Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


 Boshlang’ich jamoalarda homiylik, jamg’arma uyushmalari


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

11.4.2. Boshlang’ich jamoalarda homiylik, jamg’arma uyushmalari 
faoliyatidan foydalanish
O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 
farmonlari 
va O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari asosida mamlakatimizda quyi 
jamoalar, moddiy-texnik jihatdan kam daromadli xo’jaliklarda moliyaviy yordam 
berishni yangi usullari qoTlanilmoqda. Bunda sanoat, savdo, tijorat, kurilish va 
boshqa ko’p sohalardagi yirik jamoalarning kelishgan holda homiylik qilish
88


yo’llari qo’llanilmoqda. Buning boisi shundaki, homiylik qiladigan tashkilotlar. 
YUridik shaxslar olingan daromadlardan soliq to’lashda ba’zi imtiyozlarga ega 
bo’ladi. Bu jihatlar sprot klublar, terma jamoalar, murabbiylar, ilmiy tashkilot, 
tibbiy xizmat va boshqa sohalarda qo’llanilib kelinmoqda.
M a’lumki, mamlakatimizda juda ko’p xayriya jam g’arma uyushmalari 
faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ular orasida jismoniy tarbiya va sport harakati, 
ayniqsa, mashqlarda tashkil qilinadigan ommaviy sport tadbirlari, terma jamoalarni 
moddiy ta’minlash kabi faoliyatlarga «Navro’z», «Mahalla», «Sog’lom avlod 
uchun», «Ekosan», «Kamolot» hamda boshqa jam g’arma uyushmalari doimiy 
ravishda ko’maklashmoqda.
Jamg’arma uyushmalarining ish mazmuni va vazifalari haqida jamoat 
tashkilotlari haqidagi mavzu bo’limda birmuncha tanishtirildi.
Umuman olganda, jam g’arma uyushmalarining ham boshlang’ich tashkilotlari 
mavjud bo’lib, ular barcha faoliyatlarda, shuningdek, sport klublar, jismoniy 
tarbiya jamoachari, sport to’garaklari, sport turlari bo’yicha komandalarning 
tashkiliy, ommaviy, amaliy ishlarida hamkorlik qilishadi.
11.5. Matematik-statistik usullaridan foydalanish
Xalq xo’jaligining barcha tarmoqlaridagi kabi jismoniy tarbiya va sport 
sohasida ham matematik-statistik usullardan keng foydalaniladi. Bu ishlar sport 
tashkilotlari faoliyatlarini barcha tarmoqlari hamda boshqa-rish bilan aloqador 
idoralar hamda tashkilotlarida quyidagi shakllarda ifodalanadi:
1. Ish rejalarining ko’rsatkichlarida kun, vaqt, yil va bajarilishi lozim bo’lgan 
dalillarning sonlari.
2. Sport musobaqalarida qo’llanilayotgan bayonnomalar (protokollar).
3. Sport to’garaklari, komandalarni qayd daftarlari (jurnal).
YAngi usulda shug’ullanuvchi va qatnashuvchilar haqidagi ma’lumotlar. 
mashg’ulotlarni o’tkazish kunlari, yillar raqamlar bilan ko’rsatiladi.
Eng muhimi davriy, yillik hisobotlarda (statistik hisobot) asosan barcha 
ko’rsatkichlar raqam bilan belgilanadi.
Elektron tablolar, musobaqa qatnashchilarining natijalari va boshqa 
ko’rsatkichlarni o’lchaydigan elektron hisoblash mashinalari (EHM) hamda 
kompbyuterlar kabi texnik asboblarda ham asosan matematik usullar mavjud 
bo’ladi.
Xulosa qilib aytish lozimki, jismoniy tarbiya va sport harakatini tashkil qilish, 
barcha faoliyatlarga rahbarlik qilishda, rejalashtirish, qarorlarni ishlab chiqish, 
farmoyishlar berish, hisobga olish, xo’jalikni yuritishda matematik statistik 
usullardan foydalaniladi. Bu usullarni sport tashkilotlari, jamiyatlari va ularning 
barcha tarmoqlarida keng miqyosda qo’llash jaraenida O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdikdangan rasmiy xujjatlarga tayaniladi. 
SHuningdek, respublikamizdagi barcha boshqaruv faoliyatlarida qo’llanib 
kelinayotgan yangi ish usullari, ayniqsa, tashabbuskorlik, ijodkorlik, fidoiylik kabi 
fazilatlar sport sohasidagi rahbarlar, murabbiylar, o’qituvchilar, ilmiy xolimlar
jamoatchi faollar, sportchilar, o’quvchi-yoshlarning faoliyatlarida ham tarkib
89


topmoqda.
90



Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling