Asosiy qism
Nizo bu-qarama-qarshi maqsadlar, pozisiyalar va qarashlardir.
Nizoning kelib chiqishi
Har qanday nizoning negizida nizoli vaziyat yotadi. Nizoli vaziyat bu — tashkilot jamoasining manfaatlari va xodimlar guruhi yoki ayrim xodimlar o‘rtasida nomuvofiqlik natijasida vujudga keladigan jamoadagi psixologik holatdir. Nizoli vaziyat ikkita tarkibiy qism — nizo qatnashchilari (opponentlar) va nizo predmeti mavjudligini nazarda tutadi.
Nizoning rivojlanishi uchun to‘qnashuv zarur bo‘lib, bunda tomonlardan biri harakat qila boshlaydi. To‘qnashuv nizo sub’yektlarining istagi bo‘yicha yoki ularning hohish-istagidan qat’i nazar mustaqil ravishda vujudga kelishi mumkin.
Низо турлари
Nizolar turlari va ularni yuzaga kelish sabablari.
Ichki shaxsiy nizo
Shaxslararo nizo
ishlab chiqarishda keng tarqalgan nizo turi. Uning mohiyati (moddiy, moliyaviy, mehnat) taqsimlashda rahbariyat oldida bo‘linmaning manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bunday nizo vertikal nizo deb ham ataladi. Shaxslararo nizo turli sabablar – nuqtai nazarlarning bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi, xarakterlarning har xilligi va hokazolar tufayli shaxslar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda namoyon bo‘ladi;
Guruh va shaxs o‘rtasida nizo
guruh xulq-atvor me’yorlari, qadriyatlari guruh a’zolar ularni qabul qilmagan holatda bu a’zolarning o‘z qadriyatlari va xulq-atvor me’yorlari bilan farq qilganda vujudga keladi;
Guruhlararo nizo
tashkilotning ikkita tarkibiy bo‘limi yoki bo‘linma ichidagi norasmiy guruhlar o’rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |