maqsadga muvofiq o’tkazish va ko’rilgan masalalarni hal qilishning isboti 
sifatida qarorlar ishlab chiqiladi.
Bunda quyidagi faoliyatlardan foydalanishga to’g’ri keladi, ya’ni:
1.Rejalar asosida yig’ilish /majlis/ kun tartibini belgilash.
2.Asosiy masalalar bo’yicha materiallar /ma’lumotlar, dalillar/ yig’ish.
3.Ma’ruza /hisobot, nutq, mulohaza va hokazo/ tayyorlash.
4. Yig’ilishgacha qaror loyihasini tayyorlash.
5.Yig’ilish /majlis/ jarayonida barcha ma’ruza, muzokaralar, nutqlar, 
chiqishlar bayonini yozib olish.
6.Yig’ilish oxirida qaror loyihasini muhokama qilish va o’zgartirishlar 
kiritish.
7.Qarordagi asosiy vazifa, topshiriqlardan ko’chirmalar olib, tegishli rahbar 
va tashkilotlarga jo ’natish.
Majlis kun tartibi va muhokama qilinadigan masalalar qatoriga asosan 
quyidagilar kiritilishi zarur:
1. YUqori tashkilotlarning qarorlari, ko’rsatmalari asosida vazifalarni 
belgilash va ularning bajarilish yo’llarini ishlab chiqish.
2. Qilingan ishlar yuzasidan hisobot va ma’lumotlar berish.
3. Musobakalarning kalendar rejalari, Nizomlar, sport unvonlari /darajalar/ va 
hokazolarni tasdiqlash.
4. Sport tashkilotlari, sport maktablari, murabbiylar va boshqa mansabdor 
shaxslarni ish lavozimiga tasdiqlash yoki ishdan ozod etish va hokazolar.
Respublika va viloyat sport qo’mitalari, sport jamiyatlari o’zlari qabul qilgan 
qarorlarni hayotga singdirishda o’zlarining tarmoqlari orqali ish tutadi. 
SHuningdek, jismoniy tarbiya va sportni boshqarishda bevosita ishtirok etuvchi 
davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlari, ayniqsa, qarorda ko’rsatilgan 
mutasaddi tashkilotlar, rahbar xodimlar orqali amalga oshiradi.
Qarorlarda ko’rsatilgan topshiriq va vazifalarning amalga oshirilayotgani, 
ularning bajarilayotganligi haqidagi ma’lumotlar hisobot, bildirish /telefon orqali/
67


yo’li bilan yuqori tashkilotlarga ma’lum qilinadi.
Eng zarur faoliyatlarni demokratik tamoyillar nuli bilan hal etishda yig’ilish 
/majlis/ qarorlarining mohiyati kattadir va ular doimiy ravishda qoTlanilishi lozim 
boTgan tashkiliy jarayonlardan hisoblanadi. SHu tufayli yigTlish /majlis/ kun 
tartiblari, ulardagi ma’ruza, hisobot, axborot, maTumot, muzokara, mulohaza va 
tanqidiy chiqishlar haqqoniy, beg’araz bo’lishi kerak. SHuningdek, qabul qilingan 
qarorlar, topshiriqlarni bajarish mumkin boTgan holda qabul qilish, ularni joylarga 
jo ’natish lozim boTadi.
Tuman-shahar miqyosidagi sport tashkilotlari, sport jamiyatlari va ularning 
tarkibidagi sport klublar, sport maktablari, boshlang’ich jismoniy tarbiya jamoalari 
va hokazolar ham yuqorida qayd etilgan tartib, tamoyil va usullar asosida o’z 
yigTlishi yoki majlislarini tashkil etishlari lozim boTadi. YigTlishlar kun tartibiga 
u yoki bu masala tuman-shahar hokimiyati, aloqador idoralar, jamoalarning 
raqbarlari bilan kelishilgan holda qo’yilishi lozim.
Quyi tashkilotlarda qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishda tegishli 
qonunlar, qarorlar, nizomlar va yo’l-yo’riq /instruk^iya/ ko’rsatuvchi xujjatlarga 
asoslanish maqsadga muvofiq boTadi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling