Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


 «Navro’z», «Mustaqillik kuni» bayramlari va boshqa milliy an’analarda


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

8.3. «Navro’z», «Mustaqillik kuni» bayramlari va boshqa milliy an’analarda 
xalq milliy uninlarnni tashkil qilish
«Navro’z» bayrami, hosil bayrami, to’ylar qadimgi milliy an’analardan
62


hisoblanadi. Ularning safiga milliy bayram sifatida «Mustaqillik kuni» bayrami 
ham qo’shildi. Bu an’anaviy bayramlar, xalq sayillari va to’ylarda kurash, ko’pkari 
/uloq/, poyga, otdan ag’darish, «qiz quvmoq», dorbozlik, tosh ko’tarish, bilak 
kuchini sinash va boshqa o’nlab o’yinlar doimiy ravishda qo’llanib kelingan. Ular 
haqida «Alpomish», «G o^ro^li», «Qirq-qiz», «To’maris» afsonasi, «SHohnoma», 
«Manas» kabi juda ko’p dostonlar guvohlik beradi.
O’zbekiston istiqlol sari dadil borar ekan, xalq milliy o’yinlari milliy 
qadriyatlar sifatida yanada e’zozlanmoqda. Ular «Navro’z», «Mustaqillik kuni», 
«Hosil bayrami», kasb-hunar bayramlari, tuylar va ulug’ sanalarni nishonlash 
jarayonlarida yangi shakl va mazmunda keng qo’llanilmoqda.
O’zbek kurashi xalqaro sport maydoniga chiqdi. Sportning bu to’g’ri bo’yicha 
jahon chempionatlari muvaffaqiyatli o’tkazildi. SHu tufayli kurash shahar va 
qishloq yoshlarining sevimli sporti sifatida ommalashmoqda.
Qishloqlardagi katta to’ylar kurashsiz va ko’pkarisiz o’tkazilmaydi. Otlarning 
zotini ko’paytirish, chavandozlar sonini oshrish borasida qishloq, qo’rg’on faollari 
jiddiy ish yuritmoqda. Barcha milliy bayramlarimizda faqat chavandoz 
polvonlargina emas, hatto yoshlar ham poyga, ko’pkari va boshqa xalq miliy 
o’yinlarida faol qatnashmoqlalar.
1991 yil aperldan buen respublika miqyosida xalq milliy o’yinlari, 
musobaqalari, «Alpomish» o’yinlari festivallari o’tkazilayotgani haqida yuqorida 
bayon etilgan edi. Ayollar yiliga bag’ishlab o’tkazilgan xalq milliy o’yinlari 
«To’maris» festivali xalq milliy o’yinlarining mazmun va shakl jihatdan boyligi
ularning ijtimoiy pedagogik mohiyatlari qanchalik ustun ekanligini namoyish qildi.
Ta’kidlash lozimki, markaziy shaharlar miqyosida va ba’zi qo’rg’on, qishloq 
hamda mahallalarda o’tkazilayotgan Navro’z, Mustaqillik kuni, Hosil bayramlari 
hamda to’ylarda xalq milliy o’yinlari namoyish shaklidagina olib borilmoqda. Bu 
esa yoshlarning o’zaro bellashuvi va o’yinlarning ommalashuviga salbiy ta’sir 
ko’rsatmoqda.
Mahallalar va qishloqlarda o’tkazilayotgan an’anaviy bayramlarda halq milliy 
o’yinlarini tashkil qilishda mahalla oqsoqollari kengashi faollari, jismoniy tarbiya 
va sport mutaxassislari yaqindan turib o’zaro hamkorlik qilishlari zarur. SHunga 
asosan ko’pchilik ishtirok etadigan xalq milliy o’yinlarini mazmun va qoidalarini 
ixchamlashtirgan holda tashkil qilish lozim bo’ladi.
Bunday tadbirlarda mahalliy xotin-qizlarining ishtirokini ta’minlash xalq 
milliy o’yinlarining turlaridan keng foydalanishga olib keladi.
Xalq milliy o’yinlari shug’ullanuvchilarning insoniy fazilatlari va jismoniy 
sifatlarini maqsad yo’lida tarbiyalashda milliy qadriyatlarga tayanadi va ma’naviy- 
jismoniy kamolotni o’stirishga xizmat qiladi. Ana shu jihatlar e’tiborga olinsa, 
mahalla oqsoqollari kengashi faoliyatini kuchaytirish va xalq milliy o’yinlaridan 
foydalanishni ta’minlashda ijobiy tomonlarga siljish bo’lishi mumkin.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling