Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy
Boshlang’ich jamoalarda homiylik, jamg’arma uyushmalari
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.5. Matematik-statistik usullaridan foydalanish
11.4.2. Boshlang’ich jamoalarda homiylik, jamg’arma uyushmalari
faoliyatidan foydalanish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari asosida mamlakatimizda quyi jamoalar, moddiy-texnik jihatdan kam daromadli xo’jaliklarda moliyaviy yordam berishni yangi usullari qoTlanilmoqda. Bunda sanoat, savdo, tijorat, kurilish va boshqa ko’p sohalardagi yirik jamoalarning kelishgan holda homiylik qilish 88 yo’llari qo’llanilmoqda. Buning boisi shundaki, homiylik qiladigan tashkilotlar. YUridik shaxslar olingan daromadlardan soliq to’lashda ba’zi imtiyozlarga ega bo’ladi. Bu jihatlar sprot klublar, terma jamoalar, murabbiylar, ilmiy tashkilot, tibbiy xizmat va boshqa sohalarda qo’llanilib kelinmoqda. M a’lumki, mamlakatimizda juda ko’p xayriya jam g’arma uyushmalari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ular orasida jismoniy tarbiya va sport harakati, ayniqsa, mashqlarda tashkil qilinadigan ommaviy sport tadbirlari, terma jamoalarni moddiy ta’minlash kabi faoliyatlarga «Navro’z», «Mahalla», «Sog’lom avlod uchun», «Ekosan», «Kamolot» hamda boshqa jam g’arma uyushmalari doimiy ravishda ko’maklashmoqda. Jamg’arma uyushmalarining ish mazmuni va vazifalari haqida jamoat tashkilotlari haqidagi mavzu bo’limda birmuncha tanishtirildi. Umuman olganda, jam g’arma uyushmalarining ham boshlang’ich tashkilotlari mavjud bo’lib, ular barcha faoliyatlarda, shuningdek, sport klublar, jismoniy tarbiya jamoachari, sport to’garaklari, sport turlari bo’yicha komandalarning tashkiliy, ommaviy, amaliy ishlarida hamkorlik qilishadi. 11.5. Matematik-statistik usullaridan foydalanish Xalq xo’jaligining barcha tarmoqlaridagi kabi jismoniy tarbiya va sport sohasida ham matematik-statistik usullardan keng foydalaniladi. Bu ishlar sport tashkilotlari faoliyatlarini barcha tarmoqlari hamda boshqa-rish bilan aloqador idoralar hamda tashkilotlarida quyidagi shakllarda ifodalanadi: 1. Ish rejalarining ko’rsatkichlarida kun, vaqt, yil va bajarilishi lozim bo’lgan dalillarning sonlari. 2. Sport musobaqalarida qo’llanilayotgan bayonnomalar (protokollar). 3. Sport to’garaklari, komandalarni qayd daftarlari (jurnal). YAngi usulda shug’ullanuvchi va qatnashuvchilar haqidagi ma’lumotlar. mashg’ulotlarni o’tkazish kunlari, yillar raqamlar bilan ko’rsatiladi. Eng muhimi davriy, yillik hisobotlarda (statistik hisobot) asosan barcha ko’rsatkichlar raqam bilan belgilanadi. Elektron tablolar, musobaqa qatnashchilarining natijalari va boshqa ko’rsatkichlarni o’lchaydigan elektron hisoblash mashinalari (EHM) hamda kompbyuterlar kabi texnik asboblarda ham asosan matematik usullar mavjud bo’ladi. Xulosa qilib aytish lozimki, jismoniy tarbiya va sport harakatini tashkil qilish, barcha faoliyatlarga rahbarlik qilishda, rejalashtirish, qarorlarni ishlab chiqish, farmoyishlar berish, hisobga olish, xo’jalikni yuritishda matematik statistik usullardan foydalaniladi. Bu usullarni sport tashkilotlari, jamiyatlari va ularning barcha tarmoqlarida keng miqyosda qo’llash jaraenida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdikdangan rasmiy xujjatlarga tayaniladi. SHuningdek, respublikamizdagi barcha boshqaruv faoliyatlarida qo’llanib kelinayotgan yangi ish usullari, ayniqsa, tashabbuskorlik, ijodkorlik, fidoiylik kabi fazilatlar sport sohasidagi rahbarlar, murabbiylar, o’qituvchilar, ilmiy xolimlar, jamoatchi faollar, sportchilar, o’quvchi-yoshlarning faoliyatlarida ham tarkib 89 topmoqda. 90 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling