Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


Sport menejmentida moliyaviy-iqtisodiy


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

15.5. Sport menejmentida moliyaviy-iqtisodiy 
va huquqiy asoslar. Sportchilarning 
iqtisodiy-ijtimoiy himoyalanishi
Jismoniy tarbiya va sport xalq xo’jaligida mustaqil tarmoq sifatida mavjuddir 
va ma’lum darajada davlat hamda jamoat tashkilotlariga moddiy-ma’naviy 
mahsulot beradi. Bularni quyidagi faoliyatlarda ko’rish mumkin.
1.Ishlab chikarish korxonalarida mehnat unumdorli-gini oshirish, ishchi va 
xizmatchilarning salomatligini yaxshilash, kasalliklarning oldini olish.
2.Sport inshootlari, sport markazlarida sog’lomlashtirish guruhlari, pullik 
musobaqalar (chipta bilan kirish), ijaraga berish va hokazolar orqali moddiy-texnik 
ta’minotlar.
Xalqaro sport musobaqalari, Olimpiya o’yinlari va boshqa yirik tadbirlarni 
o’tkazish bilan ommaviy axborot vositalari, teleradio tarmoqlari orqali moddiy 
mablag’larning kirimi.
4. 
Etakchi va iqtidorli sportchilar, murabbiylar, ilmiy xodimlarning horijiy 
mamlakatlar bilan shartnomalar (kontrakt) tuzish yo’li bilan keladigan daromadlar 
va hokazolar.
Bundan ma’lumki, xalqaro sport tashkilotilari va menejerlarning ba’zi bir 
amaliy tajribalari mamlaka timizga kirib kelmoqda va ular ma’lum darajada o’z 
foydalari bilan e’tiborga olinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat jismoniy tarbiya va 
sport qo’mitasi, Milliy Olimpiya qo’mitasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar, 
idoralarning rasmiy qarorlari hamda Nizomlari asosida sportdagi menejmentlik 
faoliyatlariga rasmiy huquqlar berilgan, ya’ni jamoalar (komanda), rahbarlar va 
sportchilarning horijiy mamlakatlarga chikishi, ular bilan shartnomalar tuzishi va 
boshqa faoliyatlar qonunlashti-rilgan.
O’zbekistonda etuk sportchilar, ularning murabbiylarini, ayniqsa, jahon va 
Olimpiya o’yinlari g’oliblarini takdirlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoya 
qilish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Masalan, XXVII Olimpiya o’yinlari, o’zbek 
kurashi bo’icha xalqaro turnirlar, jahon chempionatlari sovrindoryaari engil
110


avtomashinalar, AQSH dollarlari bilan takdirlanadi.
Xulosa kilganda, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi 
menejmentlik faoliyatlari asta-sekin shakllanmoqda. Ular buyuk kelajak 
hayotimizda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.
111



Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling