Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


VIII. AHOLI TURAR-JOYLARIDA OMMAVIY SOG’LOMLASHTIRISH


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

VIII. AHOLI TURAR-JOYLARIDA OMMAVIY SOG’LOMLASHTIRISH 
VA XALQ MILLIY O’YINLARINI TASHKIL QILISH
1.Aholining jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganish.
2.«Mahalla» jam g’arma uyushmasi, «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik 
markazi, Mahalla oqsoqollari kengashlarining faoliyatida jismoniy tarbiya va sport 
ishlarining mazmun vazifalari.
3.«Navro’z», «Mustaqillik kuni» bayramlari va boshqa milliy an’analarda 
xalq milliy o’yinlarini tashkil qilish.
4.Sport turlari va xalq milliy o’yinlari bo’yicha jamoalar, to’garaklar tashkil 
qilish.
5.Dam olish maskanlarida /sport lagerlari, istirohat va ko’ngil ochish bogTari 
va hokazolar/ sоg,lоmlashtirish ishlari.
8.1. Aholining jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganish
Buyuk kelajak avlodlarini aqlan etuk, jismonan barkamol qilib tarbiyalash 
muammolari barcha davlat va jamoat idoralari zimmasiga yuklatilgan. Bunday 
keng qamrovli va mas’uliyatli tarbiyaviy jarayonlarni amalga oshirishda mahalla 
oqsoqollari kengashlari, ularning tarkibidagi turli komissiyalar, shuningdek, 
jismoniy tarbiya va sport faollarining uyushmalari /jamoalari/ ham katta 
го

o’ynaydi. Bularning zamirida «SogTom avlod uchun» davlat dasturi mazmun i 
muhim ahamiyatga egadir.
Aholining jismoniy baquvvat boTishi va uzoq umr ko’rishi sog’lom turmush 
madaniyati 
bilan 
belgilanadi. 
Bu 
borada 
O,zbеkistоn 
Prеzidеntining 
«O,zbеkistоnning 
chinakam mustaqillikka erishishidan iborat 
o’z yo’li 
respublikani rivojlantirishning quyidagi asosiy o’ziga xos xususiyatlari va shart- 
sharoitlarini har tomonlama hisobga olishga asoslanadi. Avvalo, u aholining milliy 
tarixiy turmushi va tafakkuri tarzidan, xalq an’analarn va urf-odatlaridan kelib 
chiqadi» degan mulohazalari e’tiborga loyiqdir. Ayniqsa, «SogTom avlod uchun» 
ordenining ta’sis etilishi, «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonun, 
«SogTom avlod uchun» davlat dasturi, «Alpomish» va «Barchimy» maxsus 
testlarining ishlab chiqilishi hamda ularning hayotga tatbiq qilinishi jismoniy 
tarbiya va sport xodimlari zimmasiga aholi o’rtasida sоg,lоmlashtirish va sport 
tadbirlarini yanada rivojlantirish mas’uliyatlarini yuklaydi.
O,zbеkistоnning mustaqillikka erishishi sharofati tufayli mahallalar, dahalar, 
mavzelar, yirik qishlоq-qo,rg,оnlarida /posyolkalar/ aholini jismoniy tarbiya, sport, 
sayohat, xalq milliy o’yinlari hamda ommaviy sоg,lоmlashtirish ishlariga jalb 
qilish ancha rivojlandi.
Mamlakatda milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi, uni yanada boyitishda 
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning olib borilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Aholining 
ijtimoiy 
turmush 
darajasi 
tobora 
yaxshilanmoqda. 
Bunda 
o’tkazilayotgan turli sport musobaqalari, xalq milliy o’yinlari festivallari katta 
hissa qo’shmoqda. Bu aholining jismoniy tarbiya va sportga ehtiyoji 
oshayotganidan dalolatdir. Har yilgi mustaqillik kuni hamda «Navro’z»
56


bayramlaridagi ommaviy sayllar, sport musobaqalari buning isbotidir. Respublika 
xukumatining qarorlari, turli ko’rsatmalar asosida mahallalar va boshqa aholi 
istiqomat joylarida jismoniy tarbiya va sportni jonlantirish ishlarida mahalla 
kengashlari, sport tashkilotlari xodimlari, sport faollari bilan hamkorlikda ish 
tutmoqda.
SHaharlar va qo’rg’onlarning aholisi o’rtasida spartakiadalar, xalq milliy 
o’yinlari musobaqalarini o’tkazish an’anaga aylanmoqda. Bunda sportning futbol, 
kurash, arqon tortishish, tosh kutarish, engil atletika kabi turlari ommaviy tus oldi. 
Bu tadbirlarga jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim olayotgan talabalar jalb 
qilinib, tashkiliy ishlarda ular faollik ko’rsatadilar.
E ’tirof etish kerakki, bir qator mutaxassislar aholi turar joylarida 
sogTomlashtirish va ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilishning namunaviy 
dastur hamda ish rejalarini ishlab chiqqanlar. Toshkent shahri sharoitida bir qator 
usuliy qoTlanmalar ishlab chiqilgan. Buni quyidagicha isbotlash mumkin:
Mahalla oqsoqollari kengashlari qoshidagi jismoniy tarbiya jamoasi kengashi 
yoki sport klub majlislari rejasi /namuna sifatida/.
YAnvar.1. Jismoniy madaniyat jamoasi kengashining majlislar rejasini 
tasdiqlash.
2. «Salomatlik» sport klubini tashkil etish.
3.2000 yilgi sogTomlashtirish va ommaviy sport tadbirlari kalendar rejasini 
tasdiqlash.
4.Pod’ezdlar, ko’chalar va uylarning jismoniy tarbiya komandalarini 
tasdiqlash.
Fevral. 1. Sport inshootlarini yozgi mavsumga tayyorlashning borishi 
to’g’risida.
2.Jamoatchi kadrlar tayyorlashning borishi, shu maqsadda seminarlar 
o’tkazish hamda bunday kadrlardan amaliy foydalanish xususida.
3.Har xil masalalar.
Mart. 1. Sport turlari bo’yicha to’garaklar, jamoalar ishini tashkil etish hamda 
ularga jamoatchi faollarni biriktirib qo’yish to’g’risida.
2.Homiylikka olgan korxona jismoniy tarbiya jamoasining aholi turar- 
joylaridagi ishlarda ishtiroki va amaliy yordam ko’rsatish to’g’risida.
3.Har xil masalalar.
Aprel. 1. Milliy o’yinlar bo’yicha musobaqa o’tkazish to’g’risida.
2.«CHarm to’p» klubi sovrini uchun futbol musobaqalariga tayyorgarlik rejasi 
to’g’risida.
3.Har xil masalalar.
May. 1. Aholini jismoniy tarbiyalash, «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturi 
hamda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari asosida musobaqalar o’tkazish 
tartib-qoidalarini tasdiqlash.
2. 
Jismoniy tarbiya va sport ishlarini eng yaxshi yo’lga qo’ygan mavzelar, 
ko’cha va uylarning kurik-tanlovlarini o’tkazish Nizomini tasdiqlash.
Iyun. 1. Suzish va sogTomlashtirish gimnastikasi bo’yicha pulli guruh tashkil 
etish.
2.O’quvchilar, o’smir va yoshlar spartakiadalarini o’tkazish.
57


3.Voleybol va tennis maydonchalari qurilishida aholi va mahalla faollarining 
qatnashuvini ta’minlash.
Iyul. 1. Sog’lomlashtirish markazlaridagi salomatlik guruhlariga aholini jalb 
etish.
2.Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport bayrami o’tkazish.
Uy-joydan foydalanuvchi shirkatlar terma jamoalarining shahar /tuman/ 
birinchiligi musobaqalariga hamda mahallalar, daxalar bilan uchrashuvlariga 
tayyorgarlik.
4. Har xil masalalar.
Avgust 1. Mahalla oqsoqollari kengashlari ish faoliyatini muhokama qilish.
2. Mustaqillik kuni bayramiga bag’ishlab sport musobaqalarini o’tkazish.
Sentyabr. 1. Sport bilai shug’ullanuvchilar va faollarning sport zali, o’yin 
maydonlari qurilishida qatnashuvini ta’minlash.
2. O’rta va katta yoshdagi kishilar o’rtasida spartakiada o’tkazishga 
tayyorgarlik.
Oktyabr. 1. YOzgi sport mavsumi yakunlari to’g’risida axborot berish.
2.Tarbiyasi og’ir bolalarni jismoniy tarbiya va sport bo’yicha muntazam 
mashg’ulotlarga jalb etish to’g’risidagi axborotlarini eshitish.
3.Maydonchalarni qishki mavsumda ishlatishga tayyorlash.
Noyabr. 1. Sog’lomlashtirish va sport ishlarini eng yaxshi yo’lga quyish 
yuzasidan mavzelar, ko’cha va uylar o’rtasidagi o’zaro musobaqa va ko’rik- 
tanlovlarning yakunlarini eshitish.
2. 
Mahalladagi o’zaro musobaqa yakunlariga ko’ra faol jamoatchilarni 
rag’batlantirish.
Dekabr. 1. Bir yilgi ish yakunlari to’g’risidagi axborot va mahalla oqsoqollari 
kengashi qoshida jismoniy faollari uyushmasini tashkil qilish, ularning kelgusi yil 
ish rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
SHuni eslatish zarurki, bu namunaviy reja mahalla oqsoqollari kengashlari, 
ularning qoshidagi jismoniy tarbiya va sport faollari uyushmasi /jamoa/ uchun 
mo’ljallangan. SHu asosda yangidan tashkil qilinadigan mahalla jismoniy tarbiya 
jamoalari kengashlari /yoki uyushma/ ham o’z rejalarini tuzib olishlari maqsadga 
muvofiqdir.
Mahallalar, qishloqlarda jismoniy tarbiya o’qituvchilari, murabbiylar va 
sportchi faollarga tayangan holda kichik guruhlar, jamoalar /komandalar/, 
uyushmalar tuzib, mashg’ulotlar, musobaqalar o’tkazib turish lozim.
Turar-joylardagi o’rta va katta yoshdagi kishilar orasida stol tennisi, shaxmat 
va shashka, milliy o’yinlar, engil atletika to’garaklari, guruhlar va jamoalarni 
ommalashtirish ularda sog’lomlashtirish tadbirlarining turli shakllaridan, shu 
jumladan, ertalabki gimnastika, yurish, sayohat va boshqa turlardan keng 
foydalaniladi.
Aholi turar-joylarida ommaviy sport ishlarini muvaffaqiyatli o’tkazishda sport 
inshootlari katta ahamiyat kasb etadi. Bu inshootlar belgilangan qurilish me’yorlari 
talablariga mos bolalar hamda kattalarning extiyojlarini qondiradigan, shu to’rar- 
joy qurilishiga munosib, hamohang bo’lishi kerak.
Sport maydonchalari, sog’lomlashtirish shaharchalari, yugurish va chigal
58


yozish yoTakchalari, o’yin maydonchalaridan iborat hovli o’yingohlari shinam 
bo’lishi kerak. Bunday o’yingohlarda usti yopiqjoylar bo’lishi, yaxshi yoritilishi 
ham kerakki, bu narsa ulardan foydalanish muddatini uzaytiradi.
Sport inshootlarini maxsus moslamalar, trenajyorlar bilan jihozlashga alohida 
e’tibor berish zarur. CHunki shu yo’l bilan avvalo ulardan yoz va qish fasllarida 
foydalanish imkoniyatini, qolaversa, ko’pchilik boTib yoki yakka tartibda 
o’tkaziladigan mashg’ulotlar samaradorligini oshirish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, aholi turar-joylarida sog’lomlashtirish tadbirlarini 
tashkil qilish mahalla oqsoqollari kengashlari hamda mutaxassislar ishtirokida 
o’tkazilishi lozim. «Navro’z», «Mustaqillik kuni» va boshqa bayramlarga 
tayyorgarlik jarayonlarida futbol, kurash, voleybol, yugurish va xalq milliy 
o’yinlarini musobaqa shaklida o’tkazish lozim. Tuman, shahar hokimiyatlari, sport 
qo’mitalari hamda homiylarning faol ishtiroklarini ko’proq jalb qilish lozim 
bo’ladi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling