Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


 Rejalarni tuzish, qabul qilish va ularning ijrosini


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

9.5. Rejalarni tuzish, qabul qilish va ularning ijrosini 
nazorat qilish tartiblari
O’zbekiston Prezidenta davlatni boshqarish, barcha faoliyatlarni sharoitlardan 
kelib chiqqan holda bajarish mumkin bo’lgan ishlarnigana aniq, puxta 
rejalashtirish, ularning bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib borishni vazifa 
qilib qo’ymoqda. Bu, o’z navbatida, O’zbekiston Respublikasi Konstitu^iyasi va 
davlatni idora qilish bilan bog’liq bo’lgan qonunlar, qarorlar, nizomlarning tarkibiy 
tuzilishlarida ham bayon etilgan.
Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi, sport jamiyatlari va ularning quyi 
tarmoqlarida rejalarni tuzish jarayonida quyidagi tartib va qoidalarga amal qilinadi, 
ya’ni:
1. O’tgan yidda erishilgan muvaffaqiyatlar va salbiy tomonlarni hisobga olish.
2. YUqori davlat idoralari tomonidan qo’ylgan yangi vazifalarga tayanish.
3. Respublika va xalqaro sport harakatidagi ilg’or tajribalarni qo’llash.
4.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilar sonini oshirish
«Alpomish» va «Barchinoy» maxsus test Nizomlarini ko’paytirish, yuqori 
malakali va razryadli sportchilarni tayyorlash, mutaxassis xodimlar, jamoatchi 
faollar tayyorlashni yaxshilash, sport inshootlarini kengaytirish va boshqa muhim 
ko’rsatkichlarni rejalashtirishda aniq imkoniyatlarni hisobga olish kerak bo’ladi. 
SHuningdek, sport tadbirlarining kalendar rejalarini tuzishda Xalqaro sport 
musobaqalarining turlari, unda ishtirok etish zarur bo’lgan sport turlari, o’tkazilish 
vaqti, joylari va hokazolarni ham chuqur o’rgangan holda inobatga olishni taqozo 
etadi.
Tuzilgan rejalar yuqori idoralarning kollegiyalari /hay’at/ va quyi 
tashkilotlarning faollar yig’ilishida muhokama qilinib, zarur bo’lsa tuzatishlar 
kiritiladi va ovoz berish yo’li bilan qabul qilinadi. Uni raislar va rahbarlar rasman 
tasdiqlashi lozim bo’ladi.
Rejalarning bajarilishini nazorat qilish sport tashkilotlaridagi tashkiliy va 
rejalashtirish bo’limlari, rahbar xodimlar uyushtirgan maxsus komissiyalar tomo- 
nidan belgilangan vaqtda hamda zaruriyat paydo bo’lganda amalga oshirilishi 
mumkin. Nazorat qilish, tekshirish jarayonlarida quyi jamoalarga amaliy yordam 
berish, yo’l-yo’riqlar ko’rsatish zarurdir. Barcha tadbirlarni avvaldan ko’ra bilish 
/prognoz-bashorat qilish/ muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun esa tadqiqot 
o’tkazish va me’yorlarni /nomativlar/ belgilash taqozo etiladi. Bu vazifalarni ado 
etish uchun rahbar sport tashkilotlari, jismoniy tarbiya bilan bog’langan turli 
vazirliklar, idoralar o’z tadbirlarini belgilaydilar. Bunda sharoitlar, ilg’or tajribalar, 
fan yutuqlari inobatga olinadi.
Jismoniy tarbiya va sport ishlarini bashorat qilishda quyidagilarni asos qilib 
olish zarur:
72


1. Jismoniy tarbiya harakatining barcha sohalarini moTjallash.
2. Fanni rivojlantirish.
3. Turli sport buyumlari va jihozlarini ishlab chiqarish va ularni iste’molga 
yo’naltirish.
4. Mutaxassis xodimlarga bo’lgan talab va ehtiyojlarni o’rganish.
5. Aholining jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish.
6. Eng yuqori natijalarni /rekordlar/ moTjallash.
7.Jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirish.
Aholining jismoniy madaniyatini takomillashtirish maqsadida turli dasturlar 
tayyorlash /modellar/, jismoniy tarbiya, sport va sayohatlarning mohiyatlarini 
ochib beruvchi aniq namunaviy tadbirlarni tashkil etish hamda ularni nazariy 
hamda amaliy jihatdan asoslab berish.
YAna muhim tomonlardan biri shuki, aholi o’rtasida, ayniqsa, o’quvchi- 
yoshlarda jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan munosabatlar, qiziqish va 
ehtiyojlarini o’rganish, ilmiy jihatdan aniqlashda xalq milliy o’yinlari, ma’naviy va 
ma’rifiy madaniyat tadbirlarini tahlil qilish zarur.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi sharoitida milliy qadriyatlarni tnklash, 
ma’naviy qiyofalarni yangilash va umummadaniyatni rivojlantirishda ulkan 
tadbirlar amachga oshirilmoqda. Bularga «Navro’z», «Mustaqillik kuni», «Hosil 
bayrami», turli xil ommaviy sogTomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport 
tadbirlari, Forish tumanida o’tkazib kelingan xalq milliy o’yinlari olimpiadasini 
(1994-1996), Alpomish o’yinlari festivallarini (1998-2000), ko’rsatish mumkin. 
Barcha sport tashkilotlari va ularnnng quyi tarmoqlari jismoniy tarbiya va sportni 
rivojlantirishdagi vazifalari deb, yuqorida qayd etilgan tadbirlarni ko’proq asos 
qilib olishlari zarur. Talabalar barcha vazifalarni qunt bilan mutolaa qilishlari va 
amaliyotlar jarayonida bunday tadbirlarda faol ishtirok etishlari zarur.
73



Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling