Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


 Ixtisosli xodimlarga bo’lgan talab va ehtiyojlarni


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

10.2. Ixtisosli xodimlarga bo’lgan talab va ehtiyojlarni 
o’rganish va uni yo’lga solish tadbirlari
O’quv yurtlari va mehnat jamoalarida jismoniy tarbiya va sportni tashkil 
qilish, sport maktablarida yoshlarni tarbiyalash sohalarida tadqiqotlar olib 
borilmoqda. SHunga ko’ra, hozirgi muhit va sharoitni hisobga olganda, 
Respublikada mutaxassis xodimlarga etarli darajada extiyoj bor. Faqat ularning 
faoliyati, sohalariga qarab zaruriyati va muammoli tomonlari ilmiy jihatdan to’la 
o’rganilmayotir. SHu sababli quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
1. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassis xodimlarni tayyorlashni bir 
tizimga solish, ya’ni O’zbekiston Davat jismoniy tarbiya instituta hamda 
respublikadagi oliy o’quv yurtlari jismoniy tarbiya fakulbtetlarining o’kuv rejalari 
va dasturlarini muvofiqlashtirish.
2. Sport turlarining xalqaro miqyosdagi o’rni va respublikadagi zaruriyati 
hamda ehtiyojlariga qarab ularni rivojlantirish, ularga tegishli bo’lgan sohalarga 
murabbiylarni tayyorlash.
3. Milliy o’yinlarning ijtimoiy-tarbiyaviy jihatlarini hisobga olib, shu sohada 
mutaxasis xodimlar /tashkilotchilar/ tayyorlash.
4. Xotin-qizlar jismoniy tarbiyasini chuqur taxlil qilgan holda, mahalliy xotin- 
qizlardan mutaxassislar tayyorlashni ko’paytirish, bunda 3-4 oylik maxsus kurslar 
tashkil qilish, unda yuriqchi-uslubiyatchilar /instruktor-metodist/ tayyorlash.
5. Mutaxassis xodimlarning malakasini oshirish institutlarida /barcha 
tabaqalarda/ ilmiy-usuliy va nazariy-amaliy jihatdan bilimlarni chuqurlashtirishga 
jiddiy e’tibor berish.
6. Maktabgacha 
bolalar 
muassasalarida 
ishlovchi 
mutaxassislarni 
tayyorlashda jismoniy tarbiyani chuqurlashtirish, imkon boricha o’rta va oliy 
jismoniy tarbiya o’quv yurtlarida xodimlarni tayyorlashni keng ko’lamda olib 
borish.
7. Mutaxassislar tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan sohalarni to’la ravishda 
moddiy-texnik, darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlash, professor- 
o’qituvchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va o’z vaqtida ularni taqdirlab 
borish.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling