Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


Sport mutaxassislarini tayyorlash


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

10.1.2. Sport mutaxassislarini tayyorlash
M a’lumki, sport bilan shug’ullanuvchilardan jismoniy chiniqish, texnik-taktik 
tayyorgarlik va shu sohada etarli darajada mahorat talab etiladi, Bu esa, o’z 
navbatida, tajribali murabbiyning katta mehnatini taqozo etadi. Bu ikki yo’nalish 
yaxlit bir tizim mazmuniga egadir. SHu sababdan talabalarni murabbiylikka 
o’rgatishda ularning sport mahoratini oshirish hamda murabbiy faoliyatlari bilan 
qurollantirish sport mutaxassisini tayyorlash demakdir. Bu jarayonlar asosan, 
O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida maxsus soha hisoblanadi va o’quv 
rejasida tegishli sport fanlariga alohida e’tibor berilgan. Ayniqsa, sport 
ixtisosligiga /spe^ializa^iya/ ajratilgan soatlar miqdori unda nazariy bilim va 
amaliy mashg’ulotlarga nisbatan ustun turadi. Oliy o’quv yurtlarining jismoniy 
tarbiya fakulbtetlarida bu sohaga birmuncha pastroq nazar bilan qaraladi, faqat 
sport mahoratini oshirishga maxsus soatlar berilib, unda deyarli barcha diqqat- 
e’tibor etuk sportchi tayyorlashga qaratilgandir. O’z o’rnida ta’kidlash lozimki, bu 
sohada maxsus dasturlar iishab chiqish, unda murabbiylikka tayyorlash jihatlari 
ko’zda tutilmog’i lozim.
10.1.3. Ommaviy sport tadbirlari, sayohat, xalq milliy o’yinlari bo’yicha 
mutaxassislar tayyorlash
Sobiq Ittifoq davrining qayta qurish yillarida ommaviy sogTomlashtiruvchi 
jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil qilish sohasida mutaxassislar 
/tashkilotchi-o’qituvchi/ tayyorlash yo’lga qo’yildi. Bu jarayon O’zbekiston Davlat 
jismoniy tarbiya institutida ham amalga oshirildi. 10 yildan ortiq davrda /1999 
yilgacha/ ancha tashkilotchi-o’qituvchi tayyorlandi. Ularni amaliy ish faoliyatga 
tayyorlashda Toshkent shaxridagi tuman sport qo’mitalari, «Traktor», «Zenit», 
«To’qimachi», «Burevestnik» sport klublari ish faoliyati bilan o’quv amaliyoti 
jarayonlarida tanishtirildi. Sport tashkilotlari va sport klublarida rahbarlik qilish 
usullari bilan qurollantirildi. Bunda ishlab chiqarish jamoalari, aholi turar-joylari, 
o’quvchi-yoshlarning ommaviy tadbirlari, sayohatlari, xalq milliy o’yinlarini 
tashkil qilish yoTlariga alohida e’tibor berildi. Bu jarayonlar O’zbekiston Davlat 
jismonii tarbiya institutida ma’lum darajada davom ettirilmoqda.
Lekin shuni e’tirof etish zarurki, ba’zi bir sabablarga ko’ra tashkilotchilik 
sohasidagi ixtisosli xodimlar ishlab chiqarish korxonalari sport klublarida ish 
faoliyatini boshlamasdan avval o’qituvchilikka yoki umuman boshqa sohalarga 
o’tib ketmoqda. Buning eng asosiy sabablaridan biri shuki, joylarda ortiqcha 
shtatlar kam, qolaversa bitiruvchi mutaxassislarda amaliy tajribalar etishmaydi.
Xulosa shundayki, ommaviy sogTomlashtiruvchi jismonii tarbiya va sport 
hamda sayohat, xalq milliy o’yinlari bo’yicha boTajak jismoniy tarbiya
75


o’qituvchilariga ko’proq e’tibor berish lozim.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling