Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


 «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

8.2.2. «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi
Sobiq Ittifoq davrida aholining aksariyat ko’pchilik qismi o’sha davr 
hokimiyatining g’oyalari, mafkuralari bilan to’la sug’orilganligi sir emas. U 
g’oyalar va mafkuralarning ko’p jihatdan puch ekanligi keyingi qayta qurish 
yillarida /1980-1990/ barchaga aniq bo’lib qoldi. SHu sababli mamlakatimizda 
miliy qadriyatlarni tiklash va ularni davr talablari asosida boyitish taqozasi yuzaga 
keldi. Bunday g’oyalarni amalga oshirish uchun esa aniq mafkuraviy tashkilot 
tuzilishi lozim edi.
1994 
yil 23 aprelda O’zbekiston Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat» 
jamoatchilik markazini tashkil etish to’g’risida farmoni e’lon qilindi. SHu asosda 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Respublikada «Ma’naviyat va 
ma’rifat» jamoatchilik markazining faoliyatini tashkil etish to’g’risida /1994 yil 
iyun/ qaror qabul qildi.
Ushbu qarorda ta’kidlanganidek, «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik 
markazi keng omma bilan hamkorlikda ishlovchi, davlat byudjetidan mablag’ bilan 
ta’minlanishi va shu bilan bir qatorda xo’jalik hisobida ham ish yurituvchi ijtimoiy
60


tashkilotdir. Bu tashqilot zimmasiga bir qator muhim vazifalar yuklatilgan. Ular 
qatorida «So^iologik tadqiqotlar, so’rovlar o’tkazish orqali o’zbek xalqining boy 
ma’naviy merosi, sharqona va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat, millat 
kelajagini belgilaydigan ilg’or g’oyalarni yuzaga chiqarish hamda xayotga tatbiq 
etish, ma^naviy-maTifiy ishlarni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab 
chiqish»dek o’ta muhim vazifa ham belgilangan.
«Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazining o’z nashri, ya’ni 
«Tafakkur» jurnali mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy 
islohotlarning mohiyatinn keng yoritib, ularni hayotta singdirishda etarli darajada 
faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
YUqoridagi qaror asosan, ta’lim-tarbiya ishlariga mas’ul idoralar, tashkilotlar, 
muassasalar hamda teleradio kompaniyasi, ommaviy axborot vositalari, milliy 
qadriyatlar mazmuni, ma^naviy-maTifiy meroslar, ulug’ adiblar xayoti va ilmiy 
meroslarini aholi ongiga chuqur singdirish yo’lida keng targ’ibotchilik ishlarini 
olib bormoqda.
YUqorida boshqa bo’limlarda qayd etilganidek, «Ma’naviyat va ma’rifat» 
jamoatchilik markazi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi, Xalq ta’limi, Oliy 
ta’lim hamda Sog’liqni saqlash vazirliklari, shuningdek, Kasaba uyushmalari 
federa^iyasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati kabi tashkilotlar bilan 
hamkorlikda «Sog’lom avlaod uchun» davlat dasturini amatga oshirmoqda, 
jismoniy tarbiya va sport bilan bog’liq bo’lgan Respublika ilmiy-nazariy 
anjumanlarini o’tkazishda faol qatnashmoqda.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling