Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

Huquqiy normalar sankuiyasi
Moddiy javobgarlik —
bu korxonlar va tashkilotlarning, shuningdek, ayrim 
mansabdor shaxslarning zimmasiga xo’jalik faoliyatining natijalari uchun 
yuklatilgan mas’uliyatdir. Moddiy javobgarlik:
-jarimalarda;
- penyalarda;
-jarimalar va hokazolarda ifodalanadi.
Intizomiy javobgarlik — bu xizmat burchlarini buzish, suiiste’mol qilish 
natijasida kelib chikadi. Bunda jazo quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi:
- tanbeh;
- hayfsan;
- muayyan muhlatga maoshi pastroq ishga o’tkazish va hokazolar,
M a’muriy javobgarlik — bu yuridik javobgarlik turi bo’lib, vakil kilingan
organ yoki mansabdor shaxsning qonun-buzarlik qilgan shaxsga nisbatan 
ma’muriy jazo chorasini qoTlashida ifodalanadi. Bunday jazolar turli-tuman 
sank^iyalarda —
nachetlar (qaytarib olinishi zarur bo’lgan harajat), jarimalar va
96


hoqazolar ko’rinishda bo’ladi.
Jinoiy javobgarlik - bu mansab bilan bog’liqjinoyat sodir etilganda sud 
tomonidan qo’llaniladigan jazodir. SHunday qilib:
Sport tashkilotlari faoliyatini yurgazish va u bilan bog’liq bo’lgan qonuniy 
tomonlar bu tashkilotlar nizomlar:
Moddiy javobgarlikka - moddiy zarar etkazish 
Intizomiy javobgarlikka - intizomiy nojo’ya harakat.
M a’muriy javobgarlikka - ma’muriy huquqbuzarlik 
Jinoiy javobgarlikka - jinoyat asos bo’ladi. 
rida to’la bayon etilgan. YA’ni O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya 
va sport qo’mitasi «O’zbekiston» sport jamiyati, shuningdek, «Dinamo», 
«YOshlik», «Talaba» sport jamiyatlarining Nizom va ustavlari buning dalilidir. Bu 
nizomlar sport tashkilotlarining huquqiy me’yoriy aktlarini tashkil etadi. SHuni 
ham uqtirish zarurki, jismoniy tarbiya jamoalari va sport klublari haqida ham 
maxsus nizomlar mavjud. Bu nizomlar uz jamoalari va boshqaruv joylarida ishlab 
chiqiladi hamda yuqori davlat idoralari tomonidan tasdiklanadi. Ustavlar esa sport 
jamiyatlarining respublika anjumanlarida tasdiklanadi.
Barcha nizomlarda jismoniy tarbiya va sport tashki-lot va jamiyatlarining 
vazifalari, huquklari va ish maz-munlari batafsil bayon etiladi. Sport tashkilotlari 
va barcha davlat hamda jamoat tashkilotlariga tegishli bo’lgan ba’zi bir huquqiy, 
me’yoriy aktlar mavjud. 
SHu hujjatlar o’quv mashg’ulotlari, ommaviy 
sog’lomlashtirish sport tadbirlari va ularga shart-sharoitlar yaratish imkoniyatlari 
haqida asos bo’ladi. Bular O’zbekiston Konstitu^iyasi, «Jismoniy tarbiya va sport 
to’g’risida»gi, «Ta’lim to’g’ri-sida»gi qonunlar, «Sog’lom avlod uchun» ordenini 
ta’sis qilish to’g’risidagi farmon va boshqa qarorlardir.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Jismoniy tarbiya va sport 
to’g’risida»gi qonunni qabul qildi. Bu qonun 28 moddadan iborat bo’lib, unda, 
asosan «Fuqaro-larning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi huquklari» (2-modda), 
(3-modda), «O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportga rahbarlik 
qilish» (6-modda), «Jismoniy tarbiya va sportni, sog’lom turmush tarzini targ’ib 
qilish» (9-modda), «Jismoniy tarbiya va sportga mablag’ ajratish» (12-modda), 
«Sportchilarning ijtimo-iy ximoyalanganligi» (25-modda), «Professional sport» 
(26-modda) va boshqa muhim faoliyatlar aks ettirilgan. Bunday qonunlashtirish 
ishlari respublika aholisini jismoniy tarbiyalash, sog’liqni muhofaza qilishdagi 
yangi ququqiy hujjatdir. Talabalar qonunning mazmunini to’la o’zlashtirib olishlari 
va amaliyotda qo’llashlari zarur.
1992 yil 8 dekabrda Respublika Oliy Kengashining XI sessiyasida 
«O’zbekiston Respublikasining Konstitu^iyasi» qabul qilindi. Bunda avvalgidan 
farqli o’laroq, aholining salomatligi, yoshlarning jismoniy kamoloti hamda 
ularning Vatan himoyasiga tayyorgarlik ko’rishdagi jismoniy chiniqishlari qonuniy 
belgilab qo’yilgan.
Konstitu^iyaning «Iktisodiy va ijtimoiy huquklari» (IX bob) bobining 41- 
moddasida «Har kim bilim olish huquqiga ega» deb kafolat berilgan. M a’lumki, 
bilim berish o’kuv yurtlarida amalga oshiriladi. O’quv jarayonining tarkibiy qismi 
jismoniy tarbiya hisoblanadi. Demak, har bir o’quvchi-yoshlarning jismoniy
97


tarbiya bilan albatta shugullanishi qonun bilan belgilangan. SHuningdek, «Davlat 
jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi» (42- 
modda), deb belgilangan. Respublika millim madaniyat va ilmiy texnika sohasi 
jismoniy tarbiya, uning barcha turlari, vositalari, ilmiy asoslari bilan chambarchas 
bog’langan. Bu jabhada ham jismoniy tarbiya va sport hakdi ravishda qonun bilan 
kafolatlang’an deyishga asoslar bor.
Konstitu^iyaning 52-moddasida: «O’zbekiston Respublikasini himoya qilish- 
O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgi- 
langan tartibda harbiy yoki mutfbil xizmatni utashga majburdirlar» deb 
ko’rsatnlgan. Bu esa, o’z navbatida, o’quvchi-yoshlarning harbiy xizmatga 
jismonan epchil, chaqqon, kuchli, chidamli bo’lib tayyorlanishini taqozo etadi.
YAna 56-moddada shunday jumla bor: «O’zbekiston Res-publikasida 
qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan utkazilgan kasaba uyushmaaari, siyosiy 
partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, 
ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari 
jamoat birlashmalari sifap^a e’tirof etiladi». Bu o’rinda «O’zbekiston», «Di- 
namo», «YOshlik», «Talaba», «Vatanparvar» sport jamiyatlari nazarda tutilgan. 
Qolaversa, qayd etilgan barcha uyushma va tashkilotlar faoliyatini jismoniy 
tarbiyasiz tasavvur qilish mumkin emas.
58-moddada «Davlat jamoat birlashmacharining huquklari va krnuniy 
manfaatlariga rioya etilishini ta’min-laydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish 
uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi» deb jamoat tashkilotlarining, 
shuningdek, sport jamiyatlarining faoliyati va imkoniyatlaridan keng foydalanishga 
kafolat berilgan.
"Bolalarni oila va maktablarda tarbiyalash" (63-66-moddalar), ularning 
salomatligi uchun g’amxo’rlik qilish kabi vazifalar ham Konstitu^iyada mazmun 
topgan.
O’zbekistonda «Mehnat jamoalari to’g’risida», «Sog’liqni saqlash haqida», 
«TaTim to’g’risida» va boshqa juda ko’p qonunlar qabul qilingan. Ularda 
aholining sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, sog’lig’ini muhofaza qilish, 
umrini uzaytirish va ular bilan bog’liq bo’lgan barcha shart-sharoitlarni yaratib 
berish masalalari olg’a surilgan.
Boshqarish jarayonlarida huquqiy bilimlarning maxsus tomonlari ham 
mavjud. Bunda ijtimoiy huquq, huquq nomalari, ularning manbalari muhim 
ahamiyatga egadir.
Ijtimoiy huquq ijtimoiy holatlarni yangilash, uni rivojlantirish maksadida 
ijtimoiy va milliy munosabatlarni boshqarishni yaratish, huquq tartibi normalari 
bilan belgilanadi va himoya qilinadi.
Huquq normalari deganda kishilarning davlat tomonidan belgilangan ma’lum 
va umumiy huquqlari tushuniladi. Huquq shakllari - bu ijtimoiy miqdor bo’lib, u 
ijtimoiy va millatlararo munosabatlarni yo’lga solib turadi.
Huquklarning manbalari aktlar miqdori bo’lib hisob-lanadi. Bu yozma 
hujjatlar davlat organlari tomonidan o’z huquqdoirasiga qarab chiqariladi. SHuni 
e’tiborga olish kerakki, davlat organlarining har qanday aktlari ham normativ 
bo’lavermaydi. Masalan, shaxsiy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlar -rejali topshiriq,
98


aniq korxonaga berilgan topshiriqlar va hokazolar.
Normativ aktlarning oliy yuridik kuchi qonundir. Bunga boshka barcha aktlar 
bo’ysungan bo’ladi. Qonunlar O’zbe-kiston Oliy Majlisi tomonidan tasdiklanadi.
Huquqni boshqarishda quyidagi usullar qoTlaniladi:
1.YOzma farmoyish berish.
2.O’zaro kelishuv (shartnoma tuzish).
3.Taklif etish (hal qilingan masalani kelishuv yo’li bilan bajarish).
Sport tashkilotlarida xodimlarni ishga qabul qilish tartibi umumiy mehnat 
qonunlari asosida olib boriladi. SHu sababdan bu sohada rahbar xodimlar ishga 
qabul qilish, ishdan bo’shatish, rag’batlantirish, ogohlantirish va boshqa 
imkoniyatlarni bilishlari zarur.
Jismoniy tarbiya va sportda xodimlarni boshqarish tizimi band bo’lgan 
kishilar salohiyatini rivojlantirish, ulardan samarali foydalanish, ularga zarur shart- 
sharoitlar yaratib berish bo’yicha tadbirlardan iborat. Bu tizim kuyidagilarni o’z 
ichiga oladi:
- ish sharoiti;
- mehnat munosabatlari, kadrlarni hisobga olish va rasmiylashtirish;
- xodimlar marketingi;
- kadrlarni rivojlantirish;
- mehkatni rag’batlantirish vositalarini takomillash-tirish;
- huquqiy xizmat;
- soiial tuzilmani rivojlantirish;
- boshqarishni tashkiliy tarkibini ishlab chiqish tizimi.
Jumladan huquqiy xizmatning boshqarish ob’ektlari quyilagilardan iborat:
- mehnat munosabatlaridagi huquqiy masalalarni echish;
- xodimlarni boshqarishga taalukli, farmoyishli huj-jatlar keltirish;
- xo’jalik 
faoliyatida 
xuquqiy 
masalalarni 
echish.
O’zbekiston mustaqilligi sharoitida ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish
«O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi» asosida olib boriladi va ikki 
tomonlama shartnomalar (kontrakt) bir yil va bir necha yillarga moTjallanib 
tuziladi.
So’nggi yillardagi mehnat faoliyatlari, umuman, sharoitlar shuni taqozo 
kilmoqdaki, ishga yarokli kishilar o’zlarining asosiy ish joylari yoki boshqa 
mehnat jamoalarida o’rindosh (sovmestitelb) hamda soatbay (yarim stavka) 
shaklida ishlash huquklariga ham ega boTdilar.
Bir joydan ikkinchi joyga ishga o’tish shartnomalarda ko’rsatilgan tartib yoki 
huquqiy kuchga ega bo’lgan boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
O’zbekiston mustaqilligi sharoitida xodimlarga ish haqi to’lash tartibi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «Normativ darajalar» asosida belgilangan. 
Xodimlarning ma’lumoti, ish staji, ilmiy va boshqa unvonlari, darajalari, 
lavozimlarini hisobga olgan holda belgilangan darajada ish xaqi hajmi tayinlanadi.
Sport tashkilotlari xodimlarinnng mehnat intizomiga rioya qilishi, ilg’or 
mehnatkashlarni taq^irlash yoki mehnat intizomini buzganlarga tegishli choralar 
ko’rish kabi faoliyatlar tashkilot rahbari, kasaba uyushmapari tomonidan nazorat 
qilib boriladi. SHu sababli talabalar bu ish tartiblari va qonun-qoidalarni
99


o’zlashtirib olishlari zarur.
Umuman olganda, boshqarish jarayonlari huquq norma-lari, me’yoriy aktlar 
asosida olib borilsa, faoliyatlar doimo ijobiy samaralar beradi.
Jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarishda maxsus huquqiy-me’yoriy 
aktlar mavjud bo’lib, ular sport harakatini tartibli boshqarishning asosiy mezonlari 
xisobalanadi. Ular:
1. Sport qo’mitalari, jamiyatlari, sport klublari, O’zbekiston Respublikasi 
Milliy Olimpiya qo’mitasi haqidagi nizomlar.
2. Sport turlari bo’yicha «Xalqaro miqyosidagi sport ustasi», «Xizmat 
ko’rsatgan sport ustasi» unvonlari va quyi bosqichdagi darajalar (razryallar)ning 
normativlarini belgilovchi sport klassifika^iyam.
3. «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari, uning nizomi.
4. Sport turlari bo’yicha musobaqalarning nizomlari, o’yin qoidalari,
5. Sport turlari bo’yicha hakamlar, jamoatchi faollar-ni tayyorlash nizomlari.
6.Musobaqalarning kalendar rejasi.
7.Musobaqalarning protokollari (bayonnomalari).
8.Bayroqlar, ramzlar (emblema), ko’krakka taqadigan nishonlar va h.k.
Ularning mazmunlari va namunalari bilan alohida tanishish va o’rganish
jarayonlari amaliy hamda mustaqil mashg’ulotlarda amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, jismoniy tarbiya va sport xarakati, uni boshqaruvchi 
mutasaddi va yordamchi tashkilotlar, muassasalar hamda o’quv yurtlari xuquqiy- 
me’yoriy faoliyatlarga egadir. Davlat qonunlari, xukumat qarorda-ri va amaldagi 
maxsus huquqiy-me’yoriy hujjatlarni chuqur o’rganish va ularni hayotda qo’llash, 
ularga amal qilish xar bir mutaxassis xodimning asosiy burchidir.
SHuni ham ta’kidlash zarurki, huquqiy-me’yoriy huj-jatlarga tayanish maqsad 
va vazifalarni amalga oshirish bilan birgalikda, mutaxassislar, sportchilar va 
o’quvchi -yoshlarning milliy qadriyatlar asosidagi ma’naviy-ma’-rifiy jihatdan 
tarbiyalashda ham xizmat qiladi.
100



Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling