Nizoning kelib chiqishi va uni bartaraf etish. Boshqaruv psixologiya fani 2-kurs 207-guruh Bajardi : Rahimova Muslima


Download 107.87 Kb.
bet3/6
Sana21.06.2023
Hajmi107.87 Kb.
#1641675
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nizoning kelib chiqishi va uni bartaraf etish. Boshqaruv psixolo

Tashkiliy nizo bu- xodimlar, tashkilot jamoalari o‘rtasida ularning birgalikdagi mehnat faoliyati jarayonida manfaatlar qarama-qarshiligi, kelishuvning yo‘qligi, hattoki biron-bir ishbilarmonlik masalasini hal etish jarayonida qarama-qarshiliklar tufayli vujudga keladi.

Nizolar ko‘p tomonlama, dinamik, rivojlanayotgan jarayonni ifodalaydi.


Nizolar rivojlanishining uchta asosiy bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • nizodan oldingi vaziyat

  • nizoning o‘zi

  • nizoning hal etilishi.


Nizolarni vujudga keltiruvchi sabablar

  • ayrim bo‘linmalar va xodimlarning maqsad va vazifalari muvofiqlashtirilmaganligi va bir-biriga qarama-qarshiligi rahbariyatning funsional xizmat bilan, masalan, mehnat intizomining buzilishi sababli to‘qnashuvi);

  • huquq va majburiyatlarning aniq cheklanmaganligi;

  • resurslarning cheklanganligi (resurslarni taqsimlash jarayoni uchun nizolarning vujudga kelishi xarakterli);

  • ijrochining professional tayyorgarlik darajasi pastligi;

  • «arzanda»larga asoslanmagan (ayniqsa, ommaviy) tanbeh berish yoki ularni maqtash;

  • xulq-atvor va hayotiy tajribadagi farqlar;

  • o‘sish istiqbollarining noaniqligi;

  • ish sharoitlarining yomonligi (bino harorati, noto‘g‘ri joylashtirish va h.k.);

  • menejer tomonidan e’tiborning yetarli emasligi (qo‘l ostidagi xodimlarning muhtojliklariga e’tiborsizlik, ayrim xodimlarga nisbatan yaxshilikni ravo ko‘rmaslik, tanqidni qabul qilmaslik va b.);

  • boshqa muvaffaqiyatga erishgan shaxslarga hasad, ishni adolasiz baholashdan xafa bo‘lish (psixologik fenomen).


Nizo oqibatlari
Funsional oqibatlar

Nizoni hal qilishda har ikkala tomon uchun ma’qul qaror qabul qilinishida namoyon bo‘ladi. Qarama – qarshi tomonlar nizo yechimiga teng manfaat nuqtai nazaridan yondashilganda mamnun qoladigan. Bunday oqibat o‘z navbatida nizo yechimi bo‘yicha qabul qilinadigan qaror to‘siqlarini, ya’ni qarama – qarshi tomonlarning bir – biriga bo‘lgan:



    • adovatni ;

    • xusumatni;

    • dushmanlikni;

    • adolasiz kabi g‘arazli to‘siqlarni yumshatishga yoki butunlay yo‘qotishga imkon beradi.

Funsional oqibatning boshqa ko‘rinishida qarama – qarshi tomonlarning ko‘proq hamkorlik qilishga, hattoki kelgusida ham o‘rtada nizo chiqmaslikka bo‘lgan moyilliklari namoyon bo‘ladi.

Disfunsional oqibatlar


Agar nizolarni boshqarishning samarali yo’llari topilmasa, u holda maqsadga erishishga xalaqit beruvchi quyidagi ko’rinishdagi disfunsional oqibatlar yuzaga kelishi mumkin ya’ni:



  • qoniqmaganlik, mamnun bo‘lmaslik, norozilik;

  • yomon ruhiy holat;

  • qo‘nimsizlikning oshishi;

  • mehnat unumdorligining pasayishi;

  • kelajakda hamkorlikning susayishi;

  • o‘zining guruhiga ko‘proq sadoqat va boshqa guruhlar bilan raqobatni susaytirish;

  • qarshi tomonni faqat “dushman” deb gumonsirash, o‘zining maqsadini ijobiy, qarshi tomonning maqsadini esa faqat “salbiy” deb o‘ylash;

  • hamkorlikka chek qo‘yish va qarama – qarshi tomonlar bilan nizoga chiqish;

  • o‘zaro munosabat va hamkorlikni sussaytirib, adovatni, xusumatni kuchaytirish;

  • urg‘uni o‘zgartirish: diqqat e’tiborni ko‘proq real muammoni yechishga emas, balki nizo jarayonida “g‘olib” chiqishga qaratish.



Download 107.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling