Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


 Mustaqillik davrida jismoniy tarbiya va


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

11.2. Mustaqillik davrida jismoniy tarbiya va 
sportni boshqarish
YUqorida ta’kidlanganidek, respublikada davlatni idora qilish va barcha 
faoliyatlarni to’g’ri boshqarish uchun O’zbekiston Prezidenti farmon chiqaradi, 
Oliy Majlis qonun va qarorlarni ishlab chiqib, ularni tasdiqlaydi va nihoyat
Vazirlar Mahkamasi qonun, farmoyishlarni amalga oshirish bo’yicha o’zining 
qarorlarini qabul qiladi. Ana shular asosida har bir vazirlik, davlat qo’mitasi hamda 
jamoat tashkilotlari o’z ish faoliyatlarini amalga oshiradi. Bu jarayonlarda har bir 
soha yoki tarmoq o’z xususiyatlari asosida turli uslublarni qo’llaydi. Ularning eng 
muhimlari tashkiliy-farmoyish berish, xo’jalik hisobi, moddiy-texnik ta’minot, 
normativlarni belgilash va boshqalardir. Bunday usullar jismoniy tarbiya va sport 
harakatini boshqaruvchi barcha idoralar va tashkilotlarga ham mansubdir.
E ’tirof etish kerakki, mustaqillik sharoitlarida turli qog’ozbozlik, o’rinsiz 
buyruq berish, bir-biriga ishongan holda ish ko’rish kabi usullar asta-sekin o’z 
mazmunini yo’qotmoqda. CHunki bu usullarning mohiyati ko’ayaib yozish /sport 
bilan shug’ullanuvchilar, sport inshootlari soni va hokazolar/, yolg’on ma’lumotlar, 
quruq va’dalardan iborat edi. Bunday holatlar yangicha ish tutish, aniq ijobiy 
samaralarga erishishga salbiy ta’sir ko’rsatayotganligi barchaga ma’lumdir. 
O’zbekiston Prezidenti tomonidan ko’tarilgan yakgi shior - «Kuyib-yonib yashab
83


mehnat qilmoq kerak» —
neg’izida mas’uliyat, ijodkorlik, tashabbuskorlik, 
fidokorlik kabi fazilatlar mujassam.
Bu o’rinda Artur Grigoryanning professional boks bo’yicha 16 marta jahon 
chempioni bo’lishi, boks bo’yicha Muhammadqodir Abdullaevning XXVII 
Olimpiya o’yinlarida /Sidney/ oltin medal sovrindori boTishi va boshqa ko’pgina 
misollarni keltirish mumkin. Demak, jismoniy tarbiya va sport harakatining tub 
maqsadlari negizida jismonan barkamollikka erishish bilan bir qatorda Vatanim
deb yonib-kuyib mehnat qiluvchi murabbiylar, sportchilar, o’qituvchilar, sport 
faollarining yurt shuhratini olamga yoyish kabi oliy orzu-niyatlari ham bor.
YUqori sport tashkilotlari, oliy o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya 
fakulbtetlari, kafedralar, sport klublar faoliyatida ishlarni ilmiy asosda tashkil 
qilish eng zarur usullardan hisoblanadi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling