Raqib o’lsa edi yo habib o’lsa edi
Menga dushvor erur sensiz tirilmoq
Senga men bo’lmasam ey jon ne g’amdur
Yolg’onchi kishilar vafosiz bo’lar
Vafosiz kishi xalqa tengsiz qilar.
27. T AКRIR – arabcha – “takrorlash ma'nosini ifodalaydi”
Lafziy san’at bo‘lib, she’rda u yoki bu so‘zni takrorlashni nazarda tutadi. Takrorlash vositasida so‘z ma’nosini, uning mohiyatini ta’kidlab ko‘rsatish ushbu san’atning asosiy xususiyati sanaladi.
„Layli, Layli! — debon chekib un,
El deb: „Majnundir, ushbu Majnun“.(Navoiy) Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" dostonidan keltirilgan ushbu baytda "Layli va Majnun" so'zlari ikki marta takrorlangan. Birinchi so'zning takrori Majnunning oshiqligini ta'kid etsa,
ikkinchi so'zda el nazdida ishq yo'lidagi Majnunning haqiqatda majnunligi ta'kidlanyapti. Alhazar, alhazar ming bor alhazar
Ana , yurishibdi kiyganlari zar. “Nima gap, nima, nima?” Deya shovqin soldilar. Jonim olur, ey pari, xolimg’a boq, Ishtiyoqu ishtiyoqu ishtiyoq. Nahot shuncha ma’sum, shuncha pok, Sevishmoqda alam bor shuncha?
28. MUKARRAR – arabcha - "qayta-qayta, ust-ustiga" ma’nosini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |