Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


XII. BOSHQARINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

XII. BOSHQARINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK
YO’NALISHLARI
1. Jismoniy tarbiya va sport harakati jarayonida ijtimoiy-psixologik holatlar.
2. Boshqarish va ta’lim-tarbiya jarayonlarida uzaro munosabatlar.
3. Tarbiya - boshqarishning muhim bosqichidir. Onglilik va salomatlik 
muvozanatlarini saqlash, milliy qadriyatlardan foydalanish.
4. Boshqarishda etakchilik (liderstvo) mohiyati.
5. Jismoniy 
tarbiya 
va 
sportning 
ijtimoiy-tarbiyaviy 
va 
ma’naviy 
mohiyatlarini o’rganish, tadqiq qilish.
Inson ruhiyati uning ijtimoiy turmush va ta’lim-tarbiya jarayonida asosiy 
omildir. SHu sababdan o’qitish. tarbiya berish, yoshlarning ma’naviy va jismoniy 
kamolotini tarbiyalab etishtirish, ularni kasb-hunarga yoTlashda ijtimoiy- 
psixologik va pedagogik jarayonlarga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Bu jihatlar 
jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarish, ayniqsa, iqtidorli yoshlarni sportga 
jalb etish, sportchilar mahoratini oshirish, ularni sport musobaqalariga ruhiy 
jihatdan tayyorgarliklarini ta’minlash eng muhim pedagogik jarayon hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil martdagi 
«Respublika M a’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil qilish 
to’g’risida»gi 
qarori 
mamlakatimizda 
milliy 
qadriyatlarni 
tiklashni 
takomillashtirish masalalarini e’tiborga olib qabul qilindi. Bu esa aholini, aynisa, 
o’quvchi-yoshlarni milliy madaniyatimizni rivojlantirish, ulkan adiblar asarlari va 
madaniy meroslarini qunt bilan mutolaa qilishga da’vat etadi. Buning uchun barcha 
jamoalardagi kabi jismoniy tarbiya harakatida ham taTim-tarbiya va madaniy 
ishlarni yaxshilashni taqozo qiladi.
Ta’kidlash lozimki, O’zbekistonda xalq pedagogikasinn takomillashtnrishda 
etuk mutafakkir olimlarning hissalari kattadir. Ilmiy-pedagogik meroslarimizni 
ta’lim tizimiga kiritish va ulardan keng’ foydalanish fikrlarini olg’a surdilar.
Jahon xalklari tarixi va pedagogikasida o’chmas iz qoldirgan buyuk allomalar 
Abu Ali ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Naqshbandiy, Alisher Navoiy va boshqa sharq 
olimlarining ma^naviy-maTifiy hamda ilmiy-pedagogik meroslari o’quvchi- 
yoshlar va mehnatkashlar orasida targ’ib qilinmoqda.
Sport jamoalarining faoliyatini ijtimoiy-ruhiy jihatdan o’rganish va ilg’or 
tajribalarni ommalashtirishda etuk yirik olimlarimiz o’z hissalarini qo’shib 
kelmoqdalar.
Sport tashkilotlari faoliyatini boshqarish va ommaviy sog’lomlashtirish 
musobaqalarini tashkil etishda raxbar xodimlar, mas’ul tashkilotchilar hakamlar
xizmatchilar, vakillar va hokazolar, jamoalar umumiy qoidalarga itoat etish, o’zaro 
yaxshi munosabatda bo’lish, sport musobaqalari qoidalariga to’la rioya qilish, etik- 
estetik me’yorlarni bilish kabi talablarni bajaradilar.
Sport jamoalari faoliyatida, asosan, quyidagi ijtimoiy-ruhiy va pedagogik 
jarayonlar muntazam ravishda mavjuddir:
1.Jamoa rahbari sport qo’mita yoki sport jamiyati voqelikni kuzatadi.
2.Murabbiy o’yinlar va barcha mashg’ulotlarni tashkil qilish jarayonida ularni 
kuzatib, tahdil qiladi.
91


3.Jamoa ishtirokida rahbarlar va murabbiylar barcha faoliyatlarni, shuningdek, 
o’yin (musobaqa) natijalarini birgalikda muhokama qiladilar.
4.Muhokama jarayonida 
g’oliblar 
takdirlanadi 
va 
rag’batlantiriladi. 
MagTublar tegishli vazifalarni oladilar.
Bu jarayonlar ijtimoiy-psixologik va pedagogik jihatdan bir-biriga 
chambarchas bog’lanib ketganligi uchun maqsad bu faoliyatlarni to’g’ri 
uyushtirish, aniq yo’natishlar berish, kelgusi ish samaralarini ta’minlashga 
qaratilgan bo’lishi kerak. SHu jihatdan ham talabalar va barcha yosh mutaxassislar 
sportning turlariga qarab bu faoliyatlarni chuqur o’rganishlari, amaliyot 
jarayonlarida qayta-qayta tajribalardan o’tkazishlari zarur, toki ular uchun mazkur 
faoliyatlar odat, ehtiyoj tusiga kirsin.
Jahon sporti harakati, qolaversa, respublikadagi jismoniy tarbiya harakati 
tajribalarida jamoa, rahbar, guruxlar o’rtasidagi o’zaro aloqalap va rasmiy 
munosabatlar tabiiyligi ma’lum. Ular ish faoliyatini yaxshilash, munosabatlarni 
mustahkamlash, yuqori samaralarga erishishga qaratilgan bo’ladi. Bu jarayoklar 
hayotda oson kechmaydi. CHunki har bir rahbar va ishonchining o’ziga xos fe’l- 
atvori, xususiyati, istagi. maqsadi, imkoniyati bo’ladi. SHu asnoda aytish kerakki, 
sobiq Ittifoq davrida O’zbekistonga juda ko’p iqtidorli murabbiylar, sportchilar 
futbol, kurashda ko’proq edi taklif etilgan. Bu masala katta shartlar evaziga hal 
bo’lgan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ham murabbiylar va sportchilar 
o’rtasida raemiy shartnomalar tuzilib, ular rahbar tashkilotlar orqali hal etilmoqda. 
Bu ham o’ziga xos ijtimoiy-psixologik jarayonlarni vujudga keltiradi.
Sport jamoalarida shaxs tushunchasi katta ahamiyatga molik bo’lib, murabbiy 
o’zi xohlagan sportchilarni tanlashi va ular bilan muloqotlar tashkil qilishi 
mumkin. Bu tabiiy hol. Sportchilar ham shaxs sifatida o’z istaklari va xohishlariga 
ega boTishlari, shu asosda muloqot va o’yinlarda qatnashishlari mumkin. Bu 
murabbiy va sportchi o’rtasidagi raqobat, muloqot va boshqa pedagogik jara- 
yonlarni to’g’ri yo’lga qo’yishni taqozo qiladi. SHu jixatdan sport jamoalarida 
faqat ixtisoslik buyichagina ishlar olib borilishi etarli boTmaydi. SHuning uchun 
ular bilan ijtimoiy-psixologik va pelagogik jihatdan taTim-tarbiya ishlarini 
rejalashtirish, g’oyaviy, siyosiy va madaniy tadbirlarni yo’lga qo’yish zarur. 
Bujihatdan bolalar va o’smirlar sport maktablari va o’quv yurtlari, ishlab chiqarish 
korxonalari, sport klublari to’garaklarida tartibli ravishda tashkil qilish, ularni 
yoshlikdan tarbiyalash kerakdir.
Sport jamoalarining o’quv mashg’ulotlari va bevosita sport musobaqalari 
jarayonida maxsus ilmiy tadqiqotlar o’tkazish yo’lga qo’yilganiga ancha boTdi. Bu 
sohada ko’p tanikli olimlar va yosh mutaxassislar tadqiqotlar o’tkazib, ijobiy 
natijalarga erishgan, ularning ta’kidlashicha. sportchilar quyidagi toifalarga 
boTinadi.
1.Eng yuqori malakali sportchilar xalqaro toifadagi sport ustalari.
2. YUqori darajadagi sportchilar (sport ustalari).
3. O’rta me’yorli sportchilar (1-razryadlilar).
4. Oddiy sportchilar (2-3-razryadlilar).
5. Sportga endigina qadam qo’yganlar.
1980 yil Moskvada bo’lib o’tgan XXII Xalqaro Olimpiya o’yinlari hamda
92


keyingi yillarda Moskva, Leningrad, Kiev, Toshkent va boshqa yirik shaharlarda 
o’gkazilgan rasmiy xalqaro sport musobaqalari hamda Uzbekiston Respublikasi 
xalkdari spartakiadasi, o’quvchilar va tatabalarning spartakiadalari, universiadalari 
paytida qator ilmiy tadqiqot ishlari o’tkazilganligining guvohimiz. Bu tadqiqot 
jarayonlarini tashkil qilish va bevosita o’rganishda quyidagi xrlatlarni aniqlashga 
muyas-sar bo’lingan:
1.«Eng yaxshi murabbiylarning qaysi jihatlari sizga ma’qul?» — degan savol- 
javoblarda yuqori darajali sportchilar talabchanlik. odamiylik, hozirjavoblik kabi 
hislatlarni ko’rsatganlar.
2.«Murabbiylarning kaysi jihatlari sizga ma’qul emas?» — degan savolga 
yuqori darajali sportchilar qo’pol, o’zini tutolmaydigan, mag’lubiyatda o’zini 
yo’qotib qo’yadigan va hokazolar deb ko’rsatganlar.
Sportga endi qadam qo’ygan yoshlardan «Murabbiylarning qaysi xislatlari 
sizga yoqadi?» — degan savolga yaxshi muomalla qilish, mashqlarni doimo o’zi 
ko’rsatib berishi, yaxshi o’rgatishi yoqishini ta’kidlaganlar. «Murabbiyning qaysi 
tomonlarini yoqtirmaysiz?» — degan savolga esa barchaga barobar muomala 
qilmasligi, do’q urishi, xatolarni tuzatishda dag’allik qilishi va hokazolarni 
ko’rsatishgan.
YUqorida qayd etilganidek, jamoada murabbiy va o’yin-lar (mashklar) 
jarayonlari yaxlit ijtimoiy - psixologik va pedagogik jarayondir. Sportchilarning 
o’z murabbiylariga bergan baxrlari o’ta haqqoniy va to’g’riligiga hech qanday 
shubha bo’lishi mumkin emas, chunki haqiqatdan ham murabbiylarning ruhiy va 
jismoniy holatlari doimo o’zgarib turadi. Vazmin, donishmand va katta tajribali 
murabbiylar hamma sportchilarga yoqadi. SHu jihatdan olganda, talabalar, yosh 
murabbiylar, jismoniy tarbiya o’qituvchilari yaxshi rahbar, murabbiy bo’lishga 
intilishlari, hayotiy ish tajribalarni o’zlarida mukammal shakllantirishlari lozim.
Sport jamoatari rahbarlari, murabbiylar, jismoniy tarbiya o’qituvchilari ta’lim- 
tarbiya ishlarini yaxshilashda barcha sport mashg’ulotlari jarayoni va avvaldan 
mo’ljallangan vaqtlarda suhbatlar o’tkazishni yaxshi yo’lga qo’yishlari lozim. 
Bunda:
- sport mashg’ulotlari va o’yinlari (musobaqalar) ijtimoiy-psixologik va 
pedagogik jarayonlarga aniq qaratilishi;
- oldiga aniq vazifalar qo’yilishi;
- suhbat rejalari aniq va ehtiyojga yarasha bo’lishi;
- suhbatning ta’sirli bo’lishi uchun vaqt va joy moe kelishi;
- suhbat jarayonida aniq maqsadlarga erishish;
- olingan axborotlar, ma’lumotlar dalil sifatida aniq va to’g’ri haqqoniy 
bo’lishi;
- suhbatda maqsadga erishilgach, uni darhol to’xtatish, boshqa vaqtda davom 
zttirishga ehtiyojni uyg’otish kerak bo’ladi.
Suhbatlar ma’lum masachatar bo’yicha chegaralangan, maqsadga qaratilgan 
va erkin holda bo’lishi kerak. Imkoni boricha suhbatda barcha qatnashchilar o’z 
fikr-mulohazalarini izhor qilishlari kerak. Uning yakunida doimo bar-chadan 
qanoat hosil qilishi va yana davom ettirishga qiziqish uyg’otishi zarur.
Xulosa qilganda, jiemokiy tarbiya jamoalari, sport-klublari, sport jamoalari va
93


aholi o’rtasida maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ishlar muhim ahamiyatga egadir. 
Rahbar xodimlar, murabbiylar, jismoniy tarbiya o’qituvchilari, jamoati xodimlar va 
sport ixlosmandlari jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport musobaqalarini 
uyushtirish jarayonlarida e’tiborlarini ma’naviy-ma’rifiy va madaniy faoliyatlarni 
yaxshilashga qaratish lozim. Sportchilar va tomoshabinlar, murabbiylar va 
sportchilar hamda tashkilotchi hakamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar eng 
yuqori saviyada boTishiga qaratilishi lozim. Buning uchun barcha sport 
jamoalarida, 
ayniqsa, 
bolatar 
va 
o’smirlar 
sport 
maktablarida, 
sport 
mashg’ulotlarini tashkil qilish jarayonlarida ta’lim-tarbiya ishlari yaxshi yo’lga 
qo’yilishi, umum madaniyat va milliy ma’anaviyatimiz durdonalari, etuk 
allomalarning ilmiy-pedagogik meroslari o’quvchi-yoshlarga singdirilishi kerak. 
Talaba-lar 
bu 
jaraenlarni 
chuqur 
o’rganishlari 
va 
o’zlarida 
to’la 
mujassamlashtirishlari lozim.
94



Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling