Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


  «Mahalla» jamg’arma uyushmasi, «Ma’naviyat va ma’rifat»


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

8.2. 
«Mahalla» jamg’arma uyushmasi, «Ma’naviyat va ma’rifat» 
jamoatchnlik markazi, mahalla oqsoqollarn kengashi faoliyatida jismoniy 
tarbiya va sport ishlarining mazmuni va vazifalari
8.2.1. «Mahalla» jamg’arma uyushmasi
O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq aholining tinch- 
osoyishta yashashi, ularning o’zaro ahil bo’lishlari hamda salomatliklarini 
muhofaza qilish tadbirlari ko’rildi. O’zbekiston Prezidenti farmonlari va 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida aholining 
o’zini-o’zi boshqarishini tashkil qilish borasidagi tadbirlar muhim ahamiyatga ega 
boTdi. SHu asosda O’zbekiston Respublikasi «Mahalla» jam g’armasi tuzildi va 
barcha viloyatlar, tuman-shahar hokimiyatlari tarkibida «Mahalla» jam g’armalari 
ish boshladi. Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan «Mahalla» hamda aholining 
o’zini-o’zi boshqaruvchi boshlang’ich tashkilotlari, ya’ni mahalla oqsoqollari 
kengashlari ta’sis etildi. Bu kengashlar tarkibiga mahallada yashovchi nuroniylar
masjid xodimlari, davlat idoralarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxslar, madaniyat, 
san’at, tibbiyot, tijorat, savdo xodimlari saylab qo’yilmoqda. Ularning eng muhim 
vazifalariga, asosan, quyidagi muammolarni hal qilish kiradi:
1. O’zbekiston Prezidenta, hukumati va o’z hududlariga qarashli bo’lgan 
/shahar-tuman/ hokimiyatlarining farmon, qaror va ko’rsatmalarini aholiga 
tushuntirish, targ’ib qilish.
2. «Navro’z», «Mustaqillik kuni» bayramlari va an’anaviy milliy bayram 
hamda marosimlarni /nikoh, to’y, hayit, janoza va hokazo/ maqsadli o’tkazish.
3. Oilalarning tinch, osoyyshta yashashlariga hissa qo’shish /mojaro va o’zaro 
kelishmovchiliklarning oldini olish, ular sodir bo’lganda yaxshilikka hal etish/.
4. Oilalarda xotin-qizlarning faoliyati va farzandlar tarbiyasini yaxshilash 
yoTlari.
5. Turli ommaviy-sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlari, xalq milliy o’yinlarini 
o’tkazishda yordamlashish.
59


M a’lumki, yuqorida qayd etilgan muhim tadbirlar moddiy ta’minot 
masalalarini taqozo etadi. Ana shularni hisobga olgan holda Respublika «Mahalla» 
komissiyasi va uning quyi tarmoqlarida «Mahalla» xayriya jam g’armasi tashkil 
etildi. Unga tushadigan jam g’arma mablag’lari, asosan, quyidagi sohalarga 
sarflanadi:
1.Nogiron bolalar, nuroniylarga bayram arafalarida moddiy yordam va 
sovg’alar qilish.
2.Kam ta’minlangan va ko’p bolali oilalarga moddiy yordam berib borish.
3.An’anviy 
bayramlar 
va 
marosimlarda 
zaruriyat 
uchun 
moddiy 
ko’maklashish.
4.Mahalla oqsoqollari kengashining rasmiy faoliyatlari, xo’jalik ishlari va 
boshqa sohalarga mablag’lar ajratish.
Mahalla oqsoqollari kengashi va uning xayriya jam g’armasi hisobiga juma 
namoziga kelgan kishilar tomonidan hadya etilgan xayriyalar, homiylarning 
qo’shgan hissalari, mahalla oqsoqollari kengashi tomonidan tashkil etilgan ishlab 
chiqarish korxonalari, savdo, tijorat tizimlaridan olingan daromad va boshqa 
kirimlar tushadi. SHuningdek, sharoit va extiyojlarga qarab «Mahalla» xayriya 
jam g’armasining yuqori tashkilotlari tomonq«tan ham moddiy yordam beriladi,
E ’tirof etish kerakki, bunday ulug’vor faoliyatlar Respublikada mehr-oqibat
xayr-exson qilish kabi milliy qadriyatlarning chuqurlashib borishidan, O’zbekiston 
Prezidenti va hukumatning aholini ijtimoiy-moddiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy 
jihatdan muhofaza qilishlaridan dalolatdir.
O’zbekiston mustaqilligi yillarida «Mahalla» xayriya jam g’arma uyushmasi 
«Navro’z», «Mustaqillik kuni» bayramlaridagi sport chiqishlari, mahallalarda 
o’tkaziladigan o’rtoqlik uchrashuvlari, spartakiadalar, xalq milliy o’yinlarini 
tashkil qilish va o’tkazishda faol ishtirok etgan mutaxassislar, sportsevarlar, 
sportchilar, hakamlar va boshqalarni munosib ravishda rag’batlantirib bormoqda.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling