Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

10.3.2. Jamoatchi faollarni tayyorlash
Jamoatchi faollar deganda jismoniy tarbiya va sport harakatining quyi 
tashkilotlarida /tuman, shahar sport qo’mitalari, jamiyatlari, klublari, boshlang’ich 
jismoniy tarbiya jamoalari, to’garaklar, guruhlar va hokazolarda/ jamoatchilik yo’li 
bilan yordam beruvchi faollar /aktivlar/ tushiniladi. Bu quyi tashkilotlar o’z ish 
mazmunlari darajasiga qarab /sport klub, komanda, to’garak va hokazolar/ 
jamoatchi faollarni tayyorlaydi:
Jamoatchi faollar asosan quyidagicha ataladi:
1. Jamoatchi murabbiy.
2. Jamoatchi yo’riqchi /metodist-instruktor/.
3. Sport turlari bo’yicha hakamlar.
4. Tashkilotchi /organizatorlar/lar.
Jamoatchi faollarni tayyorlash xaqida maxsus nizomlar va ko’rsatmalar 
mavjud. Ular asosida maxsus dasturlar ishlab chiqilib, ularning darajalari yoki 
toifalarga /kategoriyaga/ qarab, o’quv soatlari miqdori belgilanadi.
Barcha mashg’ulotlar ikki yo’l bilan olib borilishi mumkin:
1. Jismoniy tarbiya darslari yoki sport mashg’ulotlari jarayonida.
2. Dars, mashg’ulot yoki ishdan tashqari paytda maxsus jadvallar asosida 
haftada 1-2 marotaba 1-2 soatdan tashkil qilinadi. Bunday holda etakchi va tajribali 
o’qituvchilar, murabbiylar, yo’riqchilar, hakamlar jalb etiladi.
77


Dasturdagi nazariy bilim va amaliy ko’nikmalar to’la bajarilgach. faollar 
imtihon topshiradi va muvaffaqiyat bilan mashg’ulotlarni tugatganlarga 
«Jamoatchi murabbiy», «Jamoatchi hakam», «Jamoatchi yo’riqchi» kabi 
unvonlarning maxsus guvohnomalari va nishonlari taqdim etiladi.
«Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari joriy qilinganligi sababli bu 
sohada ham murabbiylar, hakamlar, yo’riqchilarni tayyorlash ehtiyoji paydo 
bo’ladi.
10.4. Mutaxassislarning malakasini oshirish ishlarini tashkil qilish va ularga 
bo’lgan asosiy talablar
Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot taTim-tarbiya jarayonlarini takomil-lashtirishni 
taqozo etadi. Bu esa ta’lim beruvchi mutaxassislarning davr talablari darajasida 
boTishini, buning uchun esa ulardan o’z malakalarini doimiy ravishda oshirib 
borish lozimligini talab etadi. Bunday tarbiyaviy faoliyatlar ham davlat dasturi 
asosida amalga oshirib boriladi.
UmumtaTim maktablarining jismoniy tarbiya o’qituvchilarining malakalarini 
oshirish quyidagi tartib va shakllarda o’tkaziladi:
- yakka tartibda doimiy malakalarini oshirish;
- maktabda jismoniy tarbiya usuliy komissiyasida;
- maktablararo usuliy kengashlarda;
- tuman-shahar kengashlarida /ta’til paytlari va har oyda bir marta belgilangan 
kunda/;
- viloyat xalq taTimi qoshidagi malaka oshirish institutlarida;
- o’qituvchilar malakasini oshirish markaziy institutida.
- o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarining jismoniy tarbiya o’qituvchilari 
ixtisosliklari bo’yicha O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti tarkibidagi 
malaka oshirish fakul’tetida;
- sport turlari bo’yicha murabbiylar respublika va viloyat sport jamiyatlari 
qoshidagi maxsus kurs-seminarlarda;
- ishlab chiqarish korxonalarining jismoniy tarbiya va sport yo’riqchilari 
Kasaba uyushmalari federa^iyasi qoshidagi sport jamiyatining maxsus kurs- 
seminarlarida;
- tuman-shahar va viloyat sport qumitalarining raislari, xodimlari Davlat sport 
qo’mitasining seminar-kengashlarida. Ularning o’quv rejalarida O’zbekiston 
mustaqilligining taraqqiyoti, istiqbollari, iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va madaniy 
xususiyatlari qatorida jismoniy tarbiya va sportning muhim turlari /gimnastika, 
engil atletika, suvda suzish, xalq milliy o’yinlari va hokazolar/ hamda ixtisoslik 
turlari bo’yicha mashg’ulotlar ko’zda tutilgan.
Mashg’ulotlarning 
mazmunida 
hozirgi 
zamon 
sport 
taraqqiyotining 
afzalliklari, inson hayotida sportning o’rni, rahbar va shug’ullanuvchilarning 
o’zaro munosabatlaridagi ruhiy muammolar, xotin-qizlar sporti va boshqa 
sohalardagi eng yangi hamda ilg’or tajribalar, tadqiqotlarning natijalari bayon 
etiladi. Malaka oshirish mashg’ulotlarida ishtirok etadigan tinglovchilar o’z 
ixtisosliklari va umumiy yo’nalishlar bo’yicha nazariy jihatdan referatlar
78


tayyorlaydi. Bu, o’z navbatida tinglovchilarning o’z sport turiga bo’lgan 
munosabati bilak bilim saviyasi va egallagan tushunchalarning ilk sinovi 
hisoblanadi. Belgilangan tartib asosida asosiy fanlar va ixtisosliklar bo’yicha 
imtihon topshiradilar. Ularga kursni tugatganlaridan so’ng guvohnomalar beriladi.
Tinglovchilarning bilim va malakalarini yuqori darajada bo’lishiga erishish 
maqsadida ma’ruzalarga taniqli olimlar, sport tashkilotlari rahbarlari, huquq 
ilmining mutaxassislari taklif etiladi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling