Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


Sport markazlari va ularning faoliyatlari


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

7.5. Sport markazlari va ularning faoliyatlari
Sport markazlari tushunchasi asosan zamonaviy sport inshootlarini bildiradi. 
Bu mashg’ulotlarni o’tkazishdagi to’g’ri tushuncha hisoblanadi. SHuningdek, sport 
jamiyatlari, sport maktablari va ularda faoliyat ko’rsatuvchi rahbarlar, murabbiylar, 
hakamlar hamda boshqa rasmiy kishilarning sport turlari bo’yicha terma jamolar 
tuzish, 
ular 
bilan 
o’quv-yig’in 
mashg’ulotlarini 
o’tkazish 
masalalarini 
muvofiqlashtirish faoliyati ham shu tushuncha ichiga /sport markazi/ kiradi.
Tuzilgan terma jamoalar safida eng kuchli sportchilar yig’iladi, o’quv-yig’in 
mashg’ulotlari va rasmiy hamda norasmiy musobaqalarda ularning texnik-taktik 
tayyorgarliklari sinab ko’riladi. SHu jihatdan ham bunday tadbirlarda faqat 
murabbiylargina emas, balki ilmiy xodimlar, mutasaddi rahbarlar, mas’ul 
xodimlar, shifokorlar, homiylar ham mashg’ulotlar hamda musobaqalarda ishtirok 
etish, o’zlarining taxminiy mulohazalarini bildirishlari mumkin.
Bunday hollarda sport turlariga qarab shahar va viloyat markazlarida mavjud 
bo’lgan eng yaxshi sport inshootlari tanlanadi. Ularga zarur bo’lgan asbob- 
usxunalar, texnik vositalar, shart-sharoitlar yaratiladi. Sport markazlaridagi o’quv- 
yig’in mashg’ulotlari va musobaqalar hamda sport inshoot xizmatlari bilan bog’liq 
tashkiliy ishlar, moddiy-texnik hamda moliyaviy ta’minot ishlari tashkil qiluvchi 
tashkilot, jamiyat, klub tomonidan amalga oshiriladi. So’nggi yillarda bunday 
mas’ul va yirik sport tadbirlarini tashkil qilish hamda ularni maqsaddagidek 
o’tkazish jam g’arma uyushmalari, homiylar tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda.
Sport markazlari faoliyati, asosan, sport inshootlari ma’muriyati, mas’ul 
jamiyatlar va sport klublari tomonidan boshqariladi. Umumiy rahbarlik sport 
uyushmalari, sport qo’mitalari tomonidan olib boriladi.
54


Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonning katta sporti rivojiga bolalar va 
o’smirlar sport maktablari, maxsus olimpiya o’rinbosarlari sport maktablari hamda 
bilim yurtlari jamoalari o’z hissalarini qo’shmoqda. YOsh sportchilarni tarbiyalab 
voyaga etkazishda, ularning xalqaro sport maydonlariga qadam qo’yishlarida 
murabbiylarning xizmati g’oyat kattadir.
O’zbekistonning shon-shuxratini sport orqali jahonga yoyishda kurash, boks, 
tennis, shaxmat, sharqona yakka kurash va boshqa sport turlari bo’yicha sportchilar 
mardonavor mahorat ko’rsatmoqdalar. SHu sababdan ham O ’zbekiston Prezidenti 
va hukumati sportni yanada rivojlantirish, ayniqsa, bolalar va o’smirlarning sport 
maktablari faoliyatini yanada yaxshilash zarurligini ko’zda tutib, qator farmonlar
qarorlar qabul kilmoqda. SHuningdek, tajribali murabbiylar va xalqaro sport 
musobaqalarining g’oliblari munosib ravishda taqdirlanmoqda. Bunday g’am- 
xo’rlik va e’tiborlar sport inshootlarini yanada kengaytirish, eng zamonaviy sport 
inshootlarida terma jamoalarning o’quv-yig’in mashg’ulotlarini o’tkazish hamda 
musobaqalarni tashkil qilishga muhayyo qilib berilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga singdirish 
uchun respublika viloyatlarining markazlarida olimpiya o’rinbosarlari kollejlari 
tashkil etilmoqda. Ular terma jamoalar tarkibini toTdirish bilan birgalikda jismoniy 
tarbiya va sport sohasida o’rta ma’lumotli mutaxassislar tayyorlaydi. Eng muhim 
tomoni shundaki, bu bilim yurtlariga ko’proq mahaliy xotin-qizlardan qabul qilish 
va ularni davr talablari, milliy qadriyatlar asosida tayyorlash ko’zda tutilmoqda. Bu 
esa, o’z navbatida, respublika terma jamoalarini mahalliy millat xotin-qizlari bilan 
ta’minlash hamda milliy sport turlari va xalq milliy o’yinlarini keng yoyish, ularni 
ommaviylashtirishga zamin tayyorlaydi.
55



Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling