Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


XIII. BOSHQARISHNING HUQUQIY ASOSLARI


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

XIII. BOSHQARISHNING HUQUQIY ASOSLARI
1.Boshqaruvchilik faoliyatlarida huquqiy bilimlarning mohiyati.
2.Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining me’yoriy aktlari.
3.Maxsus me’yoriy hujjatlar.
4.«Sog’lom avlod uchun» Davlat dasturi. «Alpomish» va «Barchinoy» 
maxsus testlari.
5.Sport unvonlari va darajacharining tarbiyaviy mohiyatlari.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik taraqkiyoti yuliga kirgach, milliy 
davlatchilik an’anatariga, qadriyatlariga mos keluvchi boshqaruvchilik faoliyati 
tizimini barpo etishni eng muhim amaliy masalalardan biri deb hisobladi.
SHuni ta’kidlab o’tish kerakki, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida 
boshqaruvchilik faoliyati byurokratlarcha markazlashuv, nomenklatura, o’z-o’ziga 
xizmat qilish, shaxeiy manfaatni ustun qo’yish, demokratiyani tan olmaslik
buyruqbozlik, rasmiyatchilik, konservatizm tamoyillariga asoslangai bo’lsa, bozor 
iqtieodiyoti sharoitida demokratiya, iqtisodiy munosabatlarni demokratlashtirish, 
yuksak ma’naviyat, milliy hafsizlikni ta’minlash tamoyillariga asoslanadi.
Boshqarishning huquqiy asoslari deganda ijtimoiy munosabatlarda yuridik, 
qonuniy ta’sir o’tkazish jarayonida qo’llaniladigan huquqiy me’yorlar majmui 
tushuniladi.
Hukukiy me’yorlar davlat tomonidan belgilanadi. Agar huquqiy me’yorlarni 
jamoat tashkiloti chiqarsa, u davlat tomonidan tasdiklanadi.
Bu borada jamiyatimizni sogTomlashtirish uchun xizmat qiladigan jismoniy 
tarbiya va sport sohasidagi bosh-qaruvchilik faoliyatining huquqiy bilimlari 
adohida o’rin tutadi.
O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni boshqarishda huquqiy 
va me’yoriy aktlarni ikki guruhga ajratib o’rganish va hayotda qoTlash amalga 
oshirilmoqda. Ular:
1. Davlat tomonidan belgilangan xuquqiy hujjatlar Uzbekiston Respublikasi 
Konstitu^iyasi, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi farmonlar, qarorlar va 
hokazolar.
2. Sport tashkilotlari va ularning quyi tarmoqlarida qoTlanuvchi huquqiy- 
me’yoriy aktlar nizomlar, qarorlar, rejalar, musobaqalarning qoidalari, sport 
unvonlari. darajalar, sport klassifika^iyasi va hokazolar.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi boshqa sohalardagi kabi jismoniy 
tarbiya harakatiga ham ko’pgina qrnuniy huquqlar, imtiyozlar berdi, Umuman 
jismoniy tarbiya, sport va sayohat jarayonlarida xizmat qiluvchi xo-dimlar, 
jamoatchi faollar daatatni idora qilish haqidagi huquqiy bilimlarga ega boTishlari 
shartdir. CHunki jismoniy tarbiya harakati respublikadagi yuzdan ortiq ishlab 
chiqarish tarmoqlari, muassasalari, tashkilotlari, o’quv yurtlari, yangidan tashkil 
qilingan konqernlar, asso^iaiiyalar va boshqa nufuzli tarmoqlar faoliyati bilan 
chambarchas bog’langan. Bu esa jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish, 
ayniqsa, moliyaviy, xo’jalik faoliyatlarini qonun asosida boshqarishda zarurdir.
Huquqiy bilimlarga ega bo’lgan yoki boshqarishning qonun-qoidalarini yaxshi
95


o’zlashtirgan jismoniy tarbiya xodimlari ishlab chiqarish korxonalari, turli 
muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari bilan munozara qilish, jiddiy masalalarni 
hal etish va barcha faoliyatlarni boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelmaydi.
Boshqarishning huquqiy vositalari deganda ijtimoiy munosabatlarga yuridik
qonuniy ta’sir o’tkazish jarayonida qo’llaniladigan huquqiy normalar majmui 
tushuniladi.
Huquqiy normalar davlat (turli tashkilotlar orkali) yoki jamoat tashkilotlari 
tomonidan chiqariladi va tasdiqlanadi.
Huquqiy normalar turli qonuniy hujjatlar, nizomlar, buyruqlar, farmoyishlar 
va hakazolar shakliga ega bo’ladi. Boshqarish amaliyotida teng huqukli boshqaruv 
sub’ektlari o’rtasida vujudga keladigan munosabatlar bo’ladi. Bunday hollarda 
huquqiy muvofiklashtiruvchi 
(koordina^ion) yoki kelishtiruvchi hujjatlar 
chiqariladi.
Teng huqukli tomonlarning xo’jalik sohasidagi o’zaro aloqalari xo’jalik 
shartnomalarini tuzish yo’li bilan tartibga solib turiladi.
Huquqiy normalar muayan sank^iyalarni nazarda tutadi. Qo’llaniladigan ta’sir 
choralarining xarakteriga qarab, ular moddiy, intizomiy, jinoiy-huquqiy 
sank^iyalarga bo’linadi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling