Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


 Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari faoliyatlarini tashkil qilishda


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

11.1.2. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari faoliyatlarini tashkil qilishda 
boshqarish usullaridan foydalanishning mohiyati
O’zbekistonning mustakilligi avvaldan mavjud bo’lgan boshqarishning 
ma’muriy-buyruqbozlik usulidan tamoman voz kechishni yoki ularni yangi davr 
sharoiti hamda talablariga qarab ishlatishni taqozo etmoqda. Bu jihatlar sport
82


tashkilotlari va jamiyatlari tizimidagi barcha sohalarda ham o’z yo’liga tushib 
bormoqda. YUqorida qayd etilgan ba’zi ish usullari o’rniga tashabbuskorlik, 
ijodkorlik va fidokorlik kabi yangi usullar tarkib topdi. Ular ommaviy sport 
tadbirlari, xalq milliy o’yinlarini tashkil qilish, sport turlari buyicha komandalar 
tuzish, ularning sport mahoratlarini oshirish, xotin-qizlarni sportga jalb etish
sportni moddiy va moliyaviy ta’minlash ishlarida keng qo’llanilmoqda va o’zining 
ijobiy samaralarini bermoqda.
O’zbekiston Prezidenti sovrini uchun kurash, tennis, boks va boshqa bir qator 
xalqaro turnirlarning an’anaga aylanishi, futbol, voleybol, engil atletika hamda 
sharqona yakkakurash turlari bo’yicha Markaziy Osiyo o’yinlari, boshqa rasmiy 
xalqaro sport musobaqalarida respublika sportchilarining doimiy ravishda ishtirok 
etib kelishi sport tashkilotlari, terma komandalar mashg’ulotlarni uyushtirishda 
xalqaro andozalar va tajribalarga tayanishini talab qilmoqda. Bu, o’z navbatida, 
boshqaruv faoliyatlarida ishga yangicha munosabatda bo’lish, zarur moddiy-texnik 
manbalardan foydalanishi hamda o’zini o’zi moliyaviy ta’minlash yo’lida izlanish, 
tadqiqotlar o’tkazishni taqozo etmoqda.
Ta’kidlash zarurki, sport klublar, o’quv yurtlari va turli muassaslarning 
boshlang’ich jismoniy tarbiya jamoalari ham boshqaruvning turli-tuman yangi 
usullarini qo’llashlari lozim bo’ladi. Bunda o’quvchi va mehnatkash yoshlar, 
ziyolilarning tashabbuslari, ijodkorligiga tayanish maqsadga muvofiqdir.
Masalan, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, teleradio kompaniya 
xodimlari har yili sport turlari bo’yicha o’zlarining respublika, Toshkent shahar 
birinchiliklarini muvaffaqiyat bilan o’tkazmoqda. Bu odat tusiga kirgan 
tashabbuskorlik va ijodkordikning namunasidir.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling