Nodirbek habibullayev
Download 41.76 Kb.
|
Badiiy san'atlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- “qosh”
- Mushavvash
19.LAFF VA NASHR – arabcha “yig‘ib tarqalish” ma'nosini ifodalaydi. Laff-yig‘moq, nashr - yoymoq, tarqatmoq
Yig‘ish va yoyish ma’nosini ifodalovchi ushbu san’at she’r baytida avval bir necha narsa yoki tushuncha nomini ketma-ket keltirib keyin ular haqidagi hukmlarni ketma-ket bayon qilishni nazarda tutadi. Bundan asosiy maqsad esa nomlari keltirilgan narsa yoki tushunchalarni bo‘rttirib, kuchaytirib tasvirlashdir. Bu san’atning 2ta turi mavjud: Murattab, ya’ni tartibi (tartibi bir-biriga mos bo‘ladi) ya’niy birinchi misrada sanalayotgan narsa-tushunchalar qanday tartibda berilsa, keyingi misrada ham shunga muvofiq tartibda sanaladi. Qoshing, irning (lab), yuzing, ey rashki rizvon Hilolu kavsar bog’i jivondir.(Lutfiy) baytining birinchi misrasida laffda avval qosh, so’ng irn(lab), keyin esa yuz sanaladi,ikkinchi misradagi “nashr” ya’ni mahbuba a’zolari haqidagi hukmlar tartibi birinchi misradagi so’zlarga muvofiq keladi, ya’ni birinchi turgan “qosh” so’ziga ikkinchi misrada birinchi bo’lib turgan”hilol” tashbehi, ikkinchi turgan irn(lab) so’ziga ikkinchi bo’lib kelgan kavsar tashbehi, uchinchi turgan “yuzung” so’ziga esa uchinchi-bog’i jinon tashbehi mos bo’lib tushadi. Qilich nayzayu gurzisi bilan Chopdiyu sanchdiyu yanchdi beomon. 2.Mushavvash, yani tartibsiz (tartib buzuladi) ikkala misradagi sanoq tartibi bir-biriga mos kemaydi. Yod qilmas zulfu ruhsoru xatingni ko’rgali, Lolau nasrinu sunbul birla rayhondin ko’ngul. Baytdagi laff va nashr esa nomurattab sanaladi. Zero, 1-misradagi 1-bo’lib turgan zulf so’ziga 2-misradagi 1-bo’lib kelgan lola tashbehi to’g’ri kelmaydi, zulfga 3- turgan sunbul muvofiqdir. 1-misrada 2-bo’lib turgan ruhsor so’ziga esa 2-misrada 1-bo’lib turgan “lolau nasrin” muvofiqdir. Xat so’ziga esa-rayhon. Og’zi yu ikki zulfiyu qaddi bo’lmasa menga Rayhonu sarvu g’uncha ko’rardin malodor 20.TAZОD – arabcha “qarshilantirish, zid qo‘yish” ma’nolarini ifodalaydi. Bir-biriga zid tushunchalarni ifoda etuvchi so‘zlami ma’lum bir estetik maqsadda bir-biriga bog‘lab ishlatish usuli tazod deyiladi. Shah emastur bir nafas osuda do‘zax vahmidin, Ey xusho darveshkim, mardud erur jannat anga.(Navoiy) Podishoh yo’qlasalar nogoh gado deb axtaring Tutmangiz hargiz nomimi bahtiqaro deb axtaring
Qilding uni go’riston Download 41.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling