Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


 Jismoniy tarbiya va sportni targ’ib qilish


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

10.6. Jismoniy tarbiya va sportni targ’ib qilish
Respublikamizda milliy g’oya va aholining iftihorini keng ommaga targ’ib 
qilishda jismoniy tarbiya va sport hamda xalq milliy o’yinlarining mohiyati 
kattadir. Ular haqida targ’ibot ishlarini olib borish ham muhim ahamiyatga egadir. 
Ommaviy axborot vositalari orqali va bevosita muloqotlarda O’zbekiston Davlat 
jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi, «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik 
markazi va boshqa tashkilotlar bu sohada samarali mehnat qilib kelmoqda.
Hozirgi kunda televideniyada berilayotgan sport ko’rsatuvlari, ayniqsa, futbol, 
tennis, kurash, boks hamda milliy o’yinlarni barcha miriqib tomosha qiladi. 
Sportga oid adabiyotlar, gazeta va jurnallarni berilib o’qiydigan muxlislarning soni 
tobora oshib bormoqda.
Hayotiy tajribalar, amaliy faoliyatlar natijasining ko’rsatishicha, o’quvchilar 
gazetalarda milliy sport turlari, sevimli sport musobaqalari, ularda ishtirok etuvchi 
mahalliy jamoalar, sportchilar haqida xabarlar yozishni talab qilmoqdalar. Qishloq 
aholisi o’rtasida jismoniy tarbiya va sport ishlari etarli darajada targ’ibot 
qilinmoqda. CHunki, u erlarda moddiy-texnik ta’minot, sport inshootlarining soni 
ko’paymoqda. Aksariyat katta-kichik kishilar jismoniy mehnat bilan band. 
Qolaversa, ularda jismoniy tarbiya va sportga ehtiyoj tushunchasi hali to’la 
darajada emas desa bo’ladi. SHu tomonlarni hisobga olgan xolda, avvalo, sport 
inshootlarini qurish va jismoniy tarbiya taTimi bilan aholini qurollantirishning 
zamonaviy usullarini topish lozim bo’ladi. Buning uchun madaniyat, san’at, 
adabiyot, manaviyat va ma’rifat xodimlarining jismoniy tarbiya va sport hamda 
sayohat sohasidagi faoliyatlarini yanada kuchaytirish, ularning mafkuraviy 
targ’ibotini keng yo’lga qo’yish maqsadga muvofiqdir.
Eng muhim va jonli targ’ibot vositasi sifatida sport musobaqalari, ommaviy 
sog’lomlashtirish tadbirlari, jamoalarning o’rtoqliq uchrashuvlarini tashkil qilish 
lozim. Ularda sport tashkilotlarining rahbarlari, olimlar, faxriylar, xalqaro sport 
musobaqalarining sovrindorlari bilan muloqotlar uyushtirishni yaxshilash maktab 
o’quvchilarining «Quvnoq startlar» va «Umid nihollari»ni mazmunan boyitib
televideniyada ko’proq namoyish qilish kerak.
Sport tashkilotlari va ularning quyi tarmoqlarida boshqarish faoliyatlarini
80


tashkil qilishda ish uslublari muhim ahamiyat kasb etadi. Targ’ibot shakllari, 
vositalari va asosiy mazmunini talabalar mustaqil ravishda o’rganishlari maqsadga 
muvofiqdir.
81



Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling