Nizoning kelib chiqishi va uni bartaraf etish. Boshqaruv psixologiya fani 2-kurs 207-guruh Bajardi : Rahimova Muslima


Xarakteriga qarab nizolar ob’yektiv yoki sub’yektiv nizolarga bo‘linadi


Download 107.87 Kb.
bet5/6
Sana21.06.2023
Hajmi107.87 Kb.
#1641675
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nizoning kelib chiqishi va uni bartaraf etish. Boshqaruv psixolo

Xarakteriga qarab nizolar ob’yektiv yoki sub’yektiv nizolarga bo‘linadi.
Ob’yektiv nizolarga korxonaning rivojlanish jarayonida yuzaga chiqadigan real kamchiliklar va muammolar bilan bog‘liq nizolar kiradi. Bu nizolar amaliy nizolar bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, rahbarlik uslubini takomillashtirish, korxonada normal “ruhiy iqlim”ni yaratish uchun xizmat qiladi.
Sub’yektiv nizolar-- tabiati bo‘yicha his-tuyg‘uga, hissiyotga berilish, qiziqqonlik oqibatida yuzaga chiqadi. Odatda, bunday nizolar bir-birini ruhan ko‘ra olmaydigan yoki bir-birini tushunmaydigan yoxud tushunishni xohlamaydigan kishilarning qarama-qarshi fikrlari oqibatida vujudga keladi.

Oqibat natijasiga qarab, nizolar konstruktiv va destruktiv nizolarga bo‘linadi.
Konstruktiv nizolar korxonada maqsadga muvofiq o‘zgartirishlar qilinishini, oqibatda esa nizo chiqadigan ob’yekt (sabab)ni bartaraf etishni nazarda tutadi.
Agar nizo hech qanday asosga ega bo‘lmasa, unda bu nizo destruktiv nizo deb yuritiladi. Bunday nizolar xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni barbod etadi, so‘ngra ishlab chiqarish jarayonini, boshqaruvchilarni izdan chiqarish payida bo‘ladi.
Konstruktiv nizolarning destruktiv nizolarga aylanishi nizoda qatnashuvchilarning shaxsiy hislatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Mutaxassislar kishilar o‘rtasida ortiqcha nizolarni tarqatishga sababchi bo‘luvchi olti toifadagi “nizoli” shaxslarni ajratishadi:
Namoyishkorona shaxs

  • har doim diqqat markazida bo‘lishga intiladilar.

  • har qanday ehtirosli bahslarning tashabbuskoridirlar.


Kibr-havoli shaxs.

  • O’zlari haqida yuqori fikrda bo’ladilar

  • O’zgalarning fikri bilan hisoblashmaydilar

  • O’zlarining xatti-harakatiga tanqidiy nuqtai nazardan qaramaydilar

  • jizzaki, salga xafa bo‘ladilar;


Jilovsiz shaxs

  • o’z-o’zini juda ham sust nazorat qiladilar

  • tajavuzkor bo’ladilar

  • juda ham tushunib bo’lmaydigan kishilardir


O‘ta aniq shaxs.

  • Ortiqcha talabchan bo‘ladilar

  • har doim shubhada bo‘ladilar;




Download 107.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling