Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


 Ixtisoslashgan va kompleks sport maktablarining bosqichlari


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

7.2. Ixtisoslashgan va kompleks sport maktablarining bosqichlari. 
Murabbiylar kengashi. Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblari 
7.2.1. Ixtisoslshgan va kompleks sport maktablarining 
bosqichlari
Avval ta’kidlanganidek, sport maktablari turli sport tashkilotlari, jamiyatlari 
va davlat idoralariga mansubdir. Qaysi sohada bo’lmasin, sport maktablarining tur- 
lari, tashkiliy tuzilishlari, faoliyatlari umumiy qoida va tartiblar /Nizomlar/ asosida 
amalga oshiriladi. SHu sababdan ularni ikki yo’nalishga ajratish mumkin:
1.Ixtisoslashtirilgan sport maktablari.
2.Kompleks sport maktablari.
Ixtisoslashtirilgan sport maktabi ham o’z navbatida, bir necha bosqichlardan 
iborat. Uning asosiy xususiyati shundaki, unda faoliyat sportning fakat bir turi 
buyicha olib boriladi. Bunda quyidagi bosqichlarga amal qilinadi:
1.Turli yoshdagi /6-14/ bolalar tayyorlov guruhlari.
2.0liy sport mahorati.
3.0limpiya o’rinbosarlari.
Birinchi bosqichdagi bolalar va o’smirlar sport maktablari /sport turlariga 
qarab/ asosan jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar hamda sportning texnik-tak- 
tik mazmunlarini o’rgatish bilan faoliyat ko’rsatadi.
Ikkinchi bosqichdagi sport maktablarida sportning texnik-taktik mazmunlarini 
singdirgan holda turli yirik musobaqalarga tayyorgarlik davri o’tkaziladi.
Uchinchi bosqich sport maktablarida turli yoshdagi bolalar shug’ullanadilar. 
Ular tayyorgarlik mahorat egallash va olimpiya o’yinlari, xalqaro sport 
musobaqalarida qatnashuvchi sportchilarni tanlash davrlarini o’tkazadi.
Umuman olganda, ixtisoslashgan sport maktablarining ish faoliyati aniq va 
ixchamlashgan holda boshqarishni talab etadi. Bunda sport maktablari 
ma’muriyati, ayniqsa, murabbiylarning vazifasi o’ta mas’uliyatli hisoblanadi.
Kompleks sport maktablarining xususiyatlari shundaki, unda sportning bir 
necha turi /gimnastika, akrobatika, kurash, engil atletika, futbol va hokazolar/ 
bo’yicha bolalar jalb etiladi va mashg’ulotlar olib boriladi.
50


Kompleks sport maktablarida ham sport turlariga qarab shug’ullanuvchilarni 
bir necha guruhlarga /yoshi, jismoniy va sport tayyorgarligiga qarab bo’lib, 
mashg’ulotlar alohida jadval asosida olib boriladi. Bunda muammo buladigan 
jihatlar, asosan, sport inshootlari, sport buyumlari va kiyimlari bilan ta’minlashdir. 
SHu sababdan sport maktablari ma’muriyati zamonaviy ish usullari, xayriya 
jam g’arma uyushmalaridan foydalanish hamda pulli xizmatlar ko’rsatib /ijara, 
musobaqa, tijorat va hokazo/, moddiy muammolarni hal qiladilar.
Kompleks sport maktablari faoliyatida ham etuk sportchilarni tarbiyalab 
etkazish, sharoit va zaruriyatlarga qarab yosh sportchilarni oliy sport mahorati 
maktablari, sport internat-maktablari va olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlariga 
tavsiya qilish mumkin bo’ladi.
Sobiq Ittifoq davrida Toshkent, Samarkand, Andijon, CHirchiq va Buxoro 
shaharlarida ixtisoslashtirilgan sport internat-maktablari tashkil qilindi. Ular 
Respublika uchun juda ko’p sportchilar tayyorlab berishda katta xizmat qilib keldi. 
O’zbekiston mustaqil davlat bo’lgach, bu internatlar Olimpiya o’rinbosarlari 
maktabiga, keyinchalik esa bilim yurtlariga aylantirildi. SHu sababdan mahoratli 
sportchilar tayyorlash bilan birga jismoniy tarbiya va sport sohasida o’rta maxsus 
ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Bu, o’z navbatida, yurtimizda 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega 
bo’lmoqda.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling